Deuteronomy 2
Sahroda oʻtgan yillar
1Egamiz menga aytganiday, biz Qizil dengiz ▼▼ Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, maʼnosi Qamish dengizi. 1:40 izohiga qarang.
tomondagi sahroga qaytdik. Seir togʻlari ▼▼ Seir togʻlari — 1:44 izohiga qarang.
atrofida koʻp vaqt yurdik. 2Egamiz menga shunday dedi: 3“Bu qirlar atrofida shuncha aylanib yurganingiz yetadi. Endi shimol tomonga boringlar. 4Bu xalqqa Mendan shunday buyruq bergin: «Seir yurtida yashaydigan birodarlaringiz ▼▼ Seir yurtida yashaydigan birodarlaringiz — Edom yurtining yana bir nomi Seir edi. Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi.
— Esov avlodining yerlaridan oʻtasizlar. Ular sizdan qoʻrqishadi. Ammo ehtiyot boʻlinglar, 5ular bilan jang qilmanglar. Men sizlarga u yerning bir qarichini ham bermayman, chunki Men Seir togʻlarini Esov avlodiga mulk qilib berganman. 6Ulardan ovqatni kumushga sotib olib yenglar, suvni ham kumushga sotib olib ichinglar. 7Men, Egangiz Xudo, har bir ishingizda sizlarga baraka berdim. Shu bepoyon sahroda yurganingizda sizlarni himoya qildim. Qirq yildan beri Men sizlar bilan birgaman, sizlar hech qanday kamchilik koʻrmadingizlar.»” 8Shunday qilib, biz Seirda yashovchi birodarlarimiz — Esov avlodining yeridan oʻtib ketdik. Elet va Ezyoʻn–Geberdan ▼▼ Elet va Ezyoʻn–Geber — Sinay yarim orolining sharqida, Qizil dengizning shimoliy qirgʻogʻidagi bandargoh shaharlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang.
Iordan vodiysiga ▼▼ Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan.
ketgan yoʻldan yurdik. Soʻngra Moʻab choʻli tomon burilib ketdik. 9Shunda Egamiz menga dedi: “Moʻabliklar bilan janjallashib, urush boshlamanglar. Men sizlarga ularning yeridan mulk bermayman, chunki Or ▼▼ Or — Moʻab yurtining asosiy shaharlaridan biri boʻlib, bu oʻrinda Moʻabning hamma yerlariga nisbatan ishlatilgan (Sahroda 21:28 ga qarang).
hududini Men Lut avlodiga ▼▼ Lut avlodi — yaʼni Moʻab xalqi. Ularning ota–bobosi Moʻab Lutning oʻgʻillaridan biri edi (Ibtido 19:36-38 ga qarang). Lut Ibrohimning jiyani edi.
mulk qilib berganman.” 10(Oldin u yerda Eyim xalqi yashagan edi. Ular koʻpchilik boʻlib, kuchli, Onoq avlodi singari baland boʻyli xalq edi. 11Eyim xalqi va Onoq avlodlari, odatda, Rafa xalqi ▼▼ Eyim xalqi va Onoq avlodlari…Rafa xalqi… — Isroil xalqidan avval Kanʼonda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur boʻlgan xalqlar (1:28, 2:20-21, 3:11, 9:1-2, Sahroda 13:33-34 ga qarang).
deb atalardi. Ammo Moʻabliklar ularni Eyim xalqi deb atashardi. 12Seirda ancha oldin Xorim xalqi yashagan. Ammo Esov avlodi ▼▼ Esov avlodi — yaʼni Edom xalqi (2:4 izohiga qarang).
oʻsha yerlarni ulardan tortib olgandi. Isroil xalqi Egamiz mulk qilib bergan yurtda xalqlarni yoʻq qilganday, Esov avlodi ham Xorim xalqini yoʻq qilib, ularning yerlariga joylashib olgan edi.) 13Egamiz: “Qani, endi otlaninglar, Zarad soyligidan ▼▼ Zarad soyligi — bu soylik Oʻlik dengizga janubi–sharq tomondan quyilib, Edom yurtining shimoliy chegarasini va Moʻab yurtining janubiy chegarasini belgilar edi.
oʻtinglar”, — deb amr berdi. Biz Zarad soyligidan oʻtdik. 14Kadesh–Barnadan chiqishimizga va Zarad soyligidan oʻtishimizga 38 yil ketdi. Egamiz ont ichib aytganiday, bu vaqt oraligʻida oʻsha naslning urushga yaroqli boʻlgan odamlari olamdan oʻtib ketdi. 15Darhaqiqat, Egamiz ularga qarshi Oʻz qoʻlini koʻtarib, qarorgohdagi hamma urushga yaroqlilarni qirib tashladi. 16Urushga yaroqli boʻlganlarning hammasi oʻlib, xalq orasidan yoʻq boʻlgandan keyin, 17Egamiz menga shunday dedi: 18“Bugun Or shahridan oʻtasizlar, Moʻab yurtining shimoliy chegarasini kesib, 19Ommon xalqining yeriga yaqinlashasizlar. Lekin ular bilan janjallashib, urush boshlamanglar. Sizlarga ularning yeridan bir parcha ham bermayman. Bu yerni Men Lut avlodiga ▼▼ Lut avlodi — yaʼni Ommon xalqi. Ularning ota–bobosi Banommi Lutning oʻgʻillaridan biri edi (Ibtido 19:36-38 ga qarang). Lut Ibrohimning jiyani edi.
