2 Corinthians 6
1Xudoning hamkorlari sifatida sizlarga yolvoramiz: Xudoning inoyati hayotingizda samarasiz boʻlmasin. 2Xudo shunday deb aytyapti:“Muruvvat payti kelganda,Men senga quloq solaman.
Najot kuni kelganda,
Men senga yordam beraman.” ▼
▼ Muallif bu oʻrinda Ishayo 49:8 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
Oʻsha muruvvat payti hozirgi paytdir, oʻsha najot kuni bugungi kundir.
Xudoning haqiqiy xizmatkorlari
3Xizmatimizda birorta ayb topilmasin deb, biz hech kimni zarracha ranjitmaymiz. 4Xudoning haqiqiy xizmatkorlari ekanligimizni oʻz harakatlarimiz bilan isbotlayapmiz. Har xil qiyinchiliklaru kulfatlar boshimizga tushganda, tang ahvolda qolganimizda sabr–toqat koʻrsatyapmiz. 5Bizni urganlarida, qamoqqa tashlaganlarida, gʻalayonlarda qolganimizda, mashaqqat bilan mehnat qilganimizda, uyqusizlikda va och qolganimizda, hammasiga bardosh berdik. 6Poklik, donolik, sabr–toqat bilan yashab, mehribon boʻlib, Muqaddas Ruh bizda maskan qilganini koʻrsatib, samimiy muhabbatimiz bilan Xudoning xizmatkorlari ekanimizni isbotladik. 7Biz haqiqatni eʼlon qilyapmiz, Xudoning qudratiga tayanib xizmat qilyapmiz. Ham oʻng qoʻlimizda, ham chap qoʻlimizda solihlik qurollarini ▼▼ solihlik qurollari — 10:3-5 ga va Rimliklar 13:12, Efesliklar 6:10-20 ga qarang.
tutib yuribmiz. 8Sharafga erishamizmi yoki isnodga qolamizmi, boshqalar bizni haqorat qiladimi yoki maqtaydimi, har qanday vaziyatda Xudoning xizmatkorlari ekanligimizni koʻrsatyapmiz. Bizni yolgʻonchi, deb aytishadi, ammo biz haqiqatgoʻymiz. 9Mashhur emasmiz, ammo bizni bilishadi. Bizni oʻlgan deb hisoblaydilar, ammo mana, tirikmiz. Bizni jazoga tortadilar, ammo oʻlimga mahkum qilmaydilar. 10Bizni xafa qilyaptilar, ammo doimo xursandmiz. Oʻzimiz kambagʻalmiz–u, koʻp kishilarni boyitamiz. Hech narsamiz yoʻgʻ–u, ammo hamma narsaga egamiz. 11Ey Korinfliklar! Sizlarga bemalol, ochiq–oydin gapirdik. Sizlarga bagʻrimizni keng ochdik. 12Biz sizlardan mehr–muhabbatimizni ayamadik, sizlar esa oʻz mehringizni bizdan qizgʻanasiz. 13Sizlarga oʻz farzandlarimga gapirayotganday gapiryapman. Biz sizlarga qanday muomala qilsak, sizlar ham bizga shunday muomala qiling: bizga bagʻringizni keng oching. Barhayot Xudoning maʼbadi
14Imonsizlar bilan sherik boʻlmanglar ▼▼ Imonsizlar bilan sherik boʻlmanglar — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Oʻzlaringizni imonsizlar bilan birga qoʻshga qoʻshmang, Tavrotdan olingan hikmat boʻlishi mumkin (Qonunlar 22:10 ga qarang). Bu oʻrinda Pavlus hamma imonsizlar bilan boʻlgan munosabatlar haqida yozmayapti. U soxta ustozlarni va soxta imonlilarni jamoatga qoʻshmaslikni nazarda tutgan boʻlishi mumkin (11:2-6, 13-15, 20, 1 Korinfliklar 5:9-13 ga qarang). Shuningdek, Pavlus imonsizlar bilan turmush qurmaslik haqida ham maslahat berayotgan boʻlishi mumkin (ammo turmush qurgandan keyin imonga kelganlarga berilgan maslahatlarini oʻqish uchun 1 Korinfliklar 7:12-16 ga qarang).
. Solihlik bilan qabihlikning orasida qanday aloqa bor?! Nur bilan zulmat orasida qanday umumiylik boʻlishi mumkin?! 15Masih bilan shayton ▼▼ shayton — yunoncha matnda Beliar, shaytonga nisbatan ishlatilgan nom.
orasida qanday ittifoq boʻlishi mumkin?! Imonli bilan imonsizning orasida qanday sheriklik boʻlishi mumkin?! 16Xudoning maʼbadi bilan butlar orasida qanday umumiylik bor?! Axir, biz barhayot Xudoning maʼbadimiz–ku! Xudo shunday deb aytgan:“Men ularning orasida yashayman,Ularning orasida yuraman.
Men ularning Xudosi boʻlaman,
Ular esa Mening xalqim boʻladi.” ▼
▼ Levilar 26:12, Hizqiyol 37:27 ga qarang.
17Binobarin, Egamiz shunday degan:“Xalqlar orasidan chiqinglar,
Ulardan ajralib chiqinglar,
Haromga qoʻl tekkizmang,
Shunda Men sizlarni qabul qilaman.” ▼
▼ Ishayo 52:11, yana Hizqiyol 20:41 ga qarang.
18Qodir Xudo — Egamiz yana shunday deb aytgan:“Men sizlarga ota boʻlaman,
Sizlar esa Menga oʻgʻil–qizlar boʻlasizlar.” ▼
▼ 2 Shohlar 7:14, yana Ishayo 43:6 ga qarang.
Copyright information for
UznUzbL