‏ 2 Corinthians 2

1Yana xafagarchilik keltirmaslik uchun sizlarning oldingizga bormaslikka qaror qildim
Yana xafagarchilik keltirmaslik uchun sizlarning oldingizga bormaslikka qaror qildim — Pavlus Korinfdagi jamoatga asos solgandan keyin (Havoriylar 18:1-11 ga qarang), yana bir bor u yerga borgan edi (12:14, 13:1 ga qarang). Uning bu ikkinchi safari haqida hech qanday maʼlumot saqlanib qolmagan. Chamasi, Korinfdagi jamoatda muammolar boʻlgan va Pavlus Korinfga qilgan bu ikkinchi safari davomida koʻngilsizliklarga duch kelgan. Pavlus Korinfga boʻladigan navbatdagi safari davomida oldingiday koʻngilsizliklarga duch kelishni xohlamayapti.
.
2Axir, sizlarni xafa qilsam, menga xursandchilik keltiradiganlarni xafa qilgan boʻlaman–ku! Unday holda, kim meni xursand qiladi?! 3Oldingi maktubni
Oldingi maktub — “1 Korinfliklar” maktubiga ishora boʻlsa kerak. 1:16 ning birinchi izohiga qarang.
yozganimning sababi ham shudir, toki sizlarning oldingizga borganimda oramizda xafagarchilik boʻlmasin, axir, menga katta quvonch keltiradigan sizlar emasmi?! Ishonchim komilki, mening quvonchim sizlarning quvonchingizdir.
4Sizlarni xafa qilish uchun emas, balki sizlarni qanchalik yaxshi koʻrishimni koʻrsatish uchun oʻsha maktubni yozgan edim. Uni chuqur qaygʻu, iztirob bilan, koʻz yosh toʻkib yozgan edim.

Gunoh qilgan odamni kechirish haqida

5Meni xafa qilgan odam
Meni xafa qilgan odam — bu oʻrinda Pavlus kim haqida gapirayotgani aniq emas. 1 Korinfliklar 5:1-5 da aytib oʻtilgan odam yoki muammolar keltirib chiqarayotgan boshqa bir odam boʻlishi mumkin. Kim boʻlishidan qatʼi nazar, jamoat unga tanbeh bergan va u odam oʻz gunohlaridan tavba qilgan.
faqatgina meni emas, balki qaysidir darajada sizlarning hammangizni xafa qilgan boʻladi, ammo bu masalaga keragidan ortiq urgʻu bermaylik.
6Axir, xafa qilgan odamga koʻpchilik tomonidan berilgan jazo yetarli. 7Endi boʻlsa, uni kechirib, tasalli beringlar, toki u haddan ortiq qaygʻurib, tushkunlikka tushmasin. 8Sizlardan oʻtinaman, unga boʻlgan mehr–muhabbatingizni koʻrsating.

9Oldingi maktubimni yozishdan yana bir maqsadim shu edi: sizlar har jihatdan itoatkor ekanmisiz yoki yoʻqmi, shuni bilmoqchi edim. 10Sizlar biror kishini kechirsangiz, men ham uni kechiraman. Birortasi kechirishim kerak boʻladigan ayb ish qilgan boʻlsa, sizlarning manfaatingizni koʻzlab, Masihning huzurida uni kechiraman. 11Shaytonga aldanib qolmaylik, axir, uning fitnalaridan bexabar emasmiz–ku!

Pavlus Troas shahrida bezovta boʻladi

12Masih haqidagi Xushxabarni eʼlon qilish uchun Troas shahriga borganimda, Egamiz menga yoʻl ochib bergan edi. 13Ammo koʻnglim notinch edi, chunki birodarim Titusni
Titus — Pavlusning hamkori va yordamchisi (8:23 ga va Titus 1:4-5 ga qarang).
u yerda topa olmadim. Shuning uchun u yerdagilar bilan xayrlashib, Makedoniyaga joʻnadim.

Masih orqali qozoniladigan gʻalaba

14Xudoga shukur! Xudo bizga Masihning tantanali yurishida
tantanali yurishi — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz urushdan gʻalaba bilan qaytgan Rim lashkarining tantanali yurishiga nisbatan ham ishlatilgan. Rim lashkarboshisi urushdan qaytib kelganda, Rim shahrining koʻchalari boʻylab lashkari bilan tantanali yurish qilar edi. Asir olingan dushmanlar esa hammaning koʻzi oldida ularning ortidan yurardi. Bu tantanali yurish bayram tusini olardi, kuydirilgan tutatqi va ziravorlarning xushboʻy hidi butun shahar boʻylab taralardi.
ishtirok etishni nasib qildi. Atirning hidi qanday taralsa, xuddi shu singari, har yerda va har doim Xudo biz orqali Oʻzi haqidagi xabarni tarqatmoqda.
15Masih haqidagi Xushxabarni yoyar ekanmiz, biz najot topadiganlar orasida ham, halok boʻladiganlar orasida ham Xudoga xush keladigan tutatqi nazrining hidiga oʻxshaymiz. 16Bu hid halok boʻladiganlar uchun oʻlim hididir, najot topadiganlar uchun esa hayotbaxsh xushboʻy hiddir. Bunday yuksak masʼuliyatga Xudo bizni loyiq topdi. 17Mana, biz koʻpchilik kabi, Xudoning kalomini bozorga solmaymiz. Aksincha, Xudo tomonidan yuborilgan va Masih xizmatida boʻlgan kishilardek, Xudoning koʻzi oldida sof koʻngil bilan voizlik qilmoqdamiz.
Copyright information for UznUzbL