Colossians 4
1Ey xoʻjayinlar, sizning ham samoda Xoʻjayiningiz borligini bilib, qullaringizga odil va toʻgʻri muomala qiling.Har xil nasihatlar
2Doim ibodat qiling. Ibodatda hushyor boʻlib, shukronalar keltiring. 3Shuningdek, bizlar uchun ham ibodat qilinglar: biz Xudoning kalomini eʼlon qilishimiz va Masih sirini ▼▼ Masih siri — 1:25-27, 2:2-3 ga qarang.
bayon etishimiz uchun Uning Oʻzi bizga yoʻl ochib bersin. Men ana shu sir tufayli qamoqdaman. 4Bu sirni munosib ravishda izhor eta olishimni Xudodan soʻranglar. 5Fursatni gʻanimat bilib, imonlilar qatoriga qoʻshilmaganlarga nisbatan oqilona yoʻl tutinglar. 6Ular bilan qanday gaplashishni sizlarga oʻrgatay: ular bilan gaplashganingizda soʻzingiz hamisha yoqimli va mazmunli boʻlsin. Soʻnggi salomlar va tilaklar
7Men haqimdagi barcha yangiliklarni Rabbimiz Isoning sodiq xizmatkori, hamkorim va suyukli birodarim Tixikus sizlarga aytib beradi. 8Sizlarga dalda berib, hol–ahvolimizni sizlarga bildirsin ▼▼ …hol–ahvolimizni sizlarga bildirsin… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida sizning hol–ahvolingizdan xabar olib kelsin. Shu bobning 7, 9–oyatlarida Tixikus ularga Pavlus haqida xabar olib boradi deb yozilgani uchun ushbu tarjimada birinchi variantni tanlangan.
deb, men uni sizlarning oldingizga joʻnatyapman ▼▼ …men uni sizlarning oldingizga joʻnatyapman — Pavlus bu maktubini ularga Tixikus orqali berib yuborgan edi.
. 9Tixikus bilan birga oldingizga sodiq va sevimli birodarimiz, hamshaharingiz Oʻnisimus ▼▼ Oʻnisimus — egasidan qochib ketgan bu qul Pavlusning xizmati orqali imonga kelgan edi. Oʻnisimusning egasi Kolosada yashaydigan, Filimoʻn ismli imonli bir kishi edi. Oʻnisimus endi Pavlusning Filimoʻnga yozgan maktubini olib, Rimdan Kolosaga, egasining oldiga qaytib ketayotgan edi (Filimoʻn 8-18–oyatlarga qarang). Shu bobning 9-17–oyatlarida aytib oʻtilgan koʻp odamlarning ismlari Pavlusning Filimoʻnga yozgan maktubida ham tilga olingan.
ham boradi. Ular bu yerda boʻlib oʻtgan hamma narsani sizlarga aytib berishadi. 10Men bilan birga qamalgan ▼▼ qamalgan — 1:7 izohiga qarang.
Aristarxus ▼▼ Aristarxus — Salonika shahridan edi (Havoriylar 19:29, 20:4, 27:2 ga qarang).
va Barnaboning jiyani Mark ▼▼ Mark — Mark bayon etgan muqaddas Xushxabarning muallifi. Mark Quddus shahridan edi (Havoriylar 12:12, 25, 13:5, 15:37-39, 2 Timoʻtiy 4:11 ga qarang).
ham sizlarga salom yoʻllayaptilar. Mark haqida yoʻl–yoʻriq olgansizlar: agar oldingizga borsa, uni yaxshi qabul qilinglar. 11Yoshua, yaʼni Yustus ham sizlarga salom yoʻllayapti. Xudoning Shohligi yoʻlida mehnat qilayotgan bulardan boshqa yahudiy ▼▼ yahudiy — yunoncha matnda sunnat qilingan, Iso Masihga ishongan yahudiylar nazarda tutilgan.
hamkorlarim yoʻq. Ular menga tasalli boʻlib kelmoqdalar. 12Iso Masihning quli, hamshaharingiz Epafras ▼▼ Epafras — 1:7 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
sizlarga salom yoʻllayapti. Xudoning irodasini toʻliq bajaradigan, imoni komil insonlar boʻlinglar deb, Epafras zoʻr gʻayrat bilan, tinmay sizlar uchun ibodat qilmoqda. 13U sizlar uchun hamda Laodikiya va Heyrapolis shaharlaridagi ▼▼ Laodikiya va Heyrapolis shaharlari — Laodikiya Kolosa shahridan qariyb 17 kilometr gʻarbda, Heyrapolis esa 20 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan edi.
imonlilar uchun ne–ne zahmatlar chekkaniga oʻzim shohidman. 14Sevimli tabib Luqo ▼▼ Luqo — Yangi Ahddagi toʻrtta Xushxabardan birining va Havoriylar faoliyati kitobining muallifi. U Pavlusning koʻp safarlarida hamroh boʻlgan (Havoriylar 16:10 izohiga qarang).
va Dimas sizlarga salom yoʻllashyapti. 15Laodikiya shahridagi birodarlarga, ayniqsa, Nimfaga va uning ▼▼ uning — yunoncha matndagi olmosh ayol kishiga nisbatan ishlatilgan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalaridagi olmosh esa erkak kishiga nisbatan ishlatilgan.
uyida yigʻiladigan jamoatga salom aytinglar. 16Sizlarga yozgan bu maktubimni oʻqiganingizdan keyin, uni Laodikiyadagi jamoat ham oʻqisin. Sizlar esa Laodikiya jamoatiga yozgan maktubimni ▼▼ Laodikiya jamoatiga yozgan maktubim — Laodikiya jamoatiga yozilgan maktub haqida faqatgina shu oyatda aytib oʻtilgan. Bu maktub saqlanib qolmagan yoki Pavlus Efesliklarga yozgan maktubini nazarda tutgan boʻlishi mumkin. Efesliklarga yozilgan maktub oʻsha hududdagi jamoatlarda navbatma–navbat oʻqilgan boʻlsa kerak.
oʻqinglar. 17Arxippusga: “Rabbimiz Iso zimmangga yuklagan xizmatni oxiriga yetkazgin”, — deb aytib qoʻyinglar. 18Men, Pavlus, mana shu maktubning yakunini oʻz qoʻlim bilan yozyapman ▼▼ …shu maktubning yakunini oʻz qoʻlim bilan yozyapman — 1 Korinfliklar 16:21 izohiga qarang.
. Qamoqda ekanligimni esdan chiqarmanglar. Xudoning inoyati sizlarga yor boʻlsin ▼▼ Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.
.
Copyright information for
UznUzbL