1 Corinthians 1
Duoyi salom
1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi boʻlish uchun daʼvat qilingan men — Pavlusdan va birodarimiz Sostenisdan ▼▼ Sostenis — Havoriylar 18:17 da aytib oʻtilgan kishi boʻlishi mumkin.
2Xudoning Korinf shahridagi jamoatiga salom! Xudo sizlarni Oʻzining aziz xalqi boʻlishga daʼvat qilib, Iso Masih orqali Oʻzi uchun ajratib olgan. Shunday qilib, har yerda Rabbimiz Iso Masihga sajda qilayotganlarning qatoriga qoʻshildingiz. Iso Masih ularning ham, bizning ham Rabbimizdir. 3Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyatu tinchlik ato etsin. Xudoning koʻrsatgan iltifoti
4Xudoyim sizlarga Iso Masih orqali Oʻz inoyatini berdi. Shu bois doimo Xudoyimga sizlar uchun shukur aytaman. 5Iso Masih orqali Xudo sizlarni har qanday kalomda mohir, ilmu maʼrifatda boy qildi. 6Shu tariqa men sizlarga aytgan Masih haqidagi xabar haqiqat ekanligi isbotlandi. 7Mana endi Rabbimiz Iso Masihning kelishini intizorlik bilan kutar ekansiz, Muqaddas Ruh beradigan inʼomlardan benasib emassizlar. 8Rabbimiz Iso Masih kelgan kunda sizlar aybsiz boʻlishingiz uchun Xudo sizlarni oxirigacha qoʻllab–quvvatlaydi. 9Sizlarni Oʻz Oʻgʻli Rabbimiz Iso Masih bilan muloqot qilishga chorlagan Xudo sadoqatlidir.Imonlilar jamoatidagi nizolar
10Ey birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlarga iltijo qilaman: hammangiz oʻzaro ahil yashanglar. Orangizda nizolarga yoʻl qoʻymay, fikr–xayolda tamomila yakdil boʻlinglar. 11Zero, ey birodarlarim, sizlarning orangizda janjallar borligi haqida opamiz ▼▼ opamiz — ularning tugʻishgan opasi emas, imonli ayollarga shunday murojaat qilingan.
Xloisning xonadonidagilar menga xabar berishdi. 12Men quyidagilarni nazarda tutyapman: orangizda baʼzilar: “Men Pavlusning shogirdiman”, yana baʼzilar esa: “Men Apollosning ▼▼ Apollos — Havoriylar 18:24-19:1 ga qarang.
shogirdiman”, yana boshqalar: “Men Butrusning ▼▼ Butrus — yunoncha matnda Kifas, Butrusning oramiycha ismi (Yuhanno 1:42 ga qarang).
shogirdiman”, yana bir xil odamlar: “Men Masihning shogirdiman”, deb aytayotgan emish. 13Nima, Masih boʻlinganmi? Yoki sizlar uchun Pavlus xochga mixlanganmi? Nahotki Pavlusning nomi bilan suvga choʻmdirilgan boʻlsangiz?! 14Xudoga shukurki, men sizlarning orangizdan Krispus va Gayusdan boshqa hech kimni suvga choʻmdirmadim. 15Hech kim: “Men Pavlusning nomi bilan choʻmdirilganman”, deya olmaydi. 16Toʻgʻri, men Stefanasning uy ahlini ham suvga choʻmdirgan edim, ammo bulardan boshqa hech bir odamni suvga choʻmdirganim esimda yoʻq. 17Zotan, Masih meni, odamlarni suvga choʻmdirsin deb emas, balki Xushxabarni yoysin deb yubordi. Menga bu Xushxabarni insonlarga oid boʻlgan donolik bilan yoyish buyurilmadi. Boʻlmasa, Masihning xochdagi oʻlimi haqidagi xabarning kuchi yoʻqolgan boʻlardi. Masih — Xudoning hikmati va qudrati
18Xoch haqidagi bu xabar halok boʻlayotganlarga telbalikday tuyuladi. Ammo biz — najot topayotganlar uchun esa u Xudoning qudratidir. 19Axir, Muqaddas bitiklarda yozilgan–ku:“Men donolarni donoligidan mahrum qilaman,Idroklilarni idrokidan ayiraman.” ▼
