1 Corinthians 10
Isroil xalqining tarixidan ibratlar
1Birodarlar, ota–bobolarimizning tarixini yodingizga solmoqchiman. Ularning hammasi bulut ostida choʻlni kezib, Qizil dengizdan oʻtdilar ▼▼ Ularning hammasi bulut ostida choʻlni kezib, Qizil dengizdan oʻtdilar — Chiqish 13:21-22, 14:19-29 ga qarang.
. 2Ular bulut ostida kezib, Qizil dengizdan oʻtganda, goʻyo suvga choʻmdirilganday boʻlib, Musoning izdoshlari boʻldilar. 3Moʻjiza orqali ularning hammasiga bir xil ovqat berildi ▼▼ Moʻjiza orqali ularning hammasiga bir xil ovqat berildi — Chiqish 16:4-31, 35 ga qarang.
. 4Moʻjiza orqali hammasiga ichish uchun suv berildi. Moʻjiza orqali ular qoyadan suv olib ichdilar ▼▼ Moʻjiza orqali…ular qoyadan suv olib ichdilar — Chiqish 17:1-7, Sahroda 20:2-11 ga qarang.
. Oʻsha qoya Masihning timsoli edi. Yurgan yoʻllarida Masih ular bilan birga edi. 5Garchi shunday boʻlsa ham, ularning deyarli hammasi Xudoni norozi qildi, shuning uchun itoatsizlarni Xudo sahroda halok qildi. 6Itoatsizlarning boshiga tushgan koʻrgiliklar bizga ibrat boʻldi, toki biz ham ularga oʻxshab yovuzlik payida boʻlmaylik. 7Ularning baʼzilariga oʻxshab, butparast boʻlmaylik. Ular haqida shunday yozilgan–ku: “Xalq oʻtirib yeb–ichgandan keyin koʻngilxushlik qildi.” ▼▼ Chiqish 32:6 ga qarang.
8Ularning baʼzilariga oʻxshab jinsiy axloqsizlikka berilmaylik. Ular axloqsizlik qilganlari uchun bir kunda yigirma uch mingtasi nobud boʻldi ▼▼ Ular…nobud boʻldi — Sahroda 25:1-9 ga qarang.
. 9Masihni sinamaylik, chunki ulardan baʼzilari shunday qilib, ilonlarning zahridan halok boʻldilar ▼▼ …ulardan baʼzilari shunday qilib, ilonlarning zahridan halok boʻldilar — Sahroda 21:4-6 ga qarang.
. 10Hech nolimaylik. Ulardan baʼzilari mingʻirlab nolidilar, shuning uchun Azroil ularni urib, nobud qildi ▼▼ Ulardan baʼzilari…nobud qildi — Sahroda 16:41-49 ga qarang.
. 11Ular boshidan kechirgan bu hodisalar bizlarga ibrat boʻldi. Zamon oxirlashib qolgan paytda yashayotganlarga, yaʼni bizlarga saboq boʻlishi uchun bu hodisalar Muqaddas bitiklarda yozib qoldirilgan. 12Shuning uchun mahkam turibman, deb oʻylagan odam ehtiyot boʻlsin, tagʻin qoqilib yiqilmasin. 13Sizlar tushgan vasvasaga boshqalar ham duchor boʻlgan. Ammo Xudo sodiqdir, U kuchingizdan ortiq vasvasaga tushishingizga yoʻl qoʻymaydi. Vasvasaga bardosh bera olishingiz uchun kerakli paytda vasvasadan qutulish yoʻlini ham beradi. Jinlar bilan aloqada boʻlmaslik haqida
14Ey azizlarim, butparastlikdan oʻzingizni olib qoching! 15Men sizlarni aqli raso odamlar deb bilib gapiryapman. Aytayotganlarimga oʻzingiz baho beringlar. 16Biz dasturxon atrofida jam boʻlib oʻtirganimizda ▼▼ Biz dasturxon atrofida jam boʻlib oʻtirganimizda… — Isoning oʻlimini xotirlash maqsadida birga yigʻilib, taom tanovul qilishga ishora qilingan (11:23-26, Mark 14:22-25 ga qarang).
