2 Corinthians 7
1Ey azizlarim, Xudo bizga shunday ajoyib vaʼdalar bergan ekan, badanimizni va ruhimizni bulgʻovchi har qanday narsadan oʻzimizni poklaylik. Xudodan qoʻrqib yashab, butunlay Xudo uchun ajratilgan ekanligimizni koʻrsataylik. 2Bizga boʻlgan mehringizni koʻrsating ▼▼ Bizga boʻlgan mehringizni koʻrsating — 6:11-13 ga qarang.
. Biz hech kimga ozor bermadik, hech kimga ziyon yetkazmadik, hech qachon oʻzimizning manfaatimizni koʻzlab, boshqalardan foydalanmadik. 3Bularni sizga taʼna qilib aytmayapman. Axir, oldin aytganimdek, oʻlamizmi, yashaymizmi, sizlar bizning dilimizdasiz. 4Sizlarga jasorat bilan gapira olaman, sizlar bilan juda faxrlanaman. Azob–uqubatlarimiz qanchalik koʻp boʻlmasin, dilim tasallidan toʻlib–toshadi, behad quvonaman. Pavlusning shodligi
5Biz hatto Makedoniyaga borganimizdan keyin ham hech xotirjam boʻla olmadik, aksincha, har tomondan gʻam–gʻussaga tushdik: sirtdan hujumlar boʻldi, koʻnglimizda esa qoʻrquvlar bor edi. 6Tushkunlikka tushganlarga tasalli beruvchi Xudo Titusni ▼▼ Titus — 2:13 izohiga qarang.
yonimizga yuborib, bizga tasalli berdi. 7Biz faqatgina uning kelganidan emas, balki uning sizlardan olgan tasallisi haqida eshitib ham ancha dalda topdik. Sizlar meni qattiq sogʻinayotganingiz, men uchun qaygʻurib, tarafimni olganingiz haqida xabar olib kelganidan juda sevindim. 8Shu sababdan maktubim ▼▼ maktubim — “1 Korinfliklar” maktubiga ishora boʻlsa kerak. 1:16 ning birinchi izohiga qarang.
bilan sizlarni xafa qilgan boʻlsam ham, uni yozganimdan afsuslanmayman. Toʻgʻri, bu maktub sizlarni bir oz muddatga boʻlsa–da, xafa qilganini bilib afsuslandim. 9Mana endi sevinyapman. Sizlar xafa boʻlganingizdan emas, balki bu xafagarchilik sizlarni tavbaga keltirgani uchun sevinyapman. Xudo bu xafagarchilikni yaxshilik uchun ishlatdi, shuning uchun bizdan hech qanday ziyon koʻrmadingiz, deb ayta olaman. 10Axir, Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik tavbaga olib keladi, tavba esa najotga yetaklaydi va hech qanday armonu afsusga sabab boʻlmaydi. Bu dunyo keltiradigan xafagarchilik esa oʻlimga olib boradi. 11Mana qarang, Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik sizlarning hayotingizda qanday samara keltirdi. Endi sizlar menga qarshi emasligingiz koʻrinib turibdi. Oʻsha aybdor boʻlgan insondan gʻazablanyapsiz, unga hamtovoq boʻlib qolishdan qoʻrqyapsiz. Meni koʻrishga intizorsiz. Aybdorni jazolashga tayyorsiz. Mana shularning hammasi sizlarning bu borada pok ekanligingizni isbotlamoqda. 12Men bu maktubni ayb ish qilgan inson ▼▼ ayb ish qilgan inson — 2:5-8 oyatlarga va 2:5 izohiga qarang.
haqi yoki ayb ish tufayli ranjigan inson haqi yozmadim. Asosiy maqsad, Xudoning oldida sizlarning menga qanchalik bagʻishlangan ekanligingizni oʻzlaringizga koʻrsatish edi. 13Shuning uchun biz ancha tasalli topdik. Bundan tashqari, Titusning xursandchiligi bizni yanada quvontirdi, chunki sizlar uning ruhini koʻtaribsizlar. 14Men unga sizlarni maqtagan edim, sizlar meni uyatga qoldirmabsizlar. Sizlarga aytganlarimiz toʻgʻri boʻlgani kabi, maqtanib Titusga aytganlarim ham toʻgʻri ekanligi isbotlandi. 15Titus sizlarning itoatkorligingizni, uni hurmat–ehtirom bilan kutib olganingizni eslar ekan, uning sizlarga boʻlgan muhabbati yanada oshib bormoqda. 16Sizlarga toʻliq ishona olganimdan juda xursandman.
Copyright information for
UznUzbL