Deuteronomy 18
Ruhoniylarning ulushi
1Levi ruhoniylari, butun Levi qabilasi qatorida, Isroilda ulush ham, mulk ham olmaydilar. Ular Egamizga keltirilgan nazr va qurbonliklardan yeydilar. 2Birodarlari orasida ularning ulushi boʻlmaydi. Egamiz Levi qabilasiga: “Men Oʻzim sizlarning ulushingiz boʻlaman” ▼▼ “Men Oʻzim sizlarning ulushingiz boʻlaman” — Xudo Levi qabilasining muhtojliklarini qondirishini vaʼda qilgan edi. Ular Isroil xalqining Egamizga keltirilgan qurbonligu nazrlaridan yeyish huquqiga ega edilar (shu bobning 1-2–oyatlariga qarang). Bundan tashqari, Xudoning amriga koʻra, xalqdan yigʻilgan ushr Levi qabilasiga tegishli boʻldi (14:28-29 ga qarang), ayrim shaharlar va shahar atrofidagi yaylovlar ham ularga berilgan edi (Yoshua 21:1-3 ga qarang).
, deb vaʼda bergan edi. 3Qurbonlik qilingan mol yoki qoʻyning yelka, jagʻ va ichak–chovoqlari ruhoniylarga berilsin. 4Gʻallangizning ilk hosilini, eng birinchi tayyorlagan sharobingizni va zaytun moyingizni, qoʻylaringizning birinchi qirqilgan yungini ruhoniylarga beringlar. 5Chunki Egangiz Xudo, Levi qabilasi va ularning avlodlari har doim Menga xizmat qilishsin, deb ularni qabilalaringiz orasidan tanlab oldi. 6Agar biror levi Isroildagi oʻzi yashab turgan shahardan Egamiz tanlagan joyga oʻz xohishi bilan borsa, 7u yerda Egamizga xizmat qilgan levi birodarlari singari, Egasi Xudo nomidan xizmat qila oladi. 8Oilasining mulkini sotishdan kelgan daromadi boʻlsa ham, boshqa levilar qatori bir xil ulush yesin. Butparast xalqlarning qabih odatlari haqida ogohlantirish
9Egangiz Xudo beradigan yurtga kirganingizda, u yer xalqlarining jirkanch odatlarini oʻrganmanglar. 10Oʻgʻli yoki qizini olovda qurbon qiladigan ▼▼ Oʻgʻli yoki qizini olovda qurbon qiladigan… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Oʻgʻli yoki qizini olovdan oʻtkazadigan…. Butparast xalqlarga xos boʻlgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida oʻtaketgan qabihlik edi.
, folbin, bashoratgoʻy, romchi, sehrgar, 11issiq–sovuq qiladigan, arvoh chaqiruvchi, oʻliklardan maslahat soʻraydiganlar orangizda boʻlmasin. 12Egamiz bundaylardan jirkanadi. Mana shu jirkanch odatlari uchun Egangiz Xudo oʻsha xalqlarni sizning oldingizdan haydab chiqaryapti. 13Egangiz Xudoga butunlay sodiq qoling. Paygʻambar yuborish haqida vaʼda
14Sizlar yurtini olayotgan oʻsha xalqlar bashoratgoʻylar va folbinlarning gapiga quloq soladilar. Sizlarning bunday qilishingizga esa Egangiz Xudo ruxsat bermaydi. 15Egangiz Xudo sizlar uchun oʻz xalqingiz orasidan menga oʻxshagan bir paygʻambar chiqaradi. Unga quloq solinglar. 16Siz Sinay togʻida ▼▼ Sinay togʻi — ibroniycha matnda Xorev togʻi, Sinay togʻining yana bir nomi.
yigʻilgan kuningizda Egangiz Xudodan oʻzingiz uni tilab olgandingiz, zotan, siz shunday degan edingiz: “Egamiz Xudoning ovozini endi eshitmaylik, mana shu buyuk olovni ham boshqa koʻrmaylik, aks holda, oʻlamiz.” 17Oʻshanda Egamiz menga shunday dedi: “Ularning aytganlari toʻgʻri. 18Ular uchun oʻz xalqi orasidan senga oʻxshagan bir paygʻambar chiqaraman, Men unga nima aytishni oʻrgataman. Oʻsha paygʻambar bergan amrlarimning hammasini ularga aytadi. 19U Mening nomimdan gapiradi, unga quloq solmagan odamni Men Oʻzim jazolayman. 20Ammo biror paygʻambar Men buyurmagan soʻzni Mening nomimdan gapirishga jurʼat qilsa yoki boshqa xudolar nomidan gapirsa, u paygʻambar oʻlishi kerak.” 21Koʻnglingizda: “Bu soʻzlar Egamizdanmi yoki yoʻqmi, biz qanday qilib bilamiz?” deb oʻylashingiz mumkin. 22Agar biror paygʻambar Egamizning nomidan gapirsa–yu, oʻsha voqea yuz bermasa, demak, bu soʻzni Egamiz aytmagan boʻladi. Paygʻambar oʻzicha gapirgan, undan qoʻrqmanglar.
Copyright information for
UznUzbL