1 Corinthians 11
1Men Masihdan oʻrnak olganim kabi, sizlar ham mendan oʻrnak olinglar.Bosh yopinchiqlari haqida
2Doim meni eslab turganlaringiz va men sizlarga oʻrgatgan urf–odatlarga amal qilayotganlaringiz uchun sizlarni maqtasam arziydi. 3Lekin bilinglarki, ayol erkakdan yaratilgan, har bir erkakning hayot manbai Masihdir, Masihning hayot manbai esa Xudodir. 4Boshini yopib ibodat qilgan yoki shu holda boshqalarga Xudoning soʻzini yetkazgan har bir erkak Masihni sharmanda qilgan boʻladi–ku! 5Ayol kishi boshiga hech narsa oʻramay ibodat qilsa yoki Xudoning soʻzini gapirsa, erkaklarga isnod keltiradi, axir, boshini yopmaslik sochini qirib tashlash bilan barobar–ku! 6Agar ayol kishi boshiga biror narsa oʻrashni xohlamasa, mayli, sochini kesib tashlayversin. Agar kalta soch va qirilgan bosh ayol kishining sharmanda ekanligini koʻrsatsa, ayollar boshlariga roʻmol oʻrasinlar. 7Erkak kishi boshini yopmasligi kerak, chunki u Xudoning suratida yaratilgan va Uning ulugʻvorligini aks ettiradi. Ayol kishi esa erkak kishining ulugʻvorligini aks ettiradi. 8Axir, erkak ayoldan emas, balki ayol erkakdan yaratilgan. 9Erkak ayol kishi uchun emas, balki ayol erkak uchun yaratilgan. 10Sizlarga shuni aytmoqchiman: ayol kishi boshiga biror narsa oʻraydimi yoki yoʻqmi, bu haqda oʻzi qaror qilishga haqi bor. Axir, erkaklar qatori, ular ham farishtalarni hukm qiladilar–ku! ▼▼ …erkaklar qatori ular ham farishtalarni hukm qiladilar–ku! — 6:3 ga qarang.
11Holbuki, Rabbimiz Isoga tegishli boʻlganlar orasida ayol kishi erkakdan mustaqil emas, erkak kishi esa ayoldan mustaqil emas. 12Ayol kishi erkakdan yaratilgani toʻgʻri, lekin oʻsha paytdan beri har bir erkak ayol kishidan tugʻilgan. Aslida esa butun borliqning manbai Xudodir. 13Oʻzingiz oʻylab koʻring–chi, ayol kishi boshini yopmay Xudoga ibodat qilishi toʻgʻrimi? 14Erkak kishining sochlari uzun boʻlsa, bu erkak uchun sharmandalik ekanligini tabiatning oʻzi oʻrgatadi–ku! 15Xuddi shunga oʻxshab, ayol kishining sochi uzun boʻlsa, bu ayol kishi uchun sharaf emasmi?! Axir, uzun soch boshiga roʻmol oʻrash kerakligini koʻrsatadi. 16Agar birortasi bu masaladagi yoʻl–yoʻriqlarim haqida bahslashmoqchi boʻlsa, bilsinki, Xudoning jamoatlarida biz aytib oʻtganlardan boshqa urf–odatlar yoʻq. Rabbimiz Isoni xotirlash haqidagi yoʻl–yoʻriqlar
17Quyidagi masalalarga kelganda esa sizlarni maqtay olmayman. Yigʻilishlaringiz ▼▼ Yigʻilishlaringiz — Isoning oʻlimini xotirlash maqsadida birga yigʻilib, taom tanovul qilishga ishora qilingan (Mark 14:22-25 ga qarang).
