1 Corinthians 3
Hamon goʻdakday boʻlgan imonlilar
1Ey birodarlar, sizlarga ruhan yetuk insonlarga gapirganday emas, balki bu dunyoga tegishli odamlarga gapirganday gapirdim. Yana sizlarga endigina Masihga ishongan, imonda goʻdakday boʻlgan insonlarga soʻzlaganday soʻzladim. 2Sizlarga bergan taʼlimotim milkka botadigan yegulikday emas, balki chaqaloqlarga kerak boʻlgan sutday edi, chunki sizlar kuchliroq taʼlimotga tayyor emas edingiz. Hozir ham tayyor emassiz, 3chunki bu dunyo hali ham sizlarga oʻz taʼsirini koʻrsatyapti. Orangizda hasadgoʻylik va janjalkashlik bor ekan, bu sizlarning hali ham bashariy tabiatingiz taʼsirida ekaningizni, insoniy fikrlab yashayotganingizni koʻrsatmaydimi?! 4Axir, baʼzilaringiz: “Men Pavlusning shogirdiman”, boshqalaringiz esa: “Men Apollosning ▼▼ Apollos — Havoriylar 18:24-19:1 ga qarang.
shogirdiman”, desangiz, sizlar insoniy fikrlab yashayotgan boʻlmaysizmi? Xudoning xizmatidagi hamkorlar
5Axir, Pavlus kim? Apollos kim? Ular Xudoning xizmatkorlaridir, ular orqali sizlar imonga kelgansizlar. Har birimiz Egamiz bergan vazifani bajaramiz. 6Men urugʻ ekdim, Apollos sugʻordi, lekin Xudo parvarishlab, oʻstirdi. 7Kim ekkani yoki sugʻorgani muhim emas, eng muhimi oʻstiradigan Xudodir. 8Ekuvchining ham, sugʻoruvchining ham maqsadi bir va ularning har biri oʻz mehnatiga yarasha mukofot oladi. 9Biz Xudoning xizmatidagi hamkorlarmiz, sizlar esa Xudoning dalasisizlar. Ayni paytda sizlar Xudoning imorati hamsizlar. 10Xudoning marhamati bilan men mohir bir meʼmorday imoratning poydevorini qoʻydim. Endi esa boshqalar uning ustida qurilish qilyaptilar. Har kim qanday qilib qurayotganiga diqqat qilsin. 11Zero, hech kim mavjud boʻlgan poydevordan boshqa poydevor qoʻya olmaydi. Bu poydevor Iso Masihdir. 12Bu poydevor ustiga kimdir oltindan, kimdir kumush yoki qimmatbaho toshlardan, yana kimdir esa yogʻochu xashak yoki poxoldan imorat qurmoqda. 13Har kimning ishi qanday ekanligi qiyomat kunida ayon boʻladi. Oʻsha kuni hammaning ishi olovda sinaladi. 14Kimning qilgan ishi olovga bardosh bersa, oʻsha kishi mukofot oladi. 15Kimning ishi yonib ketsa, u mukofotdan mahrum boʻladi. Holbuki, u Iso Masihga tegishli boʻlgani uchun najot topadi, lekin u olovdan qutulib chiqqan odamga oʻxshaydi. 16Nahotki bilmasangiz?! Sizlar Xudoning maʼbadisizlar, Xudoning Ruhi orangizda maskan qilgan. 17Kimki Xudoning maʼbadini buzsa, Xudo uni halok qiladi. Zero, Xudoning maʼbadi muqaddasdir, bu maʼbad esa sizlarsiz. 18Hech kim oʻzini oʻzi aldamasin. Orangizda kimdir oʻzini bu dunyoda dono deb bilsa, oʻzining aqlsiz ekanligini tan olsin, shundagina u haqiqatan ham dono boʻladi. 19Chunki bu dunyoning donoligi Xudoning nazarida aqlsizlikdir. Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan–ku:“U donolarni oʻzlarining ayyorliklari orqali tutib oladi.” ▼▼ Ayub 5:13 ga qarang.
20Yana shunday yozilgan:“Egamiz donolarning niyatini anglaydi,
Niyatlarining behudaligini U biladi.” ▼
▼ Zabur 93:11 ga qarang.
21Shuning uchun orangizda hech kim boshqa bir insonning taʼlimotiga rioya qilayotgani bilan maqtanmasin. Axir, hammasi sizlarga tegishli–ku: 22Pavlus, Apollos va Butrus ▼
▼ Butrus — yunoncha matnda Kifas, Butrusning oramiycha ismi (Yuhanno 1:42 ga qarang).
, dunyo ham, hayot va oʻlim ham, hozir va kelajak ham — bularning hammasi sizniki. 23Sizlar esa Masihniki, Masih esa Xudonikidir.
Copyright information for
UznUzbL