▼ Muallif bu oʻrinda Ishayo 29:14 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
20Donolar qani? Tafsirchilar va bu dunyoning faylasuflari qayerda? Xudo bu dunyoning hikmatini aqlsizlikka aylantirdi–ku, axir! 21Modomiki, Xudoning hikmati boʻyicha bu dunyo oʻz aql–zakovati bilan Xudoni tanib–bilmagan ekan, tentaklikday tuyulgan xabarga ishonganlarni Xudo qutqarishni lozim koʻrdi. 22Mana, yahudiylar moʻjizalar talab qiladilar, yunonlar esa donolik payida yuradilar. 23Biz esa faqat xochga mixlangan Masih ▼
▼ xochga mixlangan Masih — Masih unvonini yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang). Xochdagi oʻlim eng sharmandali oʻlim edi (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XOCH soʻziga qarang). Yahudiylar yogʻochga osilgan odamni Xudo laʼnatlagan deb hisoblashardi (Qonunlar 21:23, Galatiyaliklar 3:13 ga qarang). Mana shu sabablarga koʻra, koʻp yahudiylar (ilgari Pavlusning oʻzi ham) “Isoga vaʼda qilingan Qutqaruvchi” degan haqiqatni Xudoga shak keltirish deb bilganlar. Gʻayriyahudiylar uchun esa odamzodning Qutqaruvchisi Oʻz dushmanlarining qoʻlida jon bergani, ayniqsa, mana shunday sharmandali holatda oʻlgani umuman aqlga sigʻmaydigan hodisa edi.
haqidagi xabarni yoymoqdamiz. Bu xabar yahudiylar uchun haqorat boʻlsa, gʻayriyahudiylar ▼▼ gʻayriyahudiylar — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida yunonlar (shu bobning 24–oyati izohiga qarang).
uchun telbalikdir. 24Biroq Xudo daʼvat qilgan yahudiy va gʻayriyahudiylar ▼▼ gʻayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. Oʻsha davrda yunonlar soʻzi nafaqat millati yunon boʻlgan, balki yunon tilida soʻzlashuvchi, yunon urf–odatlariga rioya qiluvchi odamlarga nisbatan ham ishlatilgan.
uchun Masih xochi Xudoning qudrati va hikmatidir. 25Zero, Xudoning “aqlsizligi” inson donoligidan ustundir, Xudoning “zaifligi” inson qudratidan kuchliroqdir. 26Ey birodarlarim, Xudo sizlarni daʼvat qilganda qanday odam edingizlar, bir esga oling–chi! Insoniy nuqtayi nazardan qaraganda, orangizda dono, qudratli yoki olijanoblar koʻp emasdi. 27Lekin Xudo donolarni sharmanda qilish uchun dunyodagi aqlsiz deb hisoblanganlarni tanladi. U qudratlilarni sharmanda qilish uchun dunyodagi zaif hisoblanganlarni tanladi. 28Dunyodagi eʼtiborli hisoblanganlar arzimas boʻlib qolsin deb, Xudo bu dunyodagi eʼtiborsiz va kamsitilgan, yaʼni ahamiyatsiz deb hisoblanganlarni tanladi. 29Shunday qilib, hech bir inson Xudoning oldida maqtana olmaydi. 30Iso Masih orqali Xudo bizga yangi hayot ato etib, U orqali donolikka ega boʻlganimizni namoyon qildi. Biz Masihning sharofati bilan oqlanib, gunohdan xalos boʻldik, Xudoning aziz xalqi boʻldik. 31Shunday qilib, Muqaddas bitiklarda oʻrgatilganday, kim maqtanmoqchi boʻlsa, Egamizni bilaman, deb maqtansin ▼▼ …kim maqtanmoqchi boʻlsa, Egamizni bilaman, deb maqtansin — Yeremiyo 9:23-24 ga qarang.
.
Copyright information for
UznUzbL