‏ 2 Corinthians 3

Yangi ahdning ulugʻligi

1Yana oʻzimizni tavsiya qilyapmizmi?! Yoki baʼzilarga kerak boʻlganday, sizlarga tavsiyanomalar koʻrsatishimiz kerakmi yoki sizlardan bizga tavsiyanomalar kerakmi?! 2Axir, yuragimizga
yuragimiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida yuragingiz.
yozilgan tavsiyanomamiz sizlarning oʻzingiz–ku! Bu hammaga ayon, uni hamma oʻqiy oladi.
3Ochiq koʻrinib turibdiki, bizning xizmatimiz tufayli yozilgan Masihning maktubi sizlarsiz. Bu maktub siyoh bilan emas, balki barhayot Xudoning Ruhi orqali yozilgan, tosh lavhalarga emas, balki inson qalbining lavhalariga yozilgandir
…tosh lavhalarga emas, balki inson qalbining lavhalariga yozilgandir — tosh lavhalarga yozilgan eski ahdga (Chiqish 24:12, 31:18, 32:15-16 ga qarang) va odamlarning yuraklariga yozilgan yangi ahdga ishora (Yeremiyo 31:31-34, 32:39-40, Hizqiyol 11:19-20, 36:26-27 ga qarang).
.
4Masih tufayli Xudoning oldida bularga ishonchimiz komildir. 5Axir, biz oʻzimizning kuchimiz bilan biror narsa qila olmaymiz–ku! Hamma qobiliyatimiz bizga Xudo tomonidan berilgan. 6Xudo bizga yangi ahdning
yangi ahd — shu bobning 3–oyati izohiga va Ibroniylar 7:22, 8:1-10:39 ga qarang.
xizmatkorlari boʻlish qobiliyatini berdi. Bu ahd qonunga emas, balki Ruhga asoslanib tuzilgan, chunki qonun oʻlimga yetaklaydi, Ruh esa hayot bagʻishlaydi
…qonun oʻlimga yetaklaydi, Ruh esa hayot bagʻishlaydi — Rimliklar 2:12, 7:5-8:11, Galatiyaliklar 3:10-14, 19-25 ga qarang.
.

7Tosh lavhalarga yozilgan, oʻlimga yetaklaydigan eski ahdning qonun–amrlari shunchalik ulugʻvorlikka ega ediki, Isroil xalqi Musoning oʻsha ulugʻvorlikdan porlayotgan yuziga
Musoning oʻsha ulugʻvorlikdan porlayotgan yuzi — Chiqish 34:29-30 ga qarang.
tik qaray olmagan edi. Oʻtkinchi ulugʻvorlik shunchalik porloq ekan,
8Ruh orqali tuzilgan ahd keltiradigan ulugʻvorlik qanday porloq boʻlishi haqida bir oʻylab koʻring–chi! 9Oʻlim hukmini keltiradigan eski ahd ulugʻvor ekan, insonlarni oqlaydigan ahd undan ham ulugʻvor boʻlmaydimi?! 10Endi bu ajoyib ulugʻvorlik oldida oʻsha oldingi ulugʻvorlik arzimas boʻlib qoldi. 11Oʻtkinchi eski ahd ulugʻvor boʻlgan ekan, boqiy boʻlgan bu yangi ahd naqadar ulugʻvordir!

12Shunday umidimiz borligi uchun ham jasorat bilan Xushxabarni aytamiz. 13Biz Musoga oʻxshamaymiz. Yuzida porlab turgan oʻtkinchi ulugʻvorlikni Isroil xalqi koʻrmasligi uchun Muso yuzini yopgan edi
…Muso yuzini yopgan edi — Chiqish 34:33-35 ga qarang.
.
14Isroil xalqining aqli oʻtmas boʻlib qolgandi. Bugunga qadar eski ahd oʻqilganda, xuddi bir parda ularning ongini toʻsib turganga oʻxshaydi. Bu pardani faqatgina Masih olib tashlaydi. 15Ha, hozir ham Musoning qonuni oʻqilganda, ularning ongi toʻsiqdir. 16Ammo Egamizga yuz burgan insonning ongidan toʻsiq parda olib tashlanadi. 17Bu yerda Egamiz deganda, Muqaddas Ruhni nazarda tutyapman. Egamizning Ruhi qayerda boʻlsa, oʻsha yerda erkinlik bor. 18Biz hammamiz ochiq yuz bilan Egamizning ulugʻvorligini
Egamizning ulugʻvorligi — 4:4 ga va Yuhanno 14:9, Kolosaliklar 1:15, 19, Ibroniylar 1:2-3 ga qarang.
koʻrib turibmiz
…Egamizning ulugʻvorligini koʻrib turibmiz — yoki …Egamizning ulugʻvorligini koʻzguda koʻrganday koʻrib turibmiz.
. Biz oʻzgarib borar ekanmiz, yanada ulugʻvor boʻlib, Egamizga oʻxshagan boʻlamiz. Bularning hammasi Egamizning Ruhi orqali sodir boʻlmoqda.
Copyright information for UznUzbL