‏ 1 Thessalonians 1

Duoyi salom

1Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Silas
Silas — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Silvanus. Silas ilk jamoatning yetakchisi boʻlib, havoriy Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safarida unga hamroh edi (Havoriylar 15:22, 32, 36-41 ga qarang).
va Timoʻtiydan
Timoʻtiy — ilk jamoatning yetakchisi boʻlib, havoriy Pavlusning hamkori (Havoriylar 16:1-3, Filippiliklar 2:20-22 ga qarang).
salom! Xudoning
Xudoning — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Otamiz Xudoning va Rabbimiz Iso Masihning.
inoyati va tinchligi sizlarga yor boʻlsin.

Salonikaliklarning hayoti va imoni

2Biz doim sizlar uchun ibodat qilib, hammangiz uchun Xudoga shukurlar aytamiz. 3Imon va sevgi bilan qilgan ishlaringiz uchun, Rabbimiz Iso Masihga bogʻlagan sobit umidingiz uchun doimo Otamiz Xudoga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

4Ey Xudo sevgan birodarlarimiz, Xudo sizlarni tanlab olganini bilamiz. 5Axir, biz Xushxabarni sizlarga quruq soʻzlar bilan emas, balki toʻliq ishonch va Muqaddas Ruhning qudrati bilan keltirdik. Orangizda boʻlganimizda, sizlarning manfaatingizni koʻzlab, qanday yashaganimizni bilasiz.

6Sizlar bizdan va Rabbimiz Isodan oʻrnak oldingiz. Axir, koʻp azob–uqubat chekkaningizga qaramay, Muqaddas Ruh beradigan quvonch bilan Xudoning soʻzini qabul qildingiz. 7Shunday qilib, Makedoniya va Axaya viloyatlaridagi
Makedoniya va Axaya viloyatlari — Rim imperiyasiga qarashli ikki viloyat. Makedoniya janub tomondan Axaya bilan chegaradosh boʻlib, poytaxti Salonika edi.
barcha imonlilarga oʻrnak boʻldingiz.
8Rabbimizning kalomi sizlardan faqatgina Makedoniya va Axayaga yoyilib qolmadi, balki sizlarning Xudoga boʻlgan imoningiz hamma joyda maʼlum boʻldi. Shuning uchun endi bizning biror narsa gapirishimizga hojat qolmadi. 9Bizni yaxshi qabul qilganingiz haqida, barhayot va haqiqiy Xudoga xizmat qilaylik, deya butlardan yuz oʻgirib, Xudoga yuz burganingiz haqida hamma gapiryapti. 10Xudoning Oʻgʻli Isoning samodan tushishini kutayotganingiz haqida ham gapiryaptilar. Xudo Oʻz Oʻgʻli Isoni tiriltirgan, Iso bizni kelajakda Xudoning gʻazabidan qutqaradi.
Copyright information for UznUzbL