Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi Yuhannodir. Yuhanno bu maktubini “Xudo tanlagan aziz xonim bilan uning bolalariga” deb yoʻllagan boʻlsa–da, bu yerda u imonlilar jamoatini va jamoat aʼzolarini nazarda tutgan boʻlsa kerak.

Muallif bu maktubi orqali imonlilarni bir–biriga mehr–oqibatli boʻlishga, Iso Masihga boʻlgan imonini mahkam tutishga va soxta paygʻambarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiradi. Chunki bunday “paygʻambarlar” Masih
Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga va XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.
, yaʼni Xudoning Oʻgʻli inson boʻlib kelmagan
…Xudoning Oʻgʻli inson boʻlib kelmagan… — 1 Yuhanno 5:6 ning birinchi izohiga qarang.
, deb aytishgan. Muallif imonli birodarlarini tez orada koʻrish istagi borligini izhor etib, maktubini yakunlaydi.

Yuhannoning ikkinchi maktubi juda qisqa boʻlgani uchun boblarga boʻlinmagan.

‏ 2 John

Duoyi salom

1Xudo tanlab olgan aziz xonim va uning bolalariga
Xudo tanlab olgan aziz xonim va uning bolalari — maʼlum bir imonlilar jamoati va jamoat aʼzolari nazarda tutilgan boʻlsa kerak.
men — oqsoqoldan
oqsoqol — yaʼni havoriy Yuhanno.
salom! Men sizlarni chin dildan yaxshi koʻraman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi sizlarni yaxshi koʻradi.
2Bu sevgiga dilimizdan joy olgan va to abad biz bilan boʻladigan haqiqat asos boʻldi.

3Biz haqiqat va sevgi boʻyicha yashar ekanmiz, Otamiz Xudo va Otamizning Oʻgʻli Iso Masih beradigan inoyat, marhamat va tinchlik bizga
Biz…biz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Sizlar…sizlar.
doim yor boʻladi.

Haqiqat va mehr–muhabbat

4Hurmatli xonim, farzandlaringizning bir nechtasi Otamiz Xudoning bizga bergan amrini
Otamiz Xudoning bizga bergan amri — 1 Yuhanno 3:23 ga qarang.
bajarib, haqiqat yoʻlida yurayotgan ekanlar. Men bundan gʻoyat xursand boʻldim.

5Sizdan bir iltimosim bor, bir–birimizni yaxshi koʻraylik. Sizga yangi amrni yozayotganim yoʻq, bu amr bizga boshidan berilgan. 6Sevgi — biz Xudoning amrlariga amal qilishimizdan iborat. Sizlar bu amrni boshidan eshitgansizlar va unga amal qilib yashashingiz kerak.

7Bularni yodingizda tutinglar, chunki dunyoda yolgʻonchilar koʻpayib ketgan. Iso Masih inson boʻlib kelganini ular tan olmaydilar
Iso Masih inson boʻlib kelganini ular tan olmaydilar — 1 Yuhanno 2:22, 4:1-3 ga va 1 Yuhanno 5:6 ning birinchi izohiga qarang. Yana 1 Yuhanno 4:10, 5:5 ga qarang.
. Ularning har biri yolgʻonchi va Masihning dushmanidir!
Masihning dushmani — 1 Yuhanno 2:18, 4:3 ga qarang.
8Shunday ekan, ogoh boʻlinglar! Mukofotingizni toʻliq olish uchun Masihga boʻlgan haqiqiy imoningizni
Masihga boʻlgan haqiqiy imoningiz — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi biz bajargan ish, bu oʻrinda ularning Iso Masihga boʻlgan imoni nazarda tutilgan.
mahkam tutinglar.
9Masih taʼlimotini ortda qoldirib, oʻzicha “jadallab ketgan” odamda Xudo yoʻq. Masih taʼlimoti boʻyicha yashagan odamda esa Ota ham, Oʻgʻil ham bor. 10Agar biror kishi oldingizga kelib, sizlarga boshqacha taʼlimotni oʻrgatsa, uni uyingizga kiritmanglar, taklif ham qilmanglar. 11Agar uni taklif qiladigan boʻlsangiz, uning yomon ishlariga sherik boʻlgan hisoblanasiz.

Xayrlashuv

12Sizlarga aytadigan gapim koʻp, ammo bularni siyoh bilan qogʻozga yozishni istamadim. Undan koʻra, oldingizga borib, sizlar bilan yuzma–yuz gaplashaman, deb umid qilaman. Shunda shodligimiz
shodligimiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida shodligingiz.
tugal boʻladi.

13Xudo tanlab olgan aziz singlingizning bolalari
Xudo tanlab olgan aziz singlingizning bolalari — bu oʻrinda imonlilar jamoati nazarda tutilgan boʻlsa kerak. Ayniqsa, muallif qaysi jamoatda boʻlgan boʻlsa, oʻsha jamoatga ishora boʻlishi mumkin.
sizlarga salom yoʻllashyapti
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.
.
Copyright information for UznUzbL