1 Corinthians 7
Nikoh masalasi
1Endi sizlar menga yozganlaringizga kelaylik. Orangizda baʼzilar: “Er xotini bilan qovushmasin”, deb aytayotgan ekan. 2Lekin jinsiy axloqsizlikka yoʻl qoʻymaslik uchun har bir kishi oʻz xotini bilan, har bir ayol esa oʻz eri bilan qovushishi kerak. 3Er oʻz xotiniga nisbatan va xotin oʻz eriga nisbatan er–xotinlik vazifasini bajarsin. 4Xotinning badani ustidan xotin emas, balki eri hokimlik qiladi. Xuddi shu singari, erning badani ustidan er emas, balki xotini hokimlik qiladi. 5Bir–biringizdan bosh tortmanglar. Faqatgina oʻzaro kelishgan holda, oʻzingizni ibodatga bagʻishlash ▼▼ …ibodatga bagʻishlash… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida ibodatga va roʻza tutishga bagʻishlash.
uchungina jinsiy aloqadan oʻzingizni tutib turing. Bundan soʻng yana qovushinglar, toki oʻzingizni tiya olmasligingizdan foydalanib, shayton sizlarni vasvasaga solmasin. 6Men buni buyruq tariqasida emas, nasihat tariqasida aytyapman. 7Qaniydi, hamma menga oʻxshab soʻqqabosh boʻlsa! Ammo har bir odamda Xudodan berilgan inʼom bor, biriniki bu boʻlsa, boshqasiniki udir. 8Beva ayollar va xotini oʻlgan erkaklarga shunday deyman: men kabi boʻlsalar, oʻzlari uchun yaxshidir. 9Ammo ular oʻzlarini tiya olmasalar, uylansinlar, erga tegsinlar. Chunki shahvoniy ishq bilan yonishdan koʻra, uylanish, erga tegish yaxshiroqdir. 10Quyidagi amr esa uylangan va erga tekkanlarga berilgan. U mendan emas, Rabbimiz Isodandir: xotin eri bilan ajrashmasin ▼▼ U…Rabbimiz Isodandir: xotin eri bilan ajrashmasin — bu Isoning ajralish haqidagi taʼlimotining xulosasidir (Matto 5:32, 19:3-9, Mark 10:2-12 ga qarang).
. 11Ajrashgan boʻlsa, boshqa erga tegmasin yoki oʻz eri bilan yarashsin. Er ham oʻz xotini bilan ajrashmasin. 12Eri yoki xotini imonli boʻlmaganlarga esa shunday deb aytaman. Bular Rabbimizning emas, mening soʻzlarimdir: birorta imonli erkakning xotini imonsiz boʻlsa–yu, ammo eri bilan yashashga rozi boʻlsa, er xotini bilan ajrashmasin. 13Shuningdek, imonli ayolning eri imonsiz boʻlsa va u xotini bilan yashashga rozi boʻlsa, oʻsha ayol eridan ajrashmasin. 14Axir, imonsiz er imonli xotini tufayli poklanadi ▼▼ …imonsiz er imonli xotini tufayli poklanadi — Korinfdagi baʼzi imonlilarning tushunchasi boʻyicha, imonga kelgan odam imonsiz turmush oʻrtogʻi bilan ajrashishi kerak emish, chunki imonsiz turmush oʻrtoq tufayli butun oila Xudoning nazarida nopok hisoblanarmish. Pavlus bunday tushunchani notoʻgʻri, deb aytadi va masihiylarni oʻzlarining imonsiz eri yoki xotini bilan ajrashmaslikka undaydi. Shu bobdagi 12-14–oyatlarning mohiyati shundaki, Iso Masihga imon keltirgan inson oʻzining imonsiz turmush oʻrtogʻi bilan ajrashmasligi kerak, chunki Xudo bunday nikohni nopok yoki harom deb hisoblamaydi.
. Shuningdek, imonsiz ayol imonli eri tufayli poklanadi. Natijada ularning farzandlari harom emas, pok boʻladi. 15– 16Xudo bizni tinchlikka chorlagan. Qayerdan bilasan ey xotin, balki sen orqali ering najot topar?! Ey er, qayerdan bilasan, balki sen orqali xotining najot topar?! Ammo imonsiz inson oʻzining imonli turmush oʻrtogʻidan ajrashmoqchi boʻlsa, ajrashaversin. Shundan keyin oʻsha ajrashgan imonli odamning boshi bogʻliq emas. Xudoning daʼvatiga qarab yashanglar
17Har bir insonni Xudo qanday daʼvat qilgan boʻlsa, Rabbimiz Iso uni qanday sharoitga solgan boʻlsa, u shunday yashashda davom etaversin. Barcha jamoatlarda mana shunday taʼlim berib kelyapman. 18Birov sunnatli ▼▼ sunnatli — yaʼni yahudiylar. Sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi.
boʻlganda daʼvat etildimi, jarrohlik yordamida qayta sunnat qilinmaganday sunnatini oʻzgartirmasin. Boshqa birov sunnatsiz ▼▼ sunnatsiz — yaʼni gʻayriyahudiylar.
