2 Corinthians 13
Soʻnggi pand–nasihatlar va salomlar
1Men endi sizlarning oldingizga uchinchi marta boraman ▼▼ …sizlarning oldingizga uchinchi marta boraman — 2:1 izohiga qarang.
. Oʻzingiz bilasiz, har bir ish ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi ▼▼ …har bir ish ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi — bu gapi bilan Pavlus Korinfdagi muammolarni hal qilishda odillik bilan ish tutishga vaʼda beryapti (Qonunlar 19:15, Matto 18:15-16 ga qarang).
. 2Men sizlarning oldingizga ikkinchi marta borganimda gunoh qilganlarni ham, qolganlarni ham ogohlantirgan edim. Endi sizlarning oldingizda boʻlmasam ham, yana ogohlantirib aytyapman, keyingi safar gunoh qilganlarning hech birini ayamayman. 3Masih men orqali gapirayotganini isbotlashimni xohlayapsizmi? Mening xatti–harakatim buning dalili emasmi?! Masih sizlar bilan boʻlgan munosabatida zaif emas, aksincha, U orangizda Oʻz qudratini namoyish qilyapti. 4U insoniy tanasining zaifligi tufayli xochga mixlanib oʻldirilgan edi, ammo endi Xudoning qudrati tufayli tirikdir. Biz ham Masihning insoniy zaifligiga sherik boʻlsak–da, oʻzingiz koʻrasiz, Xudoning qudrati tufayli Masihning hayotiga ham sherik boʻlamiz. 5Oʻzingizni oʻzingiz tekshirib koʻringlar. Qani, imonda turibsizlarmi? Oʻzingizni sinab koʻringlar. Iso Masih orangizda ekanligini bilmaysizmi? Buni bilmasangiz, sinovdan oʻtmagan boʻlasiz. 6Biz sinovdan oʻtganligimizni bilasiz degan umiddaman. 7Sizlar hech qanday yomon ishlar qilmasligingizni Xudodan iltijo qilamiz. Bu bizning sinovdan oʻtganligimizni isbotlash uchun emas. Mabodo, biz sinovdan oʻtmagan boʻlib tuyuladigan boʻlsak ham, sizlar toʻgʻri ish qilavering. 8Zotan, biz haqiqatga qarshi tura olmaymiz, balki haqiqat yoʻlida ish tutamiz. 9Bizlar zaif, sizlar esa kuchli boʻlganingizdan xursandmiz. Axir, sizlar komil boʻlishingiz uchun Xudoga iltijo qilamiz. 10Shuning uchun sizlarning yoningizda boʻlmasam ham shularni yozyapman. Toki oldingizga borganimda Egamiz menga bergan hokimiyat bilan sizlarga qattiq muomala qilmayin. Axir, menga bu hokimiyat sizlarni barbod qilish uchun emas, balki imoningizni mustahkamlash uchun berilgan. 11Shunday qilib, birodarlarim, endi sizlar bilan xayrlashaman. Kamolotga intilaveringlar, bir–biringizga dalda beringlar, hamfikr boʻlinglar, oʻzaro ahil–inoq boʻlib yashanglar. Shunda mehr–muhabbat va tinchlik manbai boʻlgan Xudo sizlar bilan boʻladi. 12Bir–biringiz bilan oʻpishib koʻrishinglar. Xudoning bu yerdagi hamma azizlari sizlarga salom aytyapti. 13Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Xudoning mehr–muhabbati va Muqaddas Ruhning hamrohligi hammangizga yor boʻlsin! ▼▼ Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.
Copyright information for
UznUzbL