‏ 2 Corinthians 12

Pavlusga kelgan vahiylar

1Maqtanishning hech foydasi yoʻq, ammo baribir maqtanishim kerak. Endi Egamiz ayon qiladigan vahiylarga kelsak, 2Masihga qarashli bir odamni bilaman
Masihga qarashli bir odamni bilaman — Pavlusning oʻzini nazarda tutgan.
. Oʻn toʻrt yil oldin oʻsha odam yerdan arshi aʼloga
arshi aʼlo — yunoncha matnda uchinchi osmon.
koʻtarildi. Badanda edimi yoki badandan tashqarida edimi, bilmayman, Xudo biladi.
3Shuni bilamanki, badandami yoki badandan tashqaridami, menga emas, Xudoga ayon, oʻsha odam 4jannatga koʻtarilganda insonning tili taʼriflashga ojiz boʻlgan soʻzlarni eshitdi. Bunday soʻzlarni inson tilga olmasligi kerak. 5Bunday odam bilan maqtansam boʻladi. Lekin oʻzim haqimda boʻlsa, ojizligimdan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. 6 7Agarda oʻzim haqimda maqtanadigan boʻlsam ham, ahmoqona ish qilgan boʻlmayman, chunki haqiqatni gapirgan boʻlaman. Odamlar oʻsha haddan tashqari ajoyib vahiylarga qarab menga baho bermasinlar. Ammo qilayotgan ishlarimga qarab yoki mendan eshitganlari boʻyicha menga baho bersinlar, undan ortiq meni yuqori koʻtarmasinlar deb, oʻzimni tutib turibman.

Shuning uchun meni kibrlanib ketmasin deb, badanimga bir nish, meni niqtalaydigan shaytonning elchisi berildi.
8Buni mendan olib tashlagin, deb uch marta Rabbimiz Isoga yolvordim. 9Lekin U menga shunday dedi: “Mening inoyatim doim senga yetarli boʻladi, chunki Mening qudratim sening ojizligingda toʻliq namoyon boʻladi.” Shunday qilib, Masihning qudrati men orqali ayon boʻlishi uchun ojizligim bilan maqtanishni afzal koʻraman. 10Shu sababdan Masih haqi ojizlikni, xoʻrliklarni, muhtojliklarni, quvgʻin va qiyinchiliklarni shodlik bilan qabul qilaman. Ayniqsa, ojiz boʻlgan paytimda Masihning qudrati bilan kuchli boʻlaman.

Pavlus Korinfdagi imonlilar uchun qaygʻuradi

11Men oʻzimni aqlsiz insonday tutdim. Ammo meni bunga oʻzlaringiz majbur etdingiz–ku, chunki sizlar meni maqtashingiz kerak edi. Mening oʻzim hech bir ahamiyatga ega boʻlmasam–da, oʻsha “oliy havoriylardan” hech bir kam joyim yoʻq. 12Orangizda boʻlganimda har xil qiyinchiliklarga bardosh berganim, moʻjizalaru alomatlar, qudratli ishlar qilganim haqiqiy havoriy ekanligimdan dalolat beradi. 13Xoʻsh, qachon men sizlarga, boshqa jamoatlarga qaraganda yomonroq muomalada boʻldim? Toʻgʻri, sizlarga ogʻirligimni tushirmadim. Agar bu sizlarga adolatsizlik boʻlib tuyulsa, meni kechiringlar.

14Mana, sizlarning oldingizga uchinchi marta borishga tayyorman
…sizlarning oldingizga uchinchi marta borishga tayyorman — 2:1 izohiga qarang.
. Sizlarga yuk boʻlmayman, chunki menga sizlarning narsangiz emas, oʻzingiz keraksiz. Zotan, farzandlar ota–onalari uchun emas, balki ota–onalar farzandlari uchun mol–mulk yigʻishi lozim.
15Shodlik bilan bor mol–mulkimni, hatto oʻz jonimni ham sizlar uchun beraman. Men sizlarni shunchalik yaxshi koʻrar ekanman, sizlarning meni kamroq yaxshi koʻrishingiz toʻgʻri ishmi?!

16Xoʻp, mayli, men sizlarga yuk boʻlmabman–u, ammo yolgʻonu hiyla bilan sizlarni oʻz tomonimga ogʻdirib olganmishman. 17Sizlarning oldingizga yuborgan birorta odam orqali sizlardan foydalanib oldimmi? 18Men Titusni sizning oldingizga borishga undagan edim. Haligi boshqa birodar bilan u sizlarning oldingizga borib
Haligi boshqa birodar bilan u sizlarning oldingizga borib… — 8:17-19 oyatlarga va 8:18-19 izohiga qarang.
, sizlardan foydalandimi? U men bilan bir niyatda xizmat qiladi, yoʻlimiz bir–ku!

19Yuqorida aytib oʻtgan gaplarimizning hammasi oʻzimizni sizlarning oldingizda himoya qilish uchun yozilgan, deb oʻylayapsizlarmi? Bilib qoʻying, biz bu gaplarni Masihning qullari sifatida Xudoning shohidligida aytyapmiz. Aziz doʻstlar, qilayotgan ishlarimizning hammasi sizlarni imonda qoʻllab–quvvatlash uchundir. 20Men bir narsadan qoʻrqib turibman: sizlarning oldingizga borganimda, nimani koʻrarkinman, sizlar men oʻylagan odamlar boʻlib chiqmasangiz, men ham sizlar oʻylagan odam boʻlib chiqmasam–a! Borganimda orangizda janjalu hasadgoʻylik, jaholat, raqobat, boʻhton, gʻiybat, manmanlik va tartibsizlikni koʻraman degan xavotirdaman. 21Bordi–yu, yana yoningizga borganimda, orangizdagi koʻpchilik oldin qilgan gunohlaridan tavba qilmay, ifloslik, jinsiy axloqsizlik va fisqu fujurni davom ettirayotgan boʻlsa, Xudoyimning oldida uyatga qolmay, sizlar uchun motam tutib, yigʻlamayin.
Copyright information for UznUzbL