Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi Yuhannodir. Yuhanno bu maktubini imonlilar jamoatining yetakchisi Gayusga yoʻllagan.

Mazkur maktubda muallif imonli birodarlarini bir–birlariga nisbatan mehr–oqibatli boʻlishga undaydi. Yuhanno Gayusning jamoatidan olgan xabarga koʻra, Diotrefes ismli betavfiq bir odam jamoat boshqaruvini oʻz zimmasiga olib, Yuhanno yuborgan muallimlarni qabul qilmagan ekan. Ularga mehmondoʻstlik koʻrsatgan birodarlarni esa jamoatdan quvib chiqargan ekan. Yuhanno Diotrefesning bu qilmishlarini qoralaydi, Gayusni esa maqtab, safardagi muallimlarga koʻrsatgan mehmondoʻstligi uchun unga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

Yuhannoning uchinchi maktubi juda qisqa boʻlgani uchun boblarga boʻlinmagan.

‏ 3 John

Duoyi salom

1Chin koʻngildan yaxshi koʻradigan aziz birodarim Gayusga men — oqsoqoldan
oqsoqol — yaʼni havoriy Yuhanno.
salom!

2Aziz doʻstim, hamma ishlaringga Xudodan rivoj tilayman. Tanang, ruhing singari, sogʻ–salomat boʻlsin.

Gayusning maqtovga loyiq mehmondoʻstligi

3Har safar birodarlarimiz kelib, sening haqiqatga sodiq qolganingni va haqiqat boʻyicha yashayotganingni aytishganda, men gʻoyat xursand boʻlaman. 4Men uchun farzandlarimning
farzandlarim — Yuhannoning oʻz farzandlari emas. Yuhanno ularning ruhiy yoʻlboshchisi boʻlib, aziz imonlilarga shunday murojaat qilgan.
haqiqat boʻyicha yashayotganlarini eshitishdan kattaroq xursandchilik yoʻq.

5Aziz doʻstim, sen birodarlarimizga, hatto oʻzing tanimaganlarga ham, doim sadoqat bilan yordam berib kelyapsan. 6Ular sening mehribonliging toʻgʻrisida imonlilar jamoatiga aytib yurishibdi. Bu ishingni davom ettiraver, Xudoga munosib tarzda safardagi birodarlarga yordam ber. 7Axir, ular Masih nomi uchun yoʻlga chiqqanlar. Imonsizlardan
Imonsizlar — ulardan Xushxabarni eshitadigan odamlar.
hech qanday yordam olmaslikka qaror qilganlar.
8Biz bunday odamlarni qoʻllab–quvvatlashimiz kerak, shunda haqiqatni eʼlon qilishda ularga hamkor boʻlamiz.

Diotrefes va Demitrus

9Men imonlilar jamoatiga
imonlilar jamoati — Gayus va Diotrefes aʼzo boʻlgan jamoat nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
bir maktub yozgan edim. Ammo ularning oralarida oʻzini katta tutayotgan Diotrefes gaplarimizga eʼtibor bermayapti.
10Agar borsam, uning qilmishlarini fosh etaman. U biz haqimizda yomon gaplar tarqatib, tuhmat qilib yuribdi. Bu bilan ham kifoyalanmay, birodarlarni qabul qilmayapti, qabul qilmoqchi boʻlganlarga toʻsqinlik qilib, ularni hatto jamoatdan quvib chiqaryapti.

11Aziz birodarim, sen yomonlikka emas, yaxshilikka taqlid qil. Yaxshilik qiluvchi odam Xudodandir. Yomonlik qiluvchi esa Xudoni koʻrmagan.

12Demitrus
Demitrus — Xushxabarni yoyish maqsadida safarga chiqqan, ushbu maktubni Gayusga olib borayotgan odam boʻlishi mumkin.
haqida esa hamma yaxshi gapirmoqda, uning hayotida va taʼlimotida aks etgan haqiqatning oʻzi ham u tomondadir. Biz ham u haqda yaxshi fikrdamiz, gapimiz toʻgʻri ekanligini oʻzing bilasan.

Xayrlashuv

13Senga aytadigan gapim koʻp, ammo ularni siyoh bilan qogʻozga yozishni istamadim. 14Undan koʻra, yaqin orada oʻzing bilan yuzma–yuz koʻrishib gaplashaman degan umiddaman. 15Tinch–omon boʻlgin. Doʻstlarimiz senga salom yoʻllayaptilar. U yerdagi doʻstlarimga ham nomma–nom salom aytib qoʻy.
Copyright information for UznUzbL