Deuteronomy 15
Yettinchi yil
1Har yettinchi yilning oxirida qarzlaringizdan kechinglar. 2Qarzdan kechish shundan iboratki, yaqiniga qarz bergan odam qarzidan kechsin. Isroil xalqidan boʻlgan birodaridan oʻsha qarzini soʻramasin, chunki Egamiz qarzdan kechishni eʼlon qildi. 3Begonadan qarzingizni soʻrasangiz boʻladi. Isroil xalqidan boʻlgan birodaringizdan esa qarzingizni soʻramang. 4Sizlarning orangizda kambagʻal boʻlmaydi. Egangiz Xudo mulk qilib berayotgan yurtda sizlarga baraka beradi. 5Faqat Egangiz Xudoga itoat etib, Men bugun sizlarga berayotgan mana shu amrlarni bitta qoldirmay bajarishingiz kerak. 6Egangiz Xudo Oʻzi vaʼda qilganday, sizlarga baraka berganda, koʻp xalqlarga qarz berasiz, oʻzingiz esa ulardan qarz olmaysiz. Koʻp xalqlar ustidan hukmronlik qilasiz, ular esa sizlarning ustingizdan hukmronlik qilmaydi. 7Egangiz Xudo sizga beradigan yurtdagi shaharlaringizning birida Isroil xalqidan birortasi kambagʻal boʻlsa, unga nisbatan bagʻritoshlik qilmang, ziqna boʻlmang. 8Ochiq qoʻl boʻling, unga kerakli narsani yetarlicha qarzga bering. 9Ehtiyot boʻling, koʻnglingizda yomon niyat qilmang, yettinchi yil, qarzdan kechish yili kelyapti, deb kambagʻal birodaringizga nafrat bilan qaramang, unga yoʻq demang. Aks holda, birodaringiz Egamizga sizdan noliydi, natijada siz gunoh orttirib olasiz. 10Unga saxiylik bilan qarz bering, buning uchun achinmang. Shunda Egangiz Xudo har bir ishingizga baraka beradi. 11Yer yuzida har doim kambagʻallar boʻladi. Shuning uchun sizlarga amrim shuki, yurtingizdagi kambagʻal, muhtoj birodaringizga ochiq qoʻl boʻling.Qullarga boʻlgan munosabat
12Birodaringizdan ibroniy erkak yoki ayol sizga oʻzini sotsa ▼▼ …ibroniy erkak yoki ayol sizga oʻzini sotsa… — qadimgi Isroilda odamlar qarzini toʻlash uchun baʼzan oʻzlarini qullikka sotishgan yoki oila aʼzolari tomonidan qul qilib sotilganlar.
, olti yil xizmat qilsin, yettinchi yili uni ozod qilishingiz kerak. 13Uni ozod qilganingizda, quruq joʻnatmang. 14Unga saxiylik bilan mol–qoʻyingizdan, don, sharobingizdan bering, Egangiz Xudo sizlarga ato etgan barakadan bering. 15Yodingizda tuting: sizlar ham Misr yurtida qul boʻlgansiz, Egangiz Xudo sizlarni ozod qilgan. Shuning uchun men bugun sizlarga oʻsha amrni berdim. 16Agar qulingiz, sizni, oilangizni yaxshi koʻraman, sizning xonadoningizda oʻzimga toʻqman, siznikidan ketmayman, deb aytsa, 17uni uyingiz eshigi yoniga olib boring. Qulogʻini eshikka qoʻyib, bigiz bilan teshing. Shunda u bir umr sizning qulingiz boʻladi, choʻringizni ham shunday qiling. 18Qulingizni ozod qilayotganingizda afsuslanmang, chunki u olti yil ichida mardikorning haqiga arziydigan mehnatni qildi. Uni ozod qilsangiz, Egangiz Xudo qilgan har bir ishingizga baraka beradi. Hayvonlarning birinchi tugʻilgan bolalari
19Mol–qoʻylaringizning birinchi tugʻilgan erkagini Egangiz Xudoga bagʻishlang. Birinchi tugʻilgan buqangizni ishlatmang, birinchi tugʻilgan qoʻyingizning yungini olmang. 20Bularning goʻshtini Egamiz tanlaydigan joyda, oʻzingiz oilalaringiz bilan birga har yili Uning huzurida yenglar. 21Agar oʻsha hayvon choʻloq yoki koʻr boʻlsa yo uning boshqa bir nuqsoni boʻlsa, uni Egangiz Xudoga qurbonlik qilmang. 22Uni shaharlaringizda yeyaveringlar. Pok odam ham, harom odam ham, ohu va kiyikni yeganday, uning goʻshtini yesa boʻladi. 23Faqat qonini isteʼmol qilmang. Qonni suv singari, yerga toʻkib tashlang.
Copyright information for
UznUzbL