2 Corinthians 5
Samoviy maskanimiz
1Bilamizki, biz makon qilgan bu tanamiz yer yuzidagi bir kulbadaydir. Bu kulba xarob boʻlganda, Xudo samoda bizga qoʻl bilan qurilmagan mangu bir uy beradi. 2Biz samoviy maskanimizga yetishishni kutib, bu yerdagi kulbada, yaʼni tanamizda oh chekib yuribmiz. 3Xudo bizga samoviy tana beradi, ruhimiz maskansiz qolmaydi. 4Bu tanamizda ekanmiz, xuddi ogʻir yuk ostida qolgandek oh–nola chekamiz. Oʻlishni xohlamaganimiz uchun ohu nola qilamiz. Samoviy tana darhol bu moddiy tananing oʻrnini olishini istaymiz. Axir, oʻshanda mangu tana foniy tananing oʻrnini egallaydi. 5Xudo bizni mana shu maqsad uchun yaratgan va bunga kafil sifatida bizga Muqaddas Ruhni ato qilgan. 6Biz bu tanada boʻlganimizda samoviy maskanimizdan va Egamizdan uzoqda ekanligimizni bilsak ham ishonchimiz barqaror. 7Axir, biz koʻzga koʻrinadigan narsalarga emas, balki imonimizga tayanib hayot kechiramiz. 8Ha, ishonchimiz barqaror, shuning uchun bu tanalarimizni tashlab, Egamiz bilan birga samoda maskan qilishni afzal koʻramiz. 9Xoh mana shu foniy tanada boʻlaylik, xoh abadiy maskanda boʻlaylik, bizning maqsadimiz Egamizni mamnun qilishdir. 10Chunki har birimiz Masihning hukm kursisi oldida hozir boʻlishimiz kerak. Shunda har birimiz qilgan yaxshi yoki yomon ishlarimizga yarasha mukofot yoki jazo olamiz.Xudo bilan yarashish
11Biz Xudodan qoʻrqish nimaligini bilganimiz uchun boshqalarni ham Xushxabarga ishonishga daʼvat qilamiz. Biz qanday odam ekanligimiz Xudoga ayondir, umid qilamanki, sizlar ham bizning qandayligimizni ochiq–oydin bilasizlar. 12Biz oʻzimizga oʻzimiz tavsiya bermayapmiz. Aksincha, biz bilan faxrlanish imkonini sizlarga beryapmiz. Shunda qalbidagi oʻy–xayolu fazilatlar bilan emas, balki tashqi qiyofasi bilan maqtanadigan insonlarga sizlar oʻrinli javob bera olasizlar. 13Agar biz boshqalarga aqldan ozganday koʻrinsak, bu Xudoga shuhrat keltirish uchundir. Aqlimiz joyida boʻlsa, bu sizlarning manfaatingiz uchundir. 14Axir, Masihning bizga boʻlgan muhabbati bizni ragʻbatlantiradi. Bir Odam hamma uchun oʻlgan boʻlsa, demak, biz hammamiz oʻlganmiz degan xulosaga keldik. 15Ha, Masih hamma uchun oʻldi, toki yashayotganlar endi oʻzlari uchun emas, balki ular uchun oʻlgan va tirilgan Masih uchun yashasinlar. 16Shu sababdan endi biz hech kimga insoniy nuqtayi nazardan baho bermaymiz. Bir vaqtlar ▼▼ Bir vaqtlar — yaʼni Iso Masihga imon keltirishdan oldin.
Masihga ham insoniy nuqtayi nazardan baho bergan edik, endi esa unday qilmaymiz. 17Binobarin, kim Masihga tegishli boʻlsa, u yangi ijoddir. Eski hayot oʻtib ketdi, yangisi esa boshlandi. 18Bularning hammasi Xudodandir. U Masih orqali bizni Oʻzi bilan yarashtirdi ▼▼ U Masih orqali bizni Oʻzi bilan yarashtirdi… — Rimliklar 5:1-11, Kolosaliklar 1:21-22 ga qarang.
hamda boshqalarga Xudo bilan yarashish yoʻlini koʻrsatish xizmatini bizga berdi. 19Ha, Xudo insonlarni gunohlari uchun jazolamadi, aksincha, Masih orqali dunyoni Oʻzi bilan yarashtirdi. Yarashish haqidagi bu xabarni yetkazishni esa bizga topshirdi. 20Shunday qilib, biz Masihning elchilarimiz, Xudo biz orqali insonlarga murojaat etyapti. Masih nomidan yolvoryapmiz: sizlar ham Xudo bilan yarashinglar. 21Axir, Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun begunoh Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi ▼▼ …Xudo…Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi — Ishayo 53:5-6 ga qarang.
.
Copyright information for
UznUzbL