Colossians 2
1Men sizlar uchun, shuningdek, Laodikiya shahridagilar ▼▼ Laodikiya shahri — Kolosa shahridan qariyb 17 kilometr gʻarbda joylashgan.
hamda meni shaxsan koʻrmagan imonlilarning hammasi uchun naqadar zoʻr gʻayrat bilan mehnat qilayotganimni bilishingizni istayman. 2Maqsadim shuki, sizlar dadil boʻling, muhabbat rishtalari sizlarni birlashtirsin, Xudoning siri — Masih ▼▼ Xudoning siri — Masih — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Otamiz Xudoning va Masihning siri. 1:25-27 ga qarang.
haqida chuqur va boy tushunchaga ega boʻling. 3Chunki donolik va ilmu maʼrifatning hamma xazinalari Masihda pinhondir. 4Hech kim sizlarni tilyogʻlamalik bilan yoʻldan ozdirmasin deb, men sizlarga shularni aytyapman. 5Garchi men jisman sizlarning orangizda boʻlmasam ham, xayolan siz bilan birgaman. Sizlarning tartib–intizomingiz va Masihga boʻlgan sogʻlom imoningizni koʻrib sevinyapman. Masih ato qiladigan yangi hayot
6Sizlar Iso Masihni Rabbimiz deb qabul qilgan ekansizlar, doimo U koʻrsatgan yoʻldan yuravering. 7Olgan taʼlimotingizga muvofiq, Masihda tomir yoyib, qaror toping. Imoningizda qattiq turing, Xudoga shukronalar tilingizdan tushmasin. 8Ehtiyot boʻlinglar, hech kim falsafa va quruq safsatalar bilan sizlarni avramasin. Bunday gaplar Masihga emas, balki insonlarning anʼanasiga, dunyoning xurofiy kuchlariga ▼▼ dunyoning xurofiy kuchlari — shu bobning 20-23–oyatlariga va Galatiyaliklar 4:3, 8-10 ga qarang.
asoslanadi. 9Xudo Oʻzining butun borligʻi bilan toʻla–toʻkis Masihning vujudida mavjuddir. 10Masihga tegishli boʻlganingiz uchun hayotingiz toʻla–toʻkis, chunki U har qanday kuch va hokimiyatdan ustundir. 11Masih orqali sizlar sunnat qilindingiz, bu jismoniy sunnat ▼▼ jismoniy sunnat — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:1-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi.
emas, balki Masih orqali qilinadigan sunnat, yaʼni gunohkor tabiatning kesib tashlanishidir. 12Suvga choʻmdirilish orqali Masih bilan birga koʻmildingiz. Masihni oʻlikdan tiriltirgan Xudoning qudratiga boʻlgan imoningiz tufayli Masih bilan birga tirildingiz. 13Ilgari sizlar sunnatsiz ▼▼ sunnatsiz — majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Kolosaliklarning Iso Masihga imon keltirmaslaridan oldingi ruhiy holatini koʻrsatadi.
, gunohga botgan boʻlib, ruhan oʻlik edingizlar. Endi esa Xudo barcha gunohlaringizni kechirib, sizlarni Masih bilan birga tiriltirdi. 14Bizga qarshi yozilgan ayblov hukmini Xudo bekor qildi, yaʼni oʻsha hukmni xochga mixlab, kuchdan qoldirdi. 15Oʻsha xoch orqali koinotdagi kuchlaru hukmronliklar ustidan gʻalaba qozonib, ularni qurolsizlantirdi. Oʻzining gʻolibona yurishida ▼▼ Oʻzining gʻolibona yurishi — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz urushdan gʻalaba bilan qaytgan Rim lashkarining tantanali yurishiga nisbatan ham ishlatilgan. Rim lashkarboshisi urushdan qaytib kelganda, Rim shahrining koʻchalari boʻylab lashkari bilan tantanali yurish qilar edi. Asir olingan dushmanlar esa hammaning koʻzi oldida ularning ortidan yurardi. Pavlus bu oʻrinda mana shu ibora bilan Iso Masihning shayton va uning shohligi ustidan boʻlgan gʻalabasini tasvirlaydi.
ularning tutqun ekanligini namoyish etib, sharmanda qildi. 16Shuning uchun yegulik–ichgulik, diniy bayramlar, yangi oy shodiyonalari yoki Shabbat kuni xususida hech kim sizlarga qonun–qoida chiqarmasin. 17Oʻsha urf–odatlar kelajakning sharpasigina, xolos, ammo haqiqiy hayot Masihdadir. 18Shunday ekan, dindorlikka berilib, oʻzini moʻminlikka soladiganlar, farishtalarga sigʻinadiganlar sizlarni kamsitsa, eʼtibor bermanglar. Ular koʻrgan vahiylari bilan maqtanadigan, aql–zakovati bilan magʻrurlanadigan odamlardir. 19Bunday kishilar Masihdan ajralgan. Masih — Oʻz tanasi, yaʼni jamoatning Boshidir. Mana shu Boshdan butun badan hayotbaxsh kuch olib, payu boʻgʻinlar orqali oʻzaro ulanib, Xudoning xohishi boʻyicha oʻsadi. 20Agar sizlar Masih bilan birga oʻlgan boʻlsangizlar, dunyoning xurofiy kuchlari uchun ham oʻlgan boʻlasizlar. Unday boʻlsa yana nimaga bu dunyoga qul boʻlib, 21“tegma”, “yema”, “ushlama” degan qonun–qoidalarga boʻysunasizlar?! 22Bu insoniy taʼlimotlar va qoidalar ishlatilgan sari yoʻq boʻlib ketadigan narsalar haqida–ku! 23Garchi bu qoidalar keltirib chiqargan dindorlik, oʻzini moʻmin qilib koʻrsatish, badanni qiynash odamlarga hikmatday tuyulsa–da, aslida ular shahvatu nafsga boʻlgan ishtiyoqni koʻpaytiradi.
Copyright information for
UznUzbL