, Xudoga shukur aytib qutlugʻ kosadan ichganimizda Masihning toʻkilgan qoniga sherik boʻlamiz, nonni boʻlishib yeganimizda esa Uning qurbon qilingan tanasiga sherik boʻlamiz–ku! 17Bitta nonni boʻlib yeganimizday, biz hammamiz, koʻpchilik boʻlsak–da, bir tanani hosil qilamiz. 18Isroil xalqiga qaranglar! Qurbongohdagi qurbonliklardan tanovul qilish ular uchun Xudoga sajda qilish degani–ku! 19Men bu bilan nima demoqchiman oʻzi? Butga bagʻishlangan qurbonlikning ham biror ahamiyati bormi? Butning oʻzi ham biror ahamiyatga egami? 20Yoʻq! Butparastlar qurbonlik keltirganlarida, aslida qurbonlikni xudo deb atalgan butlarga emas, balki jinlarga bagʻishlagan boʻladilar. Jinlarga sherik boʻlishingizni men xohlamayman. 21Sizlar ham Rabbimiz Isoning kosasidan, ham jinlarning kosasidan icha olmaysizlar. Ham Rabbimiz dasturxonidan, ham jinlarning dasturxonidan bahramand boʻla olmaysizlar. 22Nahotki Rabbimiz Isoning rashkini qoʻzgʻatmoqchi boʻlsangiz? Nahotki sizlar Undan ham qudratliroq boʻlsangiz?! Boshqalarning manfaatini koʻzlash
23Baʼzilaringiz: “Inson xohlaganini qilishga haqli”, deb aytyapsiz. Toʻgʻri, lekin hamma narsa ham foydali emas. Inson xohlaganini qilishga haqi bor, lekin hamma narsa ham manfaat keltirmaydi. 24Hamma birinchi oʻrinda oʻzining emas, boshqalarning manfaatini koʻzda tutsin. 25Bozordagi goʻsht qayerdan kelgani haqida soʻrab–surishtirmay, pok vijdon bilan yeyaveringlar. 26Axir, Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan–ku:“Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq.” ▼▼ Zabur 23:1 ga qarang.
27Agar Masihni bilmagan birorta odam sizlarni uyiga chaqirsa va siz u yerga boradigan boʻlsangiz, oldingizga qoʻyilgan hamma narsani qayerdan kelganini soʻrab–surishtirmay, pok vijdon bilan yeyaveringlar. 28– 29Lekin bir birodar sizga: “Bu qurbonlik goʻshti”, deb aytsa, unda oʻsha aytgan odam haqi va uni vasvasaga solmaslik uchun oʻsha goʻshtni yemanglar ▼
▼ Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida shu jumladan keyin quyidagi soʻzlar qoʻshimcha qilingan: Zero “Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq.”
. Goʻsht yeyish siz uchun gunoh boʻlmasa ham, oʻsha odam uchun gunoh, u goʻshtni yesa, vijdoni qiynaladi. Ammo men bu goʻshtni yemasam ham erkinligim cheklanib qolmaydi. 30Agar men Xudoga shukrona aytib ovqatni tanovul qilsam, oʻsha ovqatni yeganim uchun malomatga qolmayman. 31Shunday qilib, yeysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangiz ham, hammasini Xudoni ulugʻlash uchun qilinglar. 32Yahudiylaru gʻayriyahudiylarni, Xudoni biladiganu bilmaydiganlarni oʻylab ish tuting. 33Men ham oʻz manfaatimni emas, boshqalarning manfaatini koʻzlayapman, ular najot topsin deb, turli yoʻllar bilan hammaning koʻnglini topishga harakat qilyapman.
Copyright information for
UznUzbL