boʻlganda daʼvat etildimi, sunnat qilinmasin. 19Axir, sunnat qilingan yoki qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Eng muhimi, Xudoning amrlariga amal qilishdir. 20Har kim qanday holatda daʼvat etilgan boʻlsa, oʻsha holatini oʻzgartirishga urinmasin. 21Agar qul boʻlganingda daʼvat etilgan boʻlsang, tashvishlanma. Ammo ozod boʻlishga imkon bor boʻlsa, fursatni gʻanimat bil. 22Sizlar Rabbimiz Isoga tegishli boʻlishga daʼvat etilgansiz. Kim qul boʻlgan paytida daʼvat etilgan boʻlsa, endi Rabbimizning nazarida u ozod insondir. Shuningdek, kim ozod boʻlgan paytida daʼvat etilgan boʻlsa, endi u Masihning qulidir. 23Sizlar qimmat bahoga sotib olindingiz, shuning uchun oʻzingizni insoniy gʻoyalarga qul qilmanglar. 24Birodarlar, Xudo kimni qanday vaziyatda daʼvat qilgan boʻlsa, oʻsha vaziyatda qolib yashayversin. 25Hali oila qurmagan erkagu ayollar masalasiga kelsak, Rabbimiz Iso bu haqda amr bermagan. Ammo men Egamizning mehr–shafqati bilan ishonchli boʻlgan kishi sifatida maslahat bera olaman. 26Hozirgi tang vaziyat sababli kishi qay holda boʻlsa, shunday qolgani yaxshidir. 27Uylanganmisan? Xotining bilan ajrashma. Boʻydoqmisan? Xotin olmagin. 28Bordi–yu, uylansang, bu gunoh emas. Shuningdek, qiz erga tegsa ham, gunoh boʻlmaydi. Ammo uylanganlarning tashvish va iztiroblari koʻp boʻladi, men sizlarni shulardan asramoqchiman. 29Ey birodarlar, sizlarga yana shuni aytmoqchimanki, vaqt endi qisqa. Vaqti kelib, uylanganlaru uylanmaganlarning farqi boʻlmaydi. 30Yigʻlayotganlaru sevinayotganlar, buyum xarid qilganlar oʻzlarining qaygʻu–alamlari, xursandchiligi va mol–dunyosi bilan ovora boʻlib qolmasin. 31Bu dunyoning ishlari bilan ovora boʻlganlar endi buni bas qilsinlar. Axir, bu dunyo oʻtkinchi–ku! 32Men sizlarning tashvishsiz boʻlishingizni istayman. Boʻydoqning asosiy tashvishi Rabbimiz Isoni mamnun qilish, Uning ishlari bilan mashgʻul boʻlishdir. 33Uylangan kishi esa xotinini mamnun qilish niyatida dunyoviy ishlar haqida qaygʻuradi. 34Uning fikri ikkiga boʻlingan. Hozir ersiz boʻlgan ayollar va erga tegmagan qizlarning ham tashvishi ▼▼ …qaygʻuradi. 34…Hozir ersiz boʻlgan ayollar va erga tegmagan qizlarning ham tashvishi… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida …qaygʻuradi. Erli xotinlar bilan erga tegmagan qizlar orasida ham farq bor. 34 Ersiz boʻlgan ayollarning tashvishi….
Rabbimizning ishlari bilan mashgʻul boʻlishdir, ularning maqsadi ham jismonan, ham ruhan Rabbimizga bagʻishlanishdir. Erga tekkan ayol esa erini mamnun qilish niyatida dunyoviy ishlar haqida qaygʻuradi. 35Men sizlarni chegaralash niyatida emas, balki sizlarning manfaatingizni koʻzlab bularni aytyapman. Toki sizlar fikringizni chalgʻitmasdan, sidqidildan Rabbimiz Isoga berilib, odobli hayot kechiringlar. 36Agar unashtirilgan kishi oʻz qayligʻiga uylanmay, unga nisbatan notoʻgʻri muomala qilyapman, deb oʻylasa hamda unga uylanishni qattiq xohlasa, oʻzining bergan soʻzida turib, uylansin. Bu gunoh emas ▼▼ Bu gunoh emas — chamasi, Korinf imonlilarining baʼzilari nikohga, umuman erkak va ayol orasidagi jinsiy aloqalarga salbiy qarar edilar (shu bobning 1–oyatiga qarang). Pavlusning fikri boʻyicha, erkak kishi uylanishni xohlasa, uylanishi kerak. Boshqalarning tazyiqi ostida uylanishdan voz kechmasligi lozim. Yoki shu holatning aksi ham boʻlishi mumkin. Agar erkak kishi bir umr boʻydoq oʻtishni xohlasa, oʻz xohishiga qarab ish tutsin. Baʼzi olimlarning fikri boʻyicha, shu bobning 36-37–oyatlarida oʻz qayligʻiga boʻlgan ehtirosini tiya olmaydigan erkakka ishora qilingan. Bunday erkak tezroq uylanishi kerak. Ammo ehtirosini tiya oladigan erkak bir umr boʻydoq oʻtsa ham boʻladi.
. 37Ammo u uylanishni ehtiyoj deb bilmay, oʻz qayligʻiga uylanmaslikka qattiq qaror qilib, bu borada irodasini koʻrsata olsa, bu ham yaxshi. 38Shunday qilib, oʻz qayligʻiga uylangan kishi yaxshi ish qilgan boʻladi, uylanmagan esa undan ham yaxshiroq ish qilgan boʻladi. 39Xotin kishining eri tirik ekan, uning boshi bogʻliqdir. Agar eri oʻlsa, u istagan kishiga turmushga chiqishi mumkin, faqat u erkak Rabbimiz Isoga tegishli boʻlishi kerak. 40Ammo menimcha, oʻsha ayol tulligicha qolsa, u yana ham baxtli boʻladi. Ishonamanki, menda ham Xudoning Ruhi bor.
Copyright information for
UznUzbL