‏ 2 Corinthians 11

Pavlus va soxta havoriylar

1Qaniydi, sizlar mening ozgina ahmoqlik qilishimga chidasangiz! Ilojingiz qancha? Axir, qarang, sizlar menga chidab kelyapsizlar–ku! 2Men sizlarni Xudoning rashki bilan qizgʻanyapman, chunki goʻyo bir pok bokira qizni yagona erga nikohlaganday, sizlarni Masihga taqdim etmoqchiman. 3Ammo Momo Havo ilonning yolgʻon–yashiqlariga ishonib, yoʻldan ozgani kabi
…Momo Havo ilonning yolgʻon–yashiqlariga ishonib, yoʻldan ozgani kabi… — Ibtido 3:1-6, 13 ga qarang.
, sizlarning ham oʻy–xayollaringiz buzilmasin. Men sizlardan xavotirdaman, sizlar oʻzingizni chin yurakdan, samimiylik bilan Masihga bagʻishlaganingizni unutib qoʻyasiz, deb qoʻrqaman.
4Axir, birov kelib, biz vaʼz qilgan Isodan boshqa bir Iso haqida vaʼz qilsa yoki sizlar olgan Ruhdan boshqa bir ruh haqida va sizlar qabul qilgan Xushxabardan boshqa bir xushxabarni aytsa, bunday odamlarni xush qarshilab oʻtiribsiz. 5Sizlar “oliy havoriylar” deb bilgan oʻsha ustozlaringizdan men hech bir narsada qolishmayman, deb oʻylayman. 6Men mohir vaʼzxon boʻlmasam–da, ilm–maʼrifatda hech kamchiligim yoʻq. Buni sizlarga har jihatdan ochiq–oydin koʻrsatdim.

7Men sizlarni yuksaltirish uchun oʻzimni past olib, Xudoning Xushxabarini sizlarga tekinga aytib, gunoh qildimmi?! 8Sizlarga xizmat qilish uchun boshqa jamoatlardan mablagʻ oldim. Bu bilan xuddi ulardan oʻgʻirlaganday boʻldim. Orangizda boʻlib, muhtojlikda qolganimda ham birovga ortiqcha yuk boʻlmadim, 9chunki Makedoniyadan kelgan birodarlar
Makedoniyadan kelgan birodarlar — Pavlus Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safari davomida Filippi, Salonika va Veriya shaharlarida jamoatlarga asos solgan edi (Havoriylar 16:9-17:15 ga qarang). Bu shaharlar Makedoniyada boʻlgan. Makedoniya viloyati Axaya viloyatidan shimolda joylashgan edi. Korinf shahri Axaya viloyatining poytaxti edi.
barcha ehtiyojlarimni qondirdilar. Men biron narsada sizlarga ogʻirligimni tushirmaslikka harakat qildim va shunday qilishda davom etaveraman.
10Qalbimda Masihning haqiqati borligiga shubha yoʻq, shu bois Axaya hududi boʻylab yoyilayotgan bu obroʻ–eʼtiborimni hech kim toʻka olmasligiga aminman. 11Nima uchun sizlardan yordam soʻramadim? Bu sizlarni yomon koʻrishimdan darak beradimi? Mana, Xudoga ayon, sizlarni yaxshi koʻraman.

Men qilayotgan ishimni davom ettiraveraman.
12Ana shunda, bizning ishlarimiz Pavlusning xizmati bilan baravar, deb maqtanayotganlarning gaplariga hech bir asos boʻlmaydi. 13Axir, ular oʻzlarini Masihning havoriylari qilib koʻrsatayotgan soxta havoriylar va hiylakor xizmatchilar–ku! 14Buning hayron qoladigan joyi yoʻq, chunki hatto shayton ham oʻzini nurli farishta qilib koʻrsatadi. 15Shuning uchun shaytonning xizmatkorlari oʻzlarini solihlik xizmatchilari qilib koʻrsatar ekanlar, buning hech ajablanarli joyi yoʻq. Oqibatda ular qilmishlariga yarasha jazo oladilar.

Pavlusning chekkan zahmatlari

16Yana aytaman, biror kishi meni ahmoq ekan, deb aytmasin. Bordi–yu, sizlar shunday deb oʻylasangiz, unda ahmoqlarga qanday munosabatda boʻlsangiz, menga ham shunday munosabatda boʻlinglar, shunda men ham ozgina maqtanib olaman. 17Men balandparvozlik bilan gapirib, ahmoqlarday maqtanyapman. Bu Rabbimiz Isoga munosib emas. 18Modomiki, koʻpchilik insoniy mavqei bilan maqtanayotgan ekan, mayli, men ham maqtanay. 19Axir, sizlar shunchalik donosizki, aqlsizlarga jon deb toqat qilasizlar. 20Haqiqat shuki, birortasi sizlarni oʻziga asir qilsa ham, haqingizni yesa ham, talon–taroj qilsa ham, oʻzini katta tutsa ham, yuzingizga tarsaki solsa ham, ularning hammasiga toqat qilib kelyapsiz.

