Deuteronomy 6
Eng buyuk amr
1Egangiz Xudo, xalqqa oʻrgatgin, deb menga bergan amrlar, farmonlar va qonun–qoidalar shulardan iboratdir. Iordanni kechib oʻtib, mulk qilib oladigan yurtda bularga rioya qilinglar. 2Men sizlarga beradigan farmon va amrlarga oʻzlaringiz, farzandlaringiz va nabiralaringiz, hammangiz rioya qilinglar. Bir umr Egangiz Xudodan qoʻrqinglar, shunda umringiz uzoq boʻladi. 3Ey Isroil xalqi, quloq soling, bularni bitta qoldirmay bajaring. Shunda ota–bobolaringizning Xudosi — Egangiz bergan vaʼdaga koʻra, sut va asal oqib yotgan yurtda ▼▼ sut va asal oqib yotgan yurt — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Moʻl–koʻl sut — mol uchun koʻm–koʻk yaylovlarning koʻpligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora boʻlishi mumkin. Murabboning moʻlligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi.
koʻpayasizlar, baxtiyor boʻlasizlar. 4Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudo tanho Egadir ▼▼ Egamiz Xudo tanho Egadir — yoki Egamiz Xudoyimizdir, Egamiz tanhodir yoxud Egamiz Xudo, Egamiz bittadir.
. 5Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar. 6Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar. 7Bularni bolalaringizga ham oʻrgatinglar. Uyda oʻtirganda ham, yoʻlda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar. 8Bularni qoʻlingizga belgi qilib bogʻlanglar, peshanangizga nishona qilib taqib olinglar. 9Eshigingiz kesakisiga ▼▼ kesaki — eshik oʻrnatilgan chorchoʻp.
, darvozalaringizga yozib qoʻyinglar. Itoatsizlikka qarshi ogohlantirish
10Egangiz Xudo ota–bobolaringiz Ibrohim, Isʼhoq, Yoqubga qasam ichib, vaʼda qilgan yerga sizlarni olib kiradi. U sizlarga oʻzingiz qurmagan katta va chiroyli shaharlarni beradi. 11Oʻzingiz toʻldirmagan, boyliklarga toʻla uylarni, oʻzingiz qazimagan sardobalarni, siz ekmagan toklar va zaytunzorlarni beradi. Oʻshanda yeb toʻyganlaringizdan keyin 12ehtiyot boʻlinglar! Sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egamizni unutmanglar. 13Egangiz Xudodan qoʻrqinglar. Faqat Unga xizmat qilinglar. Yolgʻiz Uning nomi bilan qasam ichinglar. 14Begona xudolarga, atrofingizdagi xalqlarning xudolariga ergashmanglar. 15Axir, orangizdagi Egangiz Xudo sizning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham koʻrmaydigan Xudodir. U gʻazablanib, sizlarni yer yuzidan yoʻqotib yuboradi. 16Massaxda qilganingizdek ▼▼ Massaxda qilganingizdek… — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:1-13 ga qarang.
, Egangiz Xudoni sinamanglar. 17Uning amrlarini, farmon va shartlarini bitta qoldirmay bajaringlar. 18Egamiz toʻgʻri va yaxshi deb bilgan ishlarni qilinglar. Shunda Egamiz ota–bobolaringizga qasam ichib, vaʼda qilgan hosildor yurtni sizlar mulk qilib olasizlar, baxtiyor boʻlasizlar. 19Egamiz, Oʻzi aytganidek, yurtingizda yashagan barcha dushmanlaringizni haydab chiqaradi. 20Kelajakda farzandlaringiz sizlardan: “Egamiz Xudo sizlarga bergan qonun–qoidalar, farmon va shartlarning maʼnosi nima?” deb soʻraydi. 21Ularga shunday deb javob beringlar: “Biz Misrda firʼavnning qullari edik. Egamiz Oʻz qudrati bilan bizni Misrdan olib chiqdi. 22U bizning koʻzimiz oldida Misrga, firʼavn va uning butun xonadoniga buyuk, qoʻrqinchli alomatu moʻjizalarni koʻrsatdi. 23Ota–bobolarimizga ont ichib vaʼda qilgan yurtga bizni olib kirish uchun, oʻsha yurtni bizga berish uchun bizni Misrdan olib chiqdi. 24Egamiz Xudo: «Mana shu farmonlarning hammasiga rioya qilinglar, Mendan qoʻrqinglar, shunda bugungiday tirik boʻlasiz, baxtli hayot kechirasiz», dedi. 25Egamiz Xudoning oldida mana shu amrlarni bitta qoldirmay bajarsak, solih boʻlamiz.”
Copyright information for
UznUzbL