1 Thessalonians 3
1– 2– 3Oxiri chiday olmay, ukamiz Timoʻtiyni oldingizga yuborishga qaror qildik. Oʻzimiz esa Afina shahrida qoldik ▼▼ …Afina shahrida qoldik — Havoriylar 17:13-16 ga qarang.
. Masih haqidagi Xushxabarni targʻib etishdagi Xudoning xizmatida Timoʻtiy bizning hamkorimizdir. Azob–uqubatlar tufayli yoʻldan toymasligingiz uchun Timoʻtiy sizlarni imonda mustahkamlab, dalda bersin, dedik. Qiyinchiliklarga uchrashimiz peshanamizga yozilganini oʻzingiz bilasiz–ku! 4Axir, azob–uqubatlarga uchraymiz, deb oldingizda boʻlganimizda sizlarni ogohlantirgandik. Mana, biz aytganimizdek boʻldi. 5Shuning uchun ortiqcha sabr qila olmay, imoningiz haqida bilib kelsin deb, Timoʻtiyni yubordim. Shayton sizlarni vasvasaga solib, ishimizni bekor qilgan boʻlsa kerak, deb qoʻrqqan edim. 6Mana, Timoʻtiy sizlarning oldingizdan qaytib keldi ▼▼ …Timoʻtiy sizlarning oldingizdan qaytib keldi — Pavlus bu paytda Afinadan Korinfga kelgan edi. Timoʻtiy Salonikadan qaytib, Korinfga, Pavlusning oldiga borgan (Havoriylar 18:1, 5 ga qarang).
. Bizga sizlarning imoningiz va sevgingiz haqida yaxshi xabar olib keldi. Biz sizlarni sogʻinganimizdek, sizlar ham bizni sogʻinib qolibsiz. Bizni yaxshi soʻzlar bilan eslar ekansiz. Timoʻtiy bularni bizga aytib berdi. 7Shunday qilib, birodarlar, qiyinchiliklar va azob–uqubatlarda boʻlsak ham, sizlarning imoningiz haqida eshitib, ancha tasalli topdik. 8Rabbimiz Isoga boʻlgan imoningiz qatʼiy ekan, endi biz yengil nafas olib yashaymiz. 9Sizlar tufayli biz Xudo oldida quvonchga toʻlib yuribmiz. Shunday ekan, qanday qilib Xudoga oʻz minnatdorchiligimizni bildirmay tura olamiz?! 10Sizlar bilan yana diydor koʻrishaylik, imoningizga imon qoʻshaylik deb, kechayu kunduz jon–jahdimiz bilan ibodat qilyapmiz. 11Otamiz Xudoning Oʻzi va Rabbimiz Iso sizlarning oldingizga borishimiz uchun yoʻl ochsin. 12Sizga boʻlgan mehrimiz toʻlib–toshgani kabi, Rabbimiz sizlarning ham bir–biringizga va boshqa hammaga boʻlgan mehr–muhabbatingizga qalbingizni toʻldirib–toshirsin. 13Shunda qalblaringiz sobit boʻladi, Rabbimiz Iso Oʻz farishtalari ▼▼ Oʻz farishtalari — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz Xudoning xalqini nazarda tutgan holda, Oʻz azizlari deb tarjima qilinsa ham boʻladi. Qiyoslash uchun Matto 25:31, Mark 8:38, 2 Salonikaliklar 1:7-8 ga qarang.
bilan kelganda, sizlar Otamiz Xudo oldida aybsiz va pok tura olasizlar.
Copyright information for
UznUzbL