1 Timothy 2
Duo va ibodatlarga oid koʻrsatmalar
1Avvalambor, nasihatim shuki, butun insoniyat uchun iltijo qilinglar, toat–ibodatda boʻlib, duolar oʻqinglar, shukronalar aytinglar. 2Taqvodor, obroʻ–eʼtiborli, osoyishta, sokin hayot kechirishimiz uchun, hukmdorlaru boshliqlar uchun ibodat qilinglar. 3Bu xayrli ish boʻlib, najotkorimiz Xudoga maqbuldir. 4U hamma insonlarning najot topishlarini va haqiqatni bilib olishlarini istaydi. 5Zero, hammamizga maʼlumki,Xudo yagonadir,Xudo bilan insonlar orasidagi
Vositachi ham yagonadir.
Bu Vositachi Iso Masihdir.
U Oʻzi inson edi
6Va butun insoniyatni qutqarish uchun
Oʻz jonini fido qildi.
Shu orqali Xudo Oʻzi belgilagan paytda najot rejasini ayon etdi. 7Men najot haqidagi bu xabarni eʼlon qiluvchi havoriy etib tayinlandim. Toʻgʻrisini aytyapman ▼
▼ Toʻgʻrisini aytyapman… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Masih haqi, toʻgʻrisini aytyapman.
, yolgʻon gapirayotganim yoʻq! Haqiqatan ham, men turli xalqlarga imon va haqiqatni oʻrgatish uchun yuborilganman. 8Erkaklar ▼▼ Erkaklar — yunoncha matnda aner. Bu soʻzni erlar deb tarjima qilsa ham boʻladi. Odatda Pavlus aner soʻzini uylangan erkaklarga nisbatan ishlatgan. Shu bobning 8-15–oyatlaridagi koʻp yunoncha soʻzlar 1 Butrus 3:1-7 oyatlarda ham ishlatilgan va har ikkala kitobdagi bu parchalar mazmunan bir–biriga juda yaqin. Butrus oʻsha oyatlarda er–xotinlik munosabatlari haqida taʼlim bergani bois, baʼzi olimlar Pavlusning bu oʻrindagi taʼlimotini er–xotinlik munosabatlari haqidagi taʼlimot deb tushunadilar. Yana shu bobning 11, 12–oyatlari izohlariga qarang.
hamma joyda qoʻllarini duoga ochib, chin qalbdan ibodat qilsinlar. Ular gʻazab va nizodan yiroq boʻlsinlar. 9Xotinlar soddagina, did bilan kiyinsinlar. Ular sochiga ortiqcha oro bermay, oltin va marvarid taqinchoqlar yoki qimmatbaho kiyimlar bilan emas, balki or–nomus bilan bezansinlar. 10Xudojoʻy xotinlarga munosib xayrli ishlar bilan oʻzlariga zeb bersinlar. 11Taʼlim berilayotganda, xotinlar sukut saqlasin, muallimning gapini ikki qilmasin ▼▼ Taʼlim berilayotganda, xotinlar sukut saqlasin, muallimning gapini ikki qilmasin — yunoncha matnda Xotin sukutda va toʻla itoatkorlik bilan oʻrgansin.
. 12Xotin erkakka taʼlim berishiga ▼▼ Xotin erkakka taʼlim berishiga… — yoki Xotin eriga buyruq berishiga….
va uning ustidan oʻz hukmini oʻtkazishiga ruxsat bermayman. Xotin sokin tabiatli boʻlsin. 13Axir, oldin Momo Havo emas, balki Odam Ato ▼▼ Momo Havo…Odam Ato — Ibtido 2:7, 18, 21-23, 3:1-13 ga qarang.
yaratilgan–ku. 14Odam Ato emas, xotin shaytonga aldanib, gunoh qildi. 15Oʻshandan buyon, xotinlar tuqqanda laʼnat tufayli ▼▼ …laʼnat tufayli… — Ibtido 3:16 ga qarang.
dardu azob chekadigan boʻldilar. Biroq shunga qaramay, agar ular kamtaru bamaʼni boʻlishsa, Masihga boʻlgan imonda sobit qolib, mehr–oqibatli boʻlib, taqvodor hayot kechirishsa, najot topadilar.
Copyright information for
UznUzbL