‏ 2 Corinthians 8

Quddusdagi jamoat uchun hadya

1Endi birodarlar, Xudoning Makedoniyadagi jamoatlarga
Makedoniyadagi jamoatlar — Filippi, Salonika va Veriya shaharlaridagi jamoatlarga ishora boʻlsa kerak. Pavlus Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safari davomida bu jamoatlarga asos solgan edi (Havoriylar 16:9-17:15 ga qarang). Pavlus yana bir bor Makedoniyaga borgan paytda “2 Korinfliklar” maktubini yozgan. Makedoniya viloyati Axaya viloyatidan shimolda joylashgan edi. Korinf shahri Axaya viloyatining poytaxti edi.
koʻrsatgan inoyati haqida sizlarga aytmoqchimiz.
2Ular ogʻir kulfatlarga yoʻliqib, sinalgan boʻlsalar–da, joʻshqin bir sevinchga toʻlib–toshdilar, oʻta kambagʻal boʻlsalar–da, yuraklari saxiylikka boy ekanligini koʻrsatdilar. 3Ular oʻz xohishlari bilan, qoʻllaridan kelgancha, hatto imkonlaridan ortiq xayr–ehson berganlariga men shohidman. 4Ular, Xudoning Quddusdagi azizlariga
…Xudoning Quddusdagi azizlariga… — 1 Korinfliklar 16:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
yordam berishda ishtirok etaylik, deb bizdan oʻtinib soʻradilar.
5Hatto umid qilganimizdan ham ziyodrogʻini qildilar. Xudoning irodasi boʻyicha ular oʻzlarini avval Rabbimiz Isoga, keyin esa bizga bagʻishladilar.

6Titus sizlarning orangizda boshlagan xayrli ishini bitirsin deb, uni ragʻbatlantirdik. 7Sizlar imon va ilm–maʼrifatga boy, gapga chechan, notiqlikda mohirsizlar, gʻayratu tirishqoqlikda hech kimdan qolishmaysizlar, biz tufayli qalbingizda uygʻongan mehr–muhabbatingiz
…biz tufayli qalbingizda uygʻongan mehr–muhabbatingiz… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida sizlarning bizga boʻlgan mehr–muhabbatingiz.
cheksizdir. Shunday ekan, bu xayrli ish orqali saxiyligingizning cheksizligini ham koʻrsating.
8Men buni sizlarga buyruq tariqasida emas, balki mehr–muhabbatingizning samimiyligini isbot qilishingiz uchun aytyapman. Shuning uchun boshqalarning gʻayratiyu tirishqoqligiga eʼtiboringizni qaratyapman. 9Axir, oʻzingiz Rabbimiz Iso Masihning koʻrsatgan inoyatini bilasizlar–ku, U boy boʻlsa ham, sizlarni boy qilish uchun kambagʻal boʻldi
…U boy boʻlsa ham…kambagʻal boʻldi — Yuhanno 17:5, Filippiliklar 2:6-8 ga qarang.
.

10 11Yuqorida aytib oʻtilgan xayr–ehsonlar haqida maslahatim quyidagichadir: oʻtgan yili nafaqat oʻsha xayrli ishni qilishni boshladingiz, balki bu ishga qoʻshilish haqida oʻzingiz xohish bildirgan edingiz. Endi oʻz manfaatingiz uchun xayrli ishingizni oxiriga yetkazinglar, qanday niyat bilan boshlagan boʻlsangiz, shunday qilib, qoʻlingizdan kelganicha bitirishga harakat qilinglar. 12Agar inson hadya berishni xohlasa, undan yoʻq boʻlgan narsa talab qilinmaydi, balki oʻzida bor narsasini bergani qabul qilinadi.

13Boshqalarning hayoti yengillashib, sizlar esa ogʻir ahvolda qolishingizni istamaymiz. Hammaning orasida tenglik boʻlsin. 14Hozirgi paytda sizlardagi baraka ulardagi yetishmovchiliklarni toʻldirsin, payti kelganda ulardagi baraka sizlardagi yetishmovchiliklarni toʻldiradi, shunday qilib tenglik boʻladi. 15Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Koʻp yigʻib olganlardan hech narsa ortib qolmadi, oz yigʻib olganlar uchun esa yetarli boʻldi.”
Chiqish 16:18 ga qarang.

Titus va uning yoʻldoshlari

16Xudoga shukur! Men sizlarga qanday gʻamxoʻr boʻlsam, Xudo sizlarga nisbatan shunday gʻamxoʻrlikni Titusning diliga jo qildi. 17Axir, Titusdan sizlarning oldingizga borishni iltimos qilganimda, u nafaqat rozi boʻldi, balki xohish va ishtiyoq bilan bordi. 18U bilan birga barcha jamoatlarda Xushxabarning voizi deb maqtalgan birodarni ham yubordik. 19Xayrli ishda yordam qilib, ular bilan birga Quddusga borsin deb, jamoatlar uni bizga yoʻldosh qilib saylagan edilar
U bilan birga…maqtalgan birodarni ham yubordik. 19…jamoatlar uni bizga yoʻldosh qilib saylagan edilar — Pavlus Titusni Makedoniyadan Korinfga joʻnatgan, shu yozgan maktubini (yaʼni “2 Korinfliklar” maktubini) undan berib yuborgan. Korinfliklar Quddusdagi masihiylar uchun yigʻadigan nazrlarini Titus va unga hamroh boʻlib borgan birodar olishlari va saqlab qoʻyishlari kerak edi (1 Korinfliklar 16:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Keyinchalik, Pavlus oʻz hamkorlari va Titusning hamrohi bilan birga Korinfda yigʻilgan nazrlarni Quddusga olib boradi. Shu bobning 22–oyatida Pavlus Titus bilan birga Korinfga yuborilgan yana bir birodar haqida yozgan. Titusning hamrohi boʻlgan bu ikki birodar haqida boshqa hech qanday maʼlumot yoʻq.
. Biz bu ishni Egamizni ulugʻlash uchun hamda oʻzimizning ishtiyoqimizni koʻrsatish uchun qilyapmiz.
20Saxiylik bilan berilgan xayr–ehsonlarni atalgan odamlarga yetkazishda hech qanday ayb ish qilmayapmiz. 21Biz nafaqat Egamizning nazarida, balki insonlar oldida ham toʻgʻri ish qilishga harakat qilyapmiz.

22Titus va vaʼzxon birodarga qoʻshib, yana bir birodarni ham yuboryapmiz. U biz tomondan koʻp sinalgan va har jihatdan gʻayratli ekanligini koʻrsatgan. Sizlarga nisbatan ishonchi komil boʻlgani uchun uning sizlarga xizmat qilish ishtiyoqi yanada koʻpaygan. 23Agar Titus haqida kimdir soʻrasa, u mening hamrohim va sizlar uchun xizmat qilayotgan hamkorim ekanligini aytinglar. Haligi ikki birodar esa jamoatlar tomonidan yuborilgan va ular Masihga ulugʻvorlik keltiradilar. 24Shunday qilib, jamoatlar oldida oʻsha birodarlarga boʻlgan mehr–muhabbatingizni koʻrsatib, ularga sizlarni maqtaganimiz bekor emasligini isbotlang.
Copyright information for UznUzbL