‏ 1 Corinthians 16

Quddusdagi jamoat uchun mablagʻ yigʻish haqida

1Endi Xudoyimizning Quddusdagi azizlariga moddiy mablagʻ toʻplash
Xudoyimizning Quddusdagi azizlariga moddiy mablagʻ toʻplash — Quddusdagi muhtojlikda qolgan masihiylarga yordam berish niyatida Pavlus pul yigʻayotgan edi (Rimliklar 15:25-28, 2 Korinfliklar 8:1-9:5, Galatiyaliklar 2:10 ga qarang). Ularning muhtojliklariga quvgʻinlar yoki qurgʻoqchilik sabab boʻlgan boʻlishi mumkin (Havoriylar 8:1, 11:28 ga qarang).
masalasiga kelsak, sizlar ham Galatiya hududidagi jamoatlarga bergan yoʻl–yoʻriqlarimga amal qilinglar.
2Har yakshanba kuni har bir odam qoʻlidan kelganicha bir miqdor pulni olib qoʻysin, toki oldingizga borganimda pul yigʻishga hojat boʻlmasin. 3Borganimdan keyin, ehsonlaringizni imonlilarga topshirsin deb, oʻzingiz munosib koʻrgan kishilarni Quddusga joʻnataman. Ularning har birini tanishtirib, maktub yozib beraman. 4Agar borishga imkon boʻlsa, oʻzim ham ular bilan birga boraman.

Pavlusning rejalari va yoʻl–yoʻriqlari

5Makedoniyadan oʻtish niyatim bor. Shundan keyin sizlarning oldingizga boraman. 6Sizlar bilan birmuncha vaqt boʻlaman, deb oʻylayman, balki hatto qishni ham sizlar bilan oʻtkazarman. Undan keyin qayerga bormoqchi boʻlsam ham, sizlarning yordamingiz bilan safarimni yana davom ettiraman. 7Axir, sizlarni faqatgina yoʻl–yoʻlakay koʻrishni istamayman, Rabbimiz Iso xohlasa, sizlar bilan koʻproq vaqt oʻtkazaman, deb umid qilaman. 8Lekin Hosil bayramiga
Hosil bayrami — Fisih ziyofatidan keyin, 50 kun oʻtgach nishonlanadi (Levilar 23:15-16 ga qarang). Ibroniy kalendari boʻyicha bu kun uchinchi oy — Shavon oyining oltinchi kuniga toʻgʻri keladi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy mayning oʻrtasidan boshlanadi.
qadar Efes shahrida qolaman.
9Chunki bu yerda menga qarshi chiqqanlar koʻp boʻlishiga qaramay, taʼsirchan faoliyat koʻrsatishim uchun yoʻl ochildi.

10Timoʻtiy
Timoʻtiy — 4:17 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
oldingizga borganda unga gʻamxoʻrlik qilinglar, u orangizda xotirjam yursin, chunki u ham menga oʻxshab Rabbimiz Iso xizmati bilan mashgʻul.
11Hech kim unga past nazar bilan qaramasin. Timoʻtiy mening oldimga qaytib kelayotganda, uni eson–omon kuzatib yuboringlar. Uning birodarlar bilan birga kelishini kutib turibman.

12Birodarimiz Apollosga
Apollos — Havoriylar 18:24-19:1 ga qarang.
kelsak, uni birodarlarga qoʻshilib sizlarning oldingizga borishga koʻp undadim, lekin uning hozir hech borgisi yoʻq. Imkoni boʻlsa keyinroq borar ekan.

13Hushyor boʻlinglar, imonda mahkam turib, jasoratli va kuchli boʻlinglar. 14Hamma narsani mehr–muhabbat bilan qilinglar. 15Birodarlar, Stefanasning xonadonini bilasizlar. Ular Axaya viloyatida
Axaya viloyati — Rim imperiyasiga qarashli viloyat boʻlib, poytaxti Korinf shahri edi.
birinchi boʻlib Masihga imon keltirgan va oʻzlarini Xudoning aziz xalqiga xizmat qilishga bagʻishlaganlar. Sizlardan bir iltimosim bor:
16bunday insonlarni va ular bilan birga berilib xizmat qilayotganlarni hurmat qilib, ularning aytganlarini qilinglar. 17Stefanas, Fortunatus va Axaykusning kelganidan xursand boʻldim, ular sizlarning yoʻqligingizni bildirmadi. 18Ular sizlarning ruhingizni koʻtargandek, mening ham ruhimni koʻtardilar. Bunday insonlarni qadrlanglar.

Soʻnggi salomlar

19Asiya viloyatidagi jamoatlar sizlarga salom yoʻllayaptilar. Akil bilan Priskilla
Akil bilan Priskilla — Havoriylar 18:2-3, 18-21, 24-26 ga qarang.
va ularning uyida yigʻiladigan jamoat ham sizlarga — Rabbimiz Isoning yoʻlidagi hamkorlariga otashin salom aytyapti.
20Hamma birodarlarimiz salom aytyaptilar. Bir–biringiz bilan oʻpishib koʻrishinglar.

21Men, Pavlus, mana shu maktubning yakunini oʻz qoʻlim bilan yozyapman
…shu maktubning yakunini oʻz qoʻlim bilan yozyapman — Pavlus bu maktubini kotibga aytib yozdirgan. Maktubning asliyati Pavlusga tegishli ekanini koʻrsatish uchun, Pavlus maktubning oxirgi qismini oʻz qoʻli bilan yozgan. Qadimgi paytlarda bu odatiy hol edi. 1 Butrus 5:12, Rimliklar 16:22, Galatiyaliklar 6:11, Kolosaliklar 4:18, 2 Salonikaliklar 3:17, Filimoʻn 19–oyatga qarang.
.
22Kimki Rabbimiz Isoni yaxshi koʻrmasa, u laʼnati boʻlsin! Ey Rabbimiz, kelgin!
Ey Rabbimiz, kelgin! — yunoncha matnda Marana fa!, oramiy tilidan olingan ibora.
23Rabbimiz Isoning inoyati sizlarga yor boʻlsin. 24Sizlarni yaxshi koʻraman, chunki hammamiz Iso Masihga tegishlimiz
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.
.
Copyright information for UznUzbL