‏ 2 Chronicles 27

Yahudo shohi Yoʻtom

1Yoʻtom yigirma besh yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻn olti yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yerusha boʻlib, u Zodoʻxning qizi edi. 2Yoʻtom, otasi Uzziyo kabi, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. Ammo otasidan farqli ravishda Egamizning Maʼbadida tutatqi tutatmadi
…otasidan farqli ravishda Egamizning Maʼbadida tutatqi tutatmadi — 26:16-18 ga qarang.
. Xalq esa hamon buzuq odatlarini davom ettirardi.

3Yoʻtom Egamiz uyining Yuqori Darvozasini qurdi va Ofel tepaligidagi
Ofel tepaligi — koʻhna Quddus shahri aynan shu tepalik ustida joylashgan boʻlishi mumkin. Shaharning bu qismi yana “Dovud qalʼasi” deb atalar edi.
devor ustida katta ishlarni olib bordi.
4Bundan tashqari, u Yahudoning qirlarida shaharlar, oʻrmonzorlarda qalʼalar va minoralar qurdirdi. 5U Ommonliklarga qarshi jang qilib, ularni boʻysundirdi. Ommonliklar uch yil davomida Yoʻtomga quyidagi miqdordagi oʻlponni toʻlashga majbur boʻldilar: 200 pud
200 pud — ibroniycha matnda 100 talant, taxminan 3,4 tonnaga toʻgʻri keladi.
kumush, 100.000 togʻora
100.000 togʻora — ibroniycha matnda 10.000 kor, taxminan 2200 tonnaga toʻgʻri keladi.
bugʻdoy va 100.000 togʻora arpa.

6Yoʻtom Egasi Xudoga sodiqlik bilan itoat etgani uchun qudratli boʻlib ketdi.

7Yoʻtomning boshqa ishlari, qilgan janglari va tutgan yoʻllari “Isroil va Yahudo shohlari kitobi”da yozilgan. 8U yigirma besh yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻn olti yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yerusha boʻlib, u Zodoʻxning qizi edi. 9Yoʻtom olamdan oʻtib, Dovud qalʼasida dafn qilindi. Oʻrniga oʻgʻli Oxoz shoh boʻldi.
Copyright information for UznUzbL