foydadan koʻra, koʻproq zarar keltirayotgan ekan. 18Avvalo, siz — imonlilar birga yigʻilganingizda har xil guruhlarga boʻlinar ekansiz, bunga qisman boʻlsa ham ishonaman. 19Toʻgʻri, kelishmovchiliklarning oldini olib boʻlmaydi. Axir, kelishmovchilik boʻlgandagina orangizda kim toʻgʻri fikr qilayotgani bilinadi. 20Sizlar birga yigʻilganingizda hech ham Rabbimiz Isoni xotirlayotganga oʻxshamaysiz. 21Chunki hamma oʻzi olib kelgan ovqatini oʻzi tanovul qilayotgan ekan. Shunday qilib, baʼzilar och qolayotgan ekan, baʼzilar esa mast boʻlib qolayotgan ekan. 22Nahotki yeyish va ichish uchun uylaringiz boʻlmasa?! Yoki Xudoning jamoatini pisand qilmay, yoʻqsillarni xijolatda qoldirmoqchimisizlar? Sizlarga yana nima aytayin? Sizlarni maqtaymi? Yoʻq, sizlarni bu xususda maqtamayman. 23Men sizlarga bergan yoʻl–yoʻriqlarni Rabbimiz Isodan oʻrganganman. Rabbimiz Iso xoinlarcha tutib berilgan kechada qoʻliga non oldi–da, 24shukrona duosini aytib, sindirdi va shunday dedi ▼▼ Rabbimiz Iso…24…shunday dedi… — Luqo 22:19-20 oyatlarga va Luqo 22:20 izohiga qarang.
: “Bu non Mening tanamni bildiradi. Tanam sizlar uchun fido boʻladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar.” 25Ovqatlanib boʻlganlaridan keyin, Iso yana shukrona aytib, sharob quyilgan kosani oldi–da, shunday dedi: “Bu kosa Xudoning yangi ahdini bildiradi. Bu ahd sizlar uchun toʻkiladigan qonim evaziga kuchga kiradi. Birgalikda kosadan sharob ichganingizda Meni xotirlanglar.” 26Har safar birgalikda shu tarzda non yeb, sharob ichar ekansiz, Rabbimiz kelguniga qadar Uning oʻlimini eʼlon qilayotgan boʻlasizlar. 27Shunday qilib, kimda–kim Rabbimizning yoʻlida yurganlarga nomunosib ravishda bu nondan yesa yoki Rabbimizning kosasidan ichsa, Rabbimizning tanasi va qoniga qarshi gunoh qilgan boʻladi. 28Shuning uchun har bir kishi oʻzini oʻzi tekshirib koʻrsin, shundan soʻnggina nondan yesin va sharobdan ichsin. 29Rabbimizning tanasini pisand qilmasdan ▼▼ Rabbimizning tanasini pisand qilmasdan… — yunoncha matnda Tanani pisand qilmasdan…. Bu oʻrinda Pavlus tana deganda nafaqat Isoning jismoniy azoblariga, balki “Masihning tanasi” deb atalganlarga, yaʼni Iso Masihga ishongan odamlarga ham ishora qiladi (12:12-27 ga qarang). Korinf jamoatidagi masihiylar Rabbimizning oʻlimini xotirlash maqsadida yigʻilganlarida ularning baʼzilari nomaʼqul ravishda taom isteʼmol qilib, jamoatdagi ahillikka raxna solayotgan edi (shu bobning 17-22–oyatlariga qarang).
yeb–ichgan odam oʻzini oʻzi mahkum qilgan boʻladi. 30Mana shu sababdan koʻplaringiz zaif va xastasizlar, hatto baʼzilar oʻlib ketgan. 31Agar oʻzimizni oʻzimiz yaxshilab tekshirganimizda edi, mahkum boʻlmas edik. 32Dunyo bilan birga mahkum boʻlmasligimiz uchun Rabbimiz Iso bizni hukm qilib, adabimizni beryapti. 33Shuning uchun, birodarlarim, Rabbimizni xotirlash niyatida birgalikda yeb–ichish uchun yigʻilganingizda, bir–biringizni kutib turinglar. 34Agar biror kishi och boʻlsa, oʻz uyida ovqat yeb kelsin. Shunda yigʻilishingizdagi xulq–atvoringiz sizlarni mahkum qilmaydi. Qolgan masalalar haqida oldingizga borganimdan keyin yoʻl–yoʻriq koʻrsataman.
Copyright information for
UznUzbL