‏ Deuteronomy 10

Yangi tosh lavhalar

1Shundan keyin Egamiz menga dedi: “Ikkita tosh lavhani kesib ol. Ular oldingilariga oʻxshagan boʻlsin. Keyin toqqa Mening oldimga chiq. Yana yogʻochdan bir Sandiq yasa. 2Men oʻsha tosh lavhalarga sen sindirgan lavhalardagi amrlarni yozaman. Sen lavhalarni Sandiqqa solib qoʻyasan.”

3Shunday qilib, men akas yogʻochidan
akas yogʻochi — quruq joylarda oʻsadigan akas daraxtining yogʻochi qattiq, chidamli va yengil boʻladi.
Sandiq yasadim, oldingisiga oʻxshagan ikkita tosh lavhani kesib oldim. Keyin ikkala toshni koʻtarib, toqqa chiqdim.
4Egamiz tosh lavhalarga oldingiday oʻnta amrni yozdi. Sizlar togʻda yigʻilganingizda oʻsha amrlar Egamiz olov ichidan sizga aytgan soʻzlarning oʻzginasi edi. Egamiz oʻsha lavhalarni menga berdi. 5Men togʻdan qaytib tushdim. Egamizning amriga koʻra, lavhalarni Sandiqqa soldim. Lavhalar hali ham oʻsha Sandiqda turibdi.

6(Isroil xalqi Yaqon urugʻiga qarashli quduqlardan
Yaqon urugʻiga qarashli quduqlar — ibroniycha matnda Baroʻt–Baniy–Yaqon, maʼnosi Yaqon urugʻiga qarashli quduqlar.
Mosaraxga yoʻl oldi. Horun oʻsha yerda vafot etib
Horun oʻsha yerda vafot etib… — Sahroda 20:22-28 ga qarang.
, dafn qilindi. Oʻrniga oʻgʻli Elazar ruhoniy boʻldi.
7Isroil xalqi u yerdan Gudgodaxga, Gudgodaxdan oqar suvlar oʻlkasi Yotbotoga borishdi. 8Egamiz: “Mening Ahd sandigʻimni koʻtarib yursin, Mening huzurimda xizmat qilsin, Mening ismim bilan odamlarni duo qilsin”, deb oʻshanda Levi qabilasini tanlab olgan edi. Ular bugungacha
bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.
ham shu xizmatni ado etib kelmoqdalar.
9Shuning uchun Levi qabilasiga birodarlari orasidan ulush ham, mulk ham berilmagan. Zotan, Levi qabilasining ulushi Egamizning Oʻzidir. Bu gapni Egangiz Xudoning Oʻzi aytdi.)

10Men yana oldingiday togʻda qirq kechayu qirq kunduz qoldim. Egamiz bu safar ham mening iltijoimni eshitib, sizlarni halok qilmaydigan boʻldi. 11U menga shunday dedi: “Qani, xalqni boshla. Ularni Men ota–bobolariga qasam ichib vaʼda bergan yurtga olib bor. Ular oʻsha yurtga borib, uni qoʻlga kiritishsin.”

Xudoning talablari

12Ey Isroil xalqi! Egangiz Xudo sizlardan bitta narsani talab qiladi: Egangiz Xudodan qoʻrqing, Uning yoʻlidan yuring, Egangiz Xudoni seving, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Unga xizmat qiling. 13Men bugun sizlarga berayotgan Egamizning amru farmonlariga rioya qiling, shunda baxtiyor boʻlasiz. 14Osmon va falak toqi, yer yuzi va undagi hamma narsa Egangiz Xudonikidir. 15Ammo Egamiz faqatgina ota–bobolaringizga qattiq muhabbat qoʻydi. Mana bugun koʻrib turganingizday, ularning avlodini, sizlarni barcha xalqlar orasidan tanlab oldi. 16Yuraklaringizni sunnat qilinglar
Yuraklaringizni sunnat qilinglar… — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Isroil xalqi Xudoga boʻlgan sadoqatini va Uning amrlariga itoat qilish istagini koʻrsatish uchun sunnat qilinardilar. Bu oyatdagi “yuraklaringizni sunnat qilinglar” iborasi koʻchma maʼnoda ishlatilib, tuzilgan ahdning tashqi belgisi boʻlgan jismoniy sunnat yetarli emasligini koʻrsatadi. Mazkur iborada Xudoga chin yurakdan sodiq va itoatkor boʻlishga urgʻu beriladi (yana 30:6 ga qarang).
, bundan keyin oʻjar boʻlmanglar.
17Egangiz Xudo xudolarning Xudosidir, egalarning Egasidir
xudolarning Xudosi…egalarning Egasi — bu ibora Xudo zaminiy va samoviy kuchlarni boshqarishini bildiradi. Egamiz Xudo xalqlar sigʻinadigan barcha xudolardan ustun (misol uchun, Chiqish 12:12, 18:9-11 ga qarang). Muqaddas Kitobda bu “xudolar” behuda butlar deb ham ataladi (Chiqish 20:3-5, Zabur 95:4-5, Ishayo 42:17, 44:6-20), baʼzi bir oyatlarda esa jinlar deb tasvirlanadi (Qonunlar 32:16-17, Zabur 105:36-38, 1 Korinfliklar 10:19-20 ga qarang).
, buyuk qudratli, qoʻrqinchli Xudodir. U tarafkashlik qilmaydi, pora olmaydi.
18Yetim va bevalarga adolat qiladi, musofirga mehribonlik qiladi, ularga non va kiyim beradi. 19Sizlar ham musofirlarga mehribon boʻlinglar, oʻzlaringiz ham Misrda musofir edingizlar. 20Egangiz Xudodan qoʻrqinglar. Yolgʻiz Unga sajda qilinglar, Unga sodiq boʻlib, Uning nomi bilan qasam ichinglar. 21Faqat Unga hamdlar aytinglar, chunki U sizlarning Xudoyingizdir. Sizlar oʻz koʻzingiz bilan Uning buyuk va qoʻrqinchli alomatlarini koʻrdingiz. 22Misrga borgan ota–bobolaringiz yetmish kishi
yetmish kishi — Ibtido 46:8-27 oyatlarga va Ibtido 46:27 izohiga qarang.
edi, xolos. Endi esa Egangiz Xudo sizlarni osmondagi yulduzlar kabi son–sanoqsiz qildi.
Copyright information for UznUzbL