mulk qilib berganman.” 20(Ilgarilari bu yer Rafa xalqining yurti edi. Bu yerda Rafa xalqi yashagan edi. Ommon xalqi esa ularni Zamzum xalqi deb atashardi. 21Bu xalq kuchli, koʻp boʻlib, Onoq avlodi singari baland boʻyli edi. Ammo Egamiz ularni yoʻq qildi. Ommon xalqi ularning yerini qoʻlga kiritib, oʻsha yerga joylashib olgandi. 22Seirda yashayotgan Esov avlodi uchun ham Egamiz xuddi shunday qilgan edi. Xorim xalqini Egamiz yoʻq qildi. Esov avlodi Xorim xalqining yerini qoʻlga kiritib, ularning oʻrniga oʻzlari joylashib olishdi. Ular hozirgacha oʻsha yerda yashaydi. 23Avim xalqi esa janubdagi Gʻazogacha boʻlgan qishloqlarda yashardi. Ammo Xaftoʻrdan kelgan Xaftoʻr xalqi ▼▼ Xaftoʻrdan kelgan Xaftoʻr xalqi — Krit orolidan kelib chiqqan Filist xalqining ajdodlariga ishora boʻlishi mumkin (Eski Ahdda Krit oroli Xaftoʻr deb atalgan).
ularni yoʻq qilib, oʻrinlariga oʻzlari joylashib olishgandi.) Isroil xalqi shoh Sixoʻnni yengadi
24Biz Moʻab yurtidan oʻtganimizdan keyin, Egamiz shunday dedi: “Endi otlanib, yoʻlga tushinglar, Arnon soyligidan ▼▼ Arnon soyligi — Moʻab yurtining shimoliy chegarasi va shoh Sixoʻnga tegishli yerlarning janubiy chegarasi. Arnondagi soy gʻarb tomonga oqib, Oʻlik dengizga quyiladi.
oʻtinglar. Men Amor xalqining Xashbonda yashaydigan shohi Sixoʻnni va uning yerini sizlarning qoʻlingizga beraman. Unga hujum qilib, jang boshlang, uning yurtini egallab oling. 25Men shunday qilamanki, bugundan boshlab butun yer yuzidagi xalqlar sizlardan qoʻrqib, vahimaga tushadigan boʻlishadi. Nomingizni eshitganlar sizlardan qoʻrqqanidan qaltiraydigan boʻladi.” 26Shundan keyin men Kadamoʻt choʻlidan Xashbon shohi Sixoʻnga choparlar orqali quyidagicha doʻstona gaplarni yetkazdim: 27“Bizga yurtingiz orqali oʻtib ketishga ijozat bersangiz. Oʻngga ham, chapga ham qayrilmay, toʻgʻri yoʻldan ketamiz. 28Ovqatni biz sizdan kumushga sotib olib yeymiz, suvni ham sizdan sotib olib ichamiz, faqat piyoda yurib oʻtishimizga ruxsat bersangiz boʻldi. 29Seirda yashayotgan Esov avlodi ham, Or shahrida yashayotgan Moʻabliklar ham ijozat bergan edi. Ularning yerlaridan oʻtib keldik. Ular singari, siz ham ijozat bering, yeringizdan oʻtib ketaylik. Iordandan oʻtib, Egamiz Xudo bizga beradigan yurtga yetib olaylik.” 30Biroq Xashbon shohi Sixoʻn yeridan oʻtib ketishimizga ruxsat bermadi. Sizlar bugun yashab yurgan yerni qoʻlga kiritishingiz uchun Egangiz Xudo Sixoʻnning yuragini tosh qilib, oʻjar qilib qoʻygandi. 31Egamiz menga shunday dedi: “Men Sixoʻnni va uning yurtini sening qoʻlingga beryapman. Uning yurtini zabt eta boshla.” 32Sixoʻn jamiki lashkarini boshlab, biz bilan jang qilgani Yaxaz shahriga chiqdi. 33Ammo Egamiz Xudo uni bizning qoʻlimizga berdi. Sixoʻnni, uning jamiki lashkarini, farzandlarini yoʻq qilib tashladik. 34Sixoʻnning hamma shaharlarini bosib olib, birontasini ham qoldirmay vayron qildik. Erkaklari, ayollari va bolalaridan birontasini ham tirik qoldirmadik. 35Magʻlub qilgan shaharlarimizdan faqat chorva va boyliklarni oʻzimizga oʻlja qilib oldik. 36Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan hamda soylikdagi ▼▼ soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Baʼzi soyliklar vodiy kabi keng boʻlardi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang.
shahardan tortib, to Giladgacha boʻlgan birorta shahar bizning kuch–qudratimizga dosh berolmadi. Chunki Egamiz Xudo hammasini bizning qoʻlimizga bergan edi. 37Ammo biz Yavoq daryosi ▼▼ Yavoq daryosi — Ommon yurtining gʻarbiy chegarasini tashkil qilgan daryoning bosh qismiga ishora. Yavoq daryosi janubdan shimolga qarab oqardi, soʻng gʻarb tomonga burilib, Iordan daryosiga quyilardi.
boʻyidagi Ommon xalqining yerlariga va qirlardagi ularning shaharlariga hujum qilmadik. Chunki Egamiz Xudo bizga u yerlarni bosib olishni man qilgandi.
Copyright information for
UznUzbL