‏ 2 Corinthians 4

Sopol idishlardagi ulugʻ xazinamiz

1Biz Xudoning marhamati bilan yangi ahdning xizmatkorlari boʻlganimiz uchun tushkunlikka tushmaymiz. 2Aksincha, sirli va uyatli ishlar qilishdan, makr–hiyla ishlatishdan bosh tortib, Xudoning kalomini buzmay gapiramiz. Haqiqatni ochiq–oydin aytib, Xudoning huzurida oʻzimizni boshqa odamlarning hukmiga topshiramiz. 3Xushxabarimiz sirli, toʻsiq parda ortida turganday boʻlib tuyulsa, u halok boʻladiganlar uchun shunday tuyuladi.

4Bu dunyoning xudosi
Bu dunyoning xudosi — yaʼni shayton.
imonsizlarning ongini koʻr qilib qoʻygan. Shuning uchun ular Xushxabarning nurini koʻra olmaydilar. Bu Xushxabar Xudoning aniq tasviri boʻlgan Masihning ulugʻvorligini koʻrsatadi.
5Biz oʻzimiz haqimizda emas, Rabbimiz Iso Masih haqida vaʼz qilamiz. Isoning yoʻlida sizlarning xizmatkorlaringizmiz. 6Xudo dunyoni yaratganda Oʻz soʻzi bilan zulmatdan nur yaratgan edi
…Oʻz soʻzi bilan zulmatdan nur yaratgan edi — Ibtido 1:3 ga qarang.
. Endi U Oʻzining nuri bilan bizning yuraklarimizni ham yoritdi, Iso Masih siymosida porlab turgan Oʻz ulugʻvorligini bizga koʻrsatdi.

7Shunday ajoyib xazinani sopol idishlarday boʻlgan tanalarimizda olib yuribmiz. Shu orqali oliy qudrat bizga emas, Xudoga mansub ekanligi koʻrinib turibdi. 8Biz har tomonlama jabrlanib ezilamiz, ammo sinmaymiz. Koʻnglimiz alagʻda boʻlib, mushkul ahvolga tushsak ham umidimizni yoʻqotmaymiz. 9Quvgʻinlarga uchraymiz, lekin Xudo hech qachon bizni tashlab ketmaydi. Bizni yerga yiqitadilar, ammo yakson qila olmaydilar.

10Iso Masih oʻlimga roʻbaroʻ boʻlganidek, biz ham azob–uqubat tortib, oʻlim tahlikasida yashayapmiz, toki Isoning hayoti bizning tanamizda namoyon boʻlsin. 11Iso Masihga tegishli boʻlganimiz uchun biz doim oʻlimga duchor boʻlyapmiz, toki Isoning hayoti bizning foniy badanimizda namoyon boʻlsin. 12Shunday qilib, oʻlim xavfi ostida yashashimiz sizlarga abadiy hayot keltiradi
…oʻlim xavfi ostida yashashimiz sizlarga abadiy hayot keltiradi — Pavlus oʻz xizmati davomida, boshqalarga Xushxabarni targʻib qilish yoʻlida koʻp azob chekkanini nazarda tutgan (Havoriylar 9:15-16, 2 Timoʻtiy 1:8-12 ga qarang). Iso Masih Oʻz faoliyati davomida boshqalarni Oʻzidan ustun qoʻygani sari, Masihga hayotini bagʻishlagan Pavlus ham Undan oʻrnak olib, Xushxabar va Masih haqi azob chekishga tayyor boʻlgan (Mark 10:45 ga qarang).
.

13Muqaddas bitiklarda: “Ishonganim uchun gapirdim”
Muallif bu oʻrinda Zabur 115:1 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
, deb yozilgan. Bizda ham shunday imon bor, shuning uchun Xushxabar aytishni davom ettiraveramiz.
14Bilamizki, Rabbimiz Isoni tiriltirgan Xudo bizni ham Isoga oʻxshatib tiriltiradi va sizlar bilan birga Oʻzining huzuriga olib kiradi. 15Boshimizdan oʻtganlarning hammasi sizlarning manfaatingiz uchun yuz bergan. Xudoning inoyati koʻpdan–koʻp odamlar orasida yoyilar ekan, Xudoga yanada koʻp odamlar shukur aytadi va bundan Unga yanada koʻproq shon–shuhrat keladi.

16Shuning uchun ham umidimizni yoʻqotmaymiz. Toʻgʻri, bu foniy badanimiz xazon boʻlyapti, ammo biz ruhan yangilanib boryapmiz. 17Bizning oʻtkinchi, yengil azob–uqubatlarimiz bizga haddan tashqari ajoyib va abadiy ulugʻvorlik keltiradi. 18Axir, biz koʻrinadigan narsalarga emas, balki koʻrinmaydigan narsalarga koʻz tikkanmiz. Koʻrinadigan narsalar oʻtib ketadi, koʻrinmaydiganlari esa mangudir!
Copyright information for UznUzbL