‏ 1 Corinthians 5

Jamoatdagi axloqsizlikni yoʻq qilish haqida

1Orangizda jinsiy axloqsizlik bor ekanligi haqida gaplar yuribdi. Bunday axloqsizlik hatto butparastlar orasida ham sodir boʻlmagan ekan. Orangizdagi bir kishi oʻz otasining xotinini xotin qilib yashayotgan ekan. 2Sizlar esa kekkayib yuribsizlar. Aksincha, motam tutib, bunday ish qilgan odamni orangizdan haydab chiqarishingiz kerak–ku! 3 4Toʻgʻri, hozir jismonan sizlar bilan emasman, ammo ruhan sizlar bilan birgaman. Men goʻyo sizlarning yoningizda boʻlgandek, bu ishni qilgan odam haqida allaqachon Rabbimiz Iso Masih nomi bilan hukm chiqardim. Sizlar birga yigʻilganingizda, Iso Masihning qudrati va mening ruhim sizlar bilan birga boʻladi. 5Shunda oʻsha odamni shaytonga topshiringlar, toki uning tanasi halokatga uchrasin
…uning tanasi halokatga uchrasin… — yoki …uning gunohkorona xulq–atvori yoʻq qilinsin…. Bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz odamning tanasiga yoki uning xudbin istaklariga ishora qilishi mumkin.
, ruhi esa Rabbimiz Iso kelgan kunda xalos boʻlsin.

6Maqtanishingiz oʻrinli emas. Nahotki ozgina xamirturush butun xamirni achitishini bilmasangizlar? 7Orangizdan eski xamirturushni
xamirturush — majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, odatda boshqalarga salbiy taʼsir koʻrsatadigan taʼlimotlar va xulq–atvor nazarda tutilgan. Yana Chiqish 12:15, 13:3-10 ga qarang.
chiqarib tashlanglar, shu tariqa yangi xamirday boʻlinglar. Sizlar aslida xamirturushsiz xamirdaysizlar–ku! Chunki Masih Oʻz jonini fido qilib, bizning Fisih qurbonligimiz boʻldi!
8Shuning uchun Fisih bayramini
Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora. Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang). Pavlus bayramni nishonlash haqida majoziy maʼnoda gapiryapti. Bu oʻrinda bayram masihiylarning gunoh qulligidan ozod boʻlganini va ular Egamizga manzur, pok hayot kechirishlari kerakligini bildiruvchi ramzdir.
nishonlaganday, yangi hayotimizni nishonlab yashaylik! Yomonlik va buzuqlik timsoli boʻlgan xamirturushga hayotimizdan oʻrin bermay, soflik va haqiqat bilan kun kechiraylik.

9Men oldingi maktubimda
oldingi maktubim — Pavlus oldin ham Korinfliklarga maktub yozgan edi, ammo bu maktub saqlanib qolmagan. Chamasi, Korinfliklar Pavlusning oʻsha maktubdagi jinsiy axloqsiz boʻlganlar bilan qanday munosabatda boʻlish haqidagi gaplarini notoʻgʻri tushunganlar (shu bobning 10–oyatiga qarang).
sizlarga jinsiy tomondan axloqsiz boʻlgan odamlar bilan munosabatda boʻlmaslik haqida yozgan edim.
10Shubhasizki, bu dunyoning zinokorlarini, tamagirlarini, tovlamachilarini, butparastlarini nazarda tutmagan edim, aks holda, sizlar bu dunyo bilan butunlay aloqani uzishingizga toʻgʻri kelar edi. 11Men sizlarga, oʻzini birodar deb atab turib, zinokor, tamagir, butparast, gʻiybatchi, mayxoʻr yoki tovlamachi odam bilan aloqa qilmanglar, u bilan birga hatto ovqat ham yemanglar, deb aytgan edim. 12 13Qolaversa, imonlilar jamoatidan tashqaridagilarni hukm etishga bizning nima haqimiz bor? Ularni Xudo hukm qiladi. Sizlar jamoatdagilarni hukm qilsangiz, bas. Fosiq odamni oʻz orangizdan haydab chiqaringlar.
Copyright information for UznUzbL