2 Corinthians 10
Pavlusga Xudo bergan hokimiyat
1Masihning Oʻzi koʻrsatgan muloyimlik va mehribonlik bilan sizlardan iltijo qilaman. Baʼzilar men haqimda: “Pavlus shaxsan oramizda boʻlganda moʻmin–u, uzoqda boʻlganda esa juda jasur ekan–a!” deb aytayotgan ekan. 2Baʼzilar meni boʻshang odam, deb aytayotgan ekan. Men albatta bunday odamlarga qattiq muomala qilaman. Sizlardan oʻtinaman, sizlarga qattiq gapirishga meni majbur qilmanglar. 3Biz inson boʻlib, bu dunyoda yashasak ham, bashariy kuch bilan jang qilmaymiz. 4Bizning qurol–aslahalarimiz bashariy manfaat uchun emas, balki ilohiy manfaat uchun ishlatiladi. Bizning qurol–aslahalarimiz bu dunyoning qurol–aslahalariday emas. Xudoning qudrati bilan bu qurol–aslahalarimiz qalʼaday mustahkam boʻlgan insoniy oʻy–xayollarni hamda quruq safsatalarni yoʻq qilishga qodir. 5Xudoni tanib–bilishga toʻsqinlik qilayotgan takabburona dunyoqarashga biz barham beramiz. Har qanday oʻy–xayolni Masihga boʻysundirib, asir qilamiz. 6Shunday qilib, oʻzlaringiz ham toʻla boʻysunganingizdan keyin, biz birgalikda har xil itoatsizlikni jazolashga tayyor boʻlamiz. 7Sizlar mening havoriy ekanligimni nahotki bilmasangizlar?! ▼▼ Sizlar mening havoriy ekanligimni nahotki bilmasangizlar?! — yunoncha matnda Koʻz oldingizda boʻlganlarga qarang! yoki Sizlar tashqi qiyofaga qarab baho beryapsizlar.
Agar birortasi ishonch bilan: “Men Masihga tegishliman”, desa, shuni oʻylab koʻrsin: u tegishli boʻlgan Masihga biz ham tegishlimiz! 8Egamiz tomonidan berilgan hokimiyat haqida juda koʻp maqtansam ham, bundan hech xijolat boʻlmayman. Axir, bu hokimiyat menga sizlarning imoningizni vayron qilish uchun emas, balki mustahkamlash uchun berilgan. 9– 10– 11Darvoqe, baʼzilar: “U maktublarida talabchan va kuchli, lekin shaxsan biz bilan boʻlganda esa zaif, soʻzlari ham taʼsirsiz”, deb aytayotgan ekan. Bunday deb aytayotganlar shuni bilib qoʻysinlarki, men faqatgina maktublarimda ogohlantirib qolmayapman. Men maktublarimda qanday inson ekanligimni koʻrsatgan boʻlsam, huzuringizda boʻlganimda ham shunday inson ekanligimni oʻz harakatlarim bilan isbotlayman. Maqtanishu maqtanmaslik haqida
12Oʻzlariga yuqori baho beradigan odamlarning qatoriga biz oʻzimizni qoʻshmaymiz, hatto ular bilan solishtirmaymiz. Ular oʻzlarini oʻzlari bilan oʻlchab, oʻzlarini oʻzlariga qiyos qiladilar. Bu qanday ahmoqlik! 13Biz haddan tashqari maqtanmaymiz. Xudo bizga yuklagan masʼuliyat va vazifa doirasidan chiqib ketmaymiz. Sizlar ham bizning masʼuliyatimiz doirasiga kirasizlar. 14Agar biz sizlarga masʼul boʻlmaganimizda edi, sizlarga qilgan muomalamizda haddimizdan oshgan boʻlardik. Ammo oʻzlaringiz bilasiz–ku, birinchi boʻlib sizlarga Masihning Xushxabarini keltirgan bizmiz. 15Biz haddimizdan oshib, boshqalarning qilgan mehnati bilan maqtanmaymiz. Umid qilamizki, imoningiz oshib boraveradi, shunda sizlarning yordamingiz bilan xizmatimiz yanada koʻpayadi. 16Shunday qilib, boshqalarning tayyor ishlari bilan maqtanmay, sizlardan uzoqroq boʻlgan joylarga ham Xushxabarni yetkazaylik. 17Muqaddas bitiklarda oʻrgatilganday, kim maqtanmoqchi boʻlsa, Egamizning qilgan ishlari bilan maqtansin! ▼▼ …kim maqtanmoqchi boʻlsa, Egamizning qilgan ishlari bilan maqtansin — Yeremiyo 9:24 ga qarang.
18Oʻzini oʻzi maqtagan odam emas, balki Egamizning maqtoviga sazovor boʻlgan odamgina Unga maqbul boʻladi.
Copyright information for
UznUzbL