Colossians 3
1Sizlar Masih bilan birga tirilgan ekansiz, samoviy narsalarning payida boʻling, axir, Masih ham samoda Xudoning oʻng tomonida oʻtiribdi ▼▼ …Xudoning oʻng tomonida oʻtiribdi — Zabur 109:1 ga qarang. Oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan.
. 2Fikringiz yer yuzidagi emas, samodagi narsalar bilan band boʻlsin. 3Axir, sizlar oʻlgansizlar, asl hayotingiz esa Masih bilan Xudoning huzurida pinhondir. 4Bizning hayotimiz Iso Masihdir. Masih zohir boʻlganda, sizlar ham U bilan birga ulugʻvorlikda zohir boʻlasizlar. 5Shunday ekan, dunyoviy tabiatingizni, yaʼni fahsh–zino, nopoklik, shahvat, yovuz xohishlar va butparastlikka teng boʻlgan ochkoʻzlikni yoʻq qilinglar. 6Mana shular sababli Xudoning gʻazabi itoatsiz bandalarning boshiga tushadi! 7Sizlar ham bir vaqtlar shunday odamlarning yoʻlidan yurib, oʻzingizni oʻshalar kabi tutardingizlar. 8Endi esa jahl, gʻazab, yovuzliklarning hammasini bir chetga yigʻishtirib qoʻyinglar. Ogʻzingizdan hech qanday jerkish yoki nojoʻya soʻz chiqmasin. 9Bir–biringizga yolgʻon gapirmanglar. Chunki sizlar eski tabiatingizni, uning yomon odatlari bilan birga oʻzingizdan soqit qildingizlar. 10Buning oʻrniga siz yangi tabiatga burkandingiz. Sizlar Xudoni yaqinroq bilib borarkansiz, sizning yangi tabiatingiz uni yaratgan Xudoning suratiga oʻxshab bormoqda ▼▼ …sizning yangi tabiatingiz uni yaratgan Xudoning suratiga oʻxshab bormoqda — Ibtido 1:26-27, 1 Korinfliklar 15:45-49, 2 Korinfliklar 5:17, Galatiyaliklar 3:27 ga qarang.
. 11Shu nuqtayi nazardan endi na yunon ▼▼ yunon — yaʼni gʻayriyahudiy. Oʻsha davrda yunon soʻzi millati yunon boʻlgan odamga nisbatan ham, yunon tilida gapirib, yunon urf–odatlariga rioya qiladigan odamga nisbatan ham ishlatilgan.
bor, na yahudiy, na sunnatli bor, na sunnatsiz, na johil ▼▼ johil — yunoncha matnda varvar. Oʻsha davrda yunon tilini bilmagan va yunon urf–odatlariga rioya qilmagan odamlar johil va madaniyatsiz hisoblanardilar. Ularni odamlar “varvarlar” deb atashardi.
bor, na madaniyatsiz ▼▼ madaniyatsiz — yunoncha matnda Skif. Skiflar qadimiy xalq boʻlib, oʻzlarining vahshiyligi bilan tanilgan edilar. Boshqalar ularni madaniyatsiz deb ularga past nazar bilan qarardilar. Madaniyatsiz odamlar skiflar degan nom bilan yuritilardi.
, na qul bor, na ozod. Eng ahamiyatlisi Masihdir, U hamma bilandir, hamma narsa Uning qoʻli ostidadir. 12Sizlar Xudoning tanlangan, aziz va suyukli xalqisizlar. Shunga koʻra, rahm–shafqat, mehribonlik, kamtarlik, muloyimlik va sabr–toqatni zeb–ziynat qilib taqib olinglar. 13Bir–biringizga nisbatan sabr–toqatli boʻlinglar. Orangizda xafagarchilik oʻtgan boʻlsa, bir–biringizni kechiringlar. Egamiz ▼▼ Egamiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Masih.
sizlarni kechirgani kabi, sizlar ham boshqalarni kechiringlar. 14Va nihoyat muhabbatga burkaninglar, chunki mehr–muhabbat mukammal ahillikka yetishtiradi. 15Masih ato qiladigan tinchlik yuraklaringizda hukmron boʻlsin, axir, sizlar bir tananing aʼzosisizlar ▼▼ …sizlar bir tananing aʼzosisizlar — 1:18, 2:19 ga va 1 Korinfliklar 12:12-27 ga qarang.
, tinchlikka daʼvat qilingansizlar. Minnatdor boʻlinglar. 16Masihning kalomi sizda chuqur oʻrnashib, yashnayversin. Donolik bilan bir–biringizga taʼlim bering, nasihat qiling. Zaburlarni xonish qilib, madhiyalar va ruhiy qoʻshiqlar bilan, chin koʻngildan minnatdorchilik bildirib, Xudoni tarannum etinglar. 17Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar. Masihiy oilalar uchun qoidalar
18Ey xotinlar, eringizga itoatli boʻlinglar. Shunday qilish Rabbimiz Isoning izdoshlariga munosibdir. 19Ey erlar, xotiningizni sevinglar, ularga qoʻpol muomalada boʻlmanglar. 20Ey farzandlar, doim ota–onangizga quloq solinglar, chunki bu Rabbimizga maʼqul keladi. 21Ey otalar, farzandlaringizni ranjitavermanglar, boʻlmasa ular tushkunlikka tushib qoladi. 22Ey qullar, bu dunyodagi xoʻjayinlaringizga har doim itoat qilinglar. Xushomadgoʻylik bilan xoʻja koʻrsinga emas, balki Rabbimizdan qoʻrqib, chin koʻngildan itoat qilinglar. 23Har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbimiz Iso Masih uchun qilayotganday chin qalbdan bajaringlar. 24Chunki sizlar haqiqiy Xoʻjayiningiz Masihga xizmat qilyapsizlar. U Oʻz xalqiga atab qoʻygan qut–barakani sizlarga mukofot qilib berishini yoddan chiqarmang. 25Kimki nohaqlik qilsa, qilmishiga yarasha jazo oladi. Zero, Xudo tarafkashlik qilmaydi.
Copyright information for
UznUzbL