2 Corinthians 9
Saxiy boʻlishga daʼvat
1Sizlarga Xudoning Quddusdagi azizlari uchun beriladigan yordam ▼▼ …Xudoning Quddusdagi azizlari uchun beriladigan yordam… — 1 Korinfliklar 16:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
haqida yozishimga hech hojat yoʻq. 2Axir, bilaman–ku, sizlar yordam berishga tayyorsizlar, shuning uchun ham “Axaya ▼▼ Axaya — Rim imperiyasiga qarashli viloyat boʻlib, poytaxti Korinf shahri edi.
hududidagi imonlilar oʻtgan yildan beri tayyor”, deb Makedoniyadagi ▼▼ Makedoniya — 8:1 izohiga qarang.
imonlilarga sizlarni maqtab yuribman. Sizlarning saxiylik bilan berayotgan xayr–ehsonlaringiz ularni ham saxiylikka undadi. 3Endi oʻsha maqtanganlarim bekor emasligini koʻrsatish uchun hamda men aytganimday tayyor boʻlib turishingiz uchun birodarlarni sizlarning oldingizga yuboryapman ▼▼ …birodarlarni sizlarning oldingizga yuboryapman — 8:18-19 izohiga qarang.
. 4Yana Makedoniyaliklardan baʼzilari men bilan birga borsa–yu, sizlar tayyor boʻlmasangiz, sizlarga qattiq ishongan biz uyatga qolamiz, sizlar esa bizdan battar uyalib qolasiz. 5Shu sababdan vaʼda qilgan hadyangizni oldindan tayyorlab qoʻyinglar deb, oʻzim bormasimdan avval sizlarning oldingizga birodarlarni yuborishni lozim koʻrdim. Shunda sizlarning hadyangiz norozilik bilan emas, sidqidildan berilgan hadya boʻladi. 6Shuni unutmangki, oz ekkan oz oʻrib oladi, moʻl ekkan esa moʻl oʻrib oladi. 7Har kim norozi boʻlib yoki majburiyat bilan emas, balki koʻnglida niyat etganini bersin. Axir, Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi koʻradi. 8Xudo sizlarning hayotingizni har jihatdan inoyatga toʻldirib–toshtirishga qodirdir. Shunda har doim, har jihatdan, hamma ehtiyojingiz qondiriladi va sizlar yanada koʻproq har xil xayrli ishlar qilasizlar. 9Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan:“Boyligini muhtojlarga saxiylik ila taqsimlaydi,Uning solihligi to abad davom etadi.” ▼
▼ Zabur 111:9 ga qarang.
10Dehqonga ekish uchun urugʻ, hammaga yeyish uchun non beradigan Xudo sizlarning ekadigan urugʻingizni moʻl qiladi, solihligingizdan keladigan hosilni ham koʻpaytiradi. 11Har doim saxiy boʻlishingiz uchun Xudo sizni har jihatdan boy qiladi. Shunday qilib, biz sizlarning hadyalaringizni muhtojlarga yetkazganimizda, ular Xudoga koʻp shukronalar aytadi. 12Mana shu hadyangiz bilan koʻrsatgan yordamingiz nafaqat Xudoning Quddusdagi azizlarining ehtiyojlarini qondiradi, balki koʻpchilikning Xudoga koʻpdan–koʻp shukrona aytishiga sabab boʻladi. 13Ularga hamda boshqalarga koʻrsatgan saxiyligingiz va Masihning Xushxabariga ishonib, itoatkorona yashayotganingiz tufayli koʻpchilik Xudoni ulugʻlaydi. Axir, hadyangiz bularning dalolati–ku! 14Xudoning sizlarga koʻrsatgan cheksiz inoyati sababli ular mehr–muhabbat bilan sizlar uchun ibodat qiladilar. 15Taʼrifiga til ojiz boʻlgan ajoyib hadyasi uchun Xudoga shukur!
Copyright information for
UznUzbL