21Biz sizlarga oʻshanday muomala qilmadik. Shuning uchun biz sizning nazaringizda ojiz boʻlib koʻringandirmiz–da?! Bundan uyalishimiz kerakmi?! Xoʻp, ahmoqlarcha gapirayotgan ekanman, odamlar nima bilan maqtanishga jurʼat qilayotgan boʻlsa, men ham oʻshalar bilan maqtanishga jurʼat qilaman. 22Ular ibroniymi? Men ham ibroniyman! Ular Isroil xalqiga tegishlimi? Men ham Isroil xalqidanman! Ular Ibrohim naslidanmi? Men ham Ibrohim naslidanman! 23Ular Masihning xizmatkorlarimi? Men befarosatlik qilib aytyapmanki, ularning hammasidan ustunman. Zahmat desangiz, men ulardan koʻproq zahmat chekdim. Zindon desangiz, ulardan koʻproq zindonda yotdim. Zarba desangiz, men haddan tashqari koʻp zarba yedim, hatto koʻp marta oʻlimga roʻbaroʻ boʻldim. 24Yahudiylardan besh marta bir kam qirqtadan
…bir kam qirqtadan… — qamchilash jinoyat uchun beriladigan jazolardan biri edi. Tavrot qonuniga koʻra, qirq darradan ortiq qamchilash mumkin emas edi (Qonunlar 25:3 ga qarang). Shu sababdan qirq qamchidan oshib ketmaslik uchun 39 darra urilgan va bu jazolash eng ogʻir qamchilash jazosi boʻlgan.
kaltak yedim.
25Rim amaldorlari meni uch marta kaltaklatdilar. Bir marta toshboʻron boʻldim
Bir marta toshboʻron boʻldim… — Havoriylar 14:19-20 ga qarang.
, uch marta kemada halokatga uchradim, bir kechayu kunduzni dengiz bagʻrida oʻtkazdim.
26Koʻp marta uzoq safarlarda boʻldim. Daryolarda tahlikada qoldim. Qaroqchilar hujumidan hayotim tahlikada qoldi. Oʻz qondoshlarimu gʻayriyahudiylar tufayli tahlika ostida qoldim. Shaharda tahlika, sahroda tahlika, dengizda tahlika, soxta birodarlar orasida tahlika! 27Men ancha mehnat va mashaqqat ostida, koʻp marta uyqusizlikda, ochlik va tashnalikda qoldim. Baʼzan yeyishga nonim, sovuqda kiyishga kiyimim boʻlmadi.

28Yana bulardan va qolgan boshqa narsalardan tashqari, har kuni barcha jamoatlar haqida qaygʻurish ham mening zimmamda. 29Ayting–chi, zaif odam bormi? Men undan ham zaifman. Birorta odam vasvasaga tushib, yoʻldan ozganmi? Men vasvasa dastidan ado boʻldim–ku! 30Maqtanish kerak boʻlsa, ojizligim bilan maqtanaman. 31Rabbimiz Isoning Otasi — abadiy hamdu sanoga loyiq Xudo biladiki, men yolgʻon gapirmayapman. 32Damashqda boʻlganimda, shoh Xaretasga
shoh Xaretas — Hirod Antipasning qaynatasi. U miloddan oldingi 9 yildan to milodiy 40 yilgacha qadimgi Falastindan janubi–sharqdagi Nabateya yurtida hukmronlik qilgan. Nabateyaning poytaxti Petra shahri edi. Oʻsha paytlarda Damashq shahri ham Xaretas qoʻli ostida edi. Iso Masih Pavlusga zohir boʻlgandan keyin, Pavlus Nabateyada birmuncha vaqt oʻtkazgan boʻlishi mumkin (Galatiyaliklar 1:17 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Ehtimol, Pavlus u yerda Xushxabar aytgan va Xaretas Pavlus haqida eshitgan.
qarashli viloyat hokimi meni tutib olish uchun Damashq shahrini nazorat ostiga olgan edi. Ammo meni savat ichida shahar devoridagi derazadan tushirishdi
…meni savat ichida shahar devoridagi derazadan tushirishdi… — Havoriylar 9:23-25 oyatlarga va Havoriylar 9:25 izohiga qarang.
va men uning qoʻlidan qochib qutuldim.
Copyright information for UznUzbL