‏ Colossians 1

Salom

1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi boʻlgan men — Pavlus hamda birodarim Timoʻtiydan
Timoʻtiy — ilk jamoatning yetakchisi boʻlib, havoriy Pavlusning hamkori (Havoriylar 16:1-3, Filippiliklar 2:20-22 ga qarang).
2Kolosa shahridagi Xudoning azizlari, Masihga tegishli boʻlgan sodiq birodarlarimizga salom! 3Otamiz Xudo
Otamiz Xudo — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih.
sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin!

Shukrona ibodati

Sizlar uchun ibodat qilganimizda biz har doim Xudoga, Rabbimiz Iso Masihning Otasiga shukur aytamiz.
4Chunki Iso Masihga boʻlgan imoningiz va Xudoning barcha azizlariga koʻrsatayotgan sevgingiz haqida biz eshitdik. 5 6Xudo sizlar uchun jannatda shodlik tayyorlab qoʻyganiga umid bogʻladingiz. Xushxabar, yaʼni haqiqat soʻzi sizlarga yetib kelganda mana shu umid haqida eshitdingiz. Imoningiz va sevgingiz bu umidingizga asoslangan. Xushxabar butun dunyo boʻylab samara keltirib, yoyilmoqda. Xushxabarni eshitib, Xudo inoyatining haqiqiy maʼnosini tushunib yetgan kuningizdan beri sizlarning orangizda ham Xushxabar samara bermoqda. 7Sizlar bu Xushxabarni bizning aziz hamkorimiz Epafrasdan
Epafras — Kolosadagi jamoatning asoschisi, bu paytda Pavlus bilan birga boʻlgan (4:12-13 ga va Filimoʻn 23–oyatga qarang). Pavlus Rimda mahbus boʻlgani ehtimoldan holi emas (Havoriylar 28:16, 30 ga qarang).
eshitdingiz. U sizlar uchun sadoqat bilan Masihga xizmat qilyapti.
8Muqaddas Ruh sizlarga ato qilgan mehr–muhabbat haqida u bizga aytib berdi.

9Shu sababdan sizlar haqingizda eshitgan kunimizdan beri sizlar uchun ibodat qilishni kanda qilmayapmiz. Xudoning Ruhi beradigan donolik va aql–idrok orqali Uning irodasini toʻliq anglab yeting, deb ibodat qilyapmiz. 10Shunda sizlar Rabbimiz Isoga munosib hayot kechirib, har jihatdan Uni xursand qilasizlar. Qilgan har bir yaxshiligingiz samara keltiradi va sizlar Xudoni yanada chuqurroq tushunib bilasizlar. 11 12Xudo Oʻzining buyuk qudrati bilan sizlarni kuch–quvvatga toʻldirib, har qanday vaziyatda sizlarga sabr–toqat va bardosh bersin. Xudo Oʻzining aziz xalqiga vaʼda qilgan nurdan
nur — Xudoning Oʻgʻli boʻlgan Iso Masihning Shohligi ramzi (shu bobning 13–oyatiga qarang).
bahramand boʻlishni sizlarga loyiq koʻrgani uchun quvonch bilan osmondagi Otamizga shukrona ayting.
13U bizni zulmat hukmronligidan qutqarib, sevikli Oʻgʻlining Shohligiga qabul qildi. 14Oʻz Oʻgʻli orqali
Oʻz Oʻgʻli orqali… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Oʻz Oʻgʻlining toʻkilgan qoni orqali.
bizni kechirib, gunohlarimizdan ozod qildi.

15Koʻrinmas Xudoning surati Masihdir,
U butun borliqning toʻngʻichidir
U butun borliqning toʻngʻichidir — Iso Masihning butun borliq ustidan hukmdor ekanini koʻrsatish uchun majoziy maʼnoda ishlatilgan ibora (Ibroniylar 1:2 ga qarang). Yana Zabur 88:28 ga qarang.
.
16Xudo butun borliqni Masih orqali yaratgan.
Yeru koʻkdagi bor mavjudot,
Koʻrinadigan va koʻrinmaydigan har bir narsa,
Gʻayritabiiy kuchlar, taxtu saltanatlar,
Bularning hammasi Masih orqali,
Uning Oʻzi uchun yaratilgandir.
17Masih butun borliqdan oldin mavjud edi,
Butun borliq U tufayli mustahkam turibdi.
18Masih jamoatning boshidir,
Jamoat Masihning tanasidir.
Hamma narsaning ibtidosi Masihdir,
U hammadan ustun boʻlishi uchun
Birinchi boʻlib oʻlikdan tiriltirilgan.
19Xudo Oʻz komilligini
Isoda jo qilishni maʼqul koʻrdi.
20Yeru koʻkdagi borliq mavjudotni
Masih orqali Xudo Oʻzi bilan yarashtirib,
Masihning xochda toʻkilgan qoni orqali
Ular bilan tinchlik oʻrnatdi.

21Sizlar ham bir vaqtlar Xudoga dushman edingizlar. Fikru zikringiz Xudodan uzoq boʻlib, yomon ishlar qilardingizlar. 22Masihning jismoniy tanadagi oʻlimi orqali Xudo sizlarni Oʻzi bilan yarashtirdi. Endi sizlar Xudoning oldida muqaddas, benuqson va aybsiz turasizlar. 23Shunday ekan, hech ikkilanmay, imoningizda mahkam turishingiz kerak. Sizlar Xushxabarni eshitib, umidga ega boʻldingiz. Oʻsha umidingizni yoʻqotmang. Bu Xushxabar yer yuzidagi butun jonzotga eʼlon qilindi. Men — Pavlus oʻsha Xushxabarning xizmatchisiman.

Pavlus — jamoat xizmatkori

24Men sizlar uchun azob chekayotganimdan xursandman. Axir, men Masih tanasi, yaʼni jamoat uchun azob chekyapman. Shunday qilib, mening azoblarim Masih chekkan azoblarga qoʻshiladi. 25Xudoning xabarini sizlarga toʻliq eʼlon qilishim uchun U meni jamoatning xizmatchisi qilib tayinladi. 26Bu Xushxabar asrlaru nasllar davomida sir tutilgan edi, endi esa u Xudoning azizlariga oshkor qilindi. 27Xudo barcha xalqlar ham Masih orqali boy ulugʻvorlikka yetishishlarini hammamizga koʻrsatishni istadi. Bu sirning mohiyati shudir: Masih, yaʼni ulugʻvorlikka yetishish umidi sizlarning orangizdadir. 28Har biringiz Masih tanasining yetuk aʼzosi sifatida Xudoning oldida turishingizni istaymiz. Shuning uchun biz hammani ogohlantirib, donolik bilan taʼlim berib, Masih haqida oʻrgatyapmiz. 29Men ham ana shu maqsadda jon–jahdim bilan xizmat qilar ekanman, menga kuchli taʼsir qilayotgan Masihning qudratiga suyanaman.
Copyright information for UznUzbL