Deuteronomy 14
Azadorlarga man etilgan odatlar
1Sizlar Egangiz Xudoning farzandlarisiz. Marhumga aza tutganingizda badaningizni tilmang, sochingizning oldini qirmang ▼▼ …badaningizni tilmang, sochingizning oldini qirmang — bu odatlar butparast xalqlarga xos edi (misol uchun, 3 Shohlar 18:28 ga qarang).
. 2Sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. Egamiz yer yuzidagi barcha xalqlar orasidan sizlarni Oʻz xalqi, Oʻz xazinasi qilib tanlab oldi. Halol va harom hayvonlar
3Jirkanch hayvonlarning goʻshtini yemang. 4Mana bu hayvonlarni ▼▼ hayvonlar — ibroniycha matndagi shu bobning 4-18–oyatlarida aytib oʻtilgan baʼzi hayvonlar va qushlarning qaysi turlariga mansubligi bahsli.
yesangiz boʻladi: mol, qoʻy, echki, 5ohu, kiyik, bugʻu, yovvoyi echki, zubr, jayron, arxar. 6Ayri tuyoq va kavsh qaytaradigan har qanday hayvonni tanovul qilishingiz mumkin. 7Lekin kavsh qaytaradigan yoki ayri tuyoq hayvonlardan tuya, quyon va sugʻurni yemanglar, ular kavsh qaytarsa ham, tuyogʻi ayrilmagan. Bu hayvonlar sizlar uchun haromdir. 8Choʻchqani ham yemanglar, uning tuyogʻi ayrilgan, lekin kavsh qaytarmaydi. U sizlar uchun haromdir. Bu hayvonlarning goʻshtini yemanglar, murdasiga ham tegmanglar. 9Suvda yashaydigan suzgichi va tangachalari bor har qanday jonivorni yesangiz boʻladi. 10Suzgichi va tangasi boʻlmaganlarini yemang, ular sizga haromdir. 11Halol qushlardan xohlaganingizning goʻshtini yesangiz boʻladi. 12Quyidagi qushlarning goʻshtini yeyish mumkin emas: qumoy, boltayutar, tasqara, 13qirgʻiy, qizil kalxat va uning zoti, 14qargʻa zoti, 15tuyaqush, lochin, quloqli ukki, qarchigʻay va uning zoti, 16yapaloq qush, boyoʻgʻli, oq boyoʻgʻli, 17birqozon, joʻrchi, baliqchi ukki, 18laylak, oq qarqara va uning zoti, sassiqpopishak, koʻrshapalak. 19Qanotli hasharotlar sizlarga haromdir, ularni yemanglar. 20Ammo baʼzi turdagi qanotli hasharotlarni yeyishingiz mumkin ▼▼ …baʼzi turdagi qanotli hasharotlarni yeyishingiz mumkin — Levilar 11:20-23 ga qarang.
. 21Oʻlimtikni yemang, uni shahringizda yashagan musofirga bering, u yeyaversin, yoki oʻlimtikni begonaga soting, sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. Uloqchani oʻz onasining sutida qaynatmang ▼▼ Uloqchani oʻz onasining sutida qaynatmang — Chiqish 23:19 izohiga qarang.
. Ushr berish haqida qonun
22Har yili dalangizda oʻsadigan hamma narsadan, ekiningizning hosilidan oʻndan birini ajratinglar. 23Bu ushrlaringizni ▼▼ ushr — 12:6 ning birinchi izohiga qarang.
Egangiz Xudo Oʻzi ulugʻlanishi uchun tanlaydigan joyga olib boringlar. Doningiz, sharobingiz va zaytun moyingizning ushrlarini, mol va qoʻylaringizning birinchi tugʻilgan bolalarini Uning huzurida yenglar. Shunday qilib, Egangiz Xudodan har doim qoʻrqishni oʻrganasizlar. 24Agar Egangiz Xudo tanlaydigan bu joy sizdan uzoq boʻlsa, shu sababdan Egangiz bergan barakaning ushrini u yerga olib bora olmasangiz, 25oʻsha narsalaringizni kumushga almashtiring. Kumushni olib, Egangiz Xudo tanlaydigan joyga boring. 26Mana shu kumushga koʻnglingiz tusagan narsani: mol, qoʻy, sharob, oʻtkir ichimlik va koʻnglingiz xohlagan hamma narsani sotib olib, u yerda Egangiz Xudo huzurida yeb, oilalaringiz bilan xursandchilik qilinglar. 27Shahringizda yashagan levilarni unutib qoʻymanglar, ularning siznikiga oʻxshagan ulushi ham, mulki ham yoʻqdir. 28Har uchinchi yil oxirida oʻsha yili olgan hosilingizning oʻndan bir qismini toʻliq olib, shahringizdagi omborlarda saqlab qoʻyinglar. 29Ulushi ham, mulki ham boʻlmagan shahringizdagi levilar, shuningdek, musofir, yetim va bevalar kelib, yeb toʻyadi. Shunda qilgan har bir ishingizga Egangiz Xudo baraka beradi.
Copyright information for
UznUzbL