Deuteronomy 16
Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami
1Abib oyida ▼▼ Abib oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi.
Egangiz Xudoning Fisih ziyofatini nishonlanglar. Egangiz Xudo sizlarni Misrdan Abib oyida tunda olib chiqqan. 2Egamiz Oʻzi ulugʻlanishi uchun tanlaydigan joyga boringlar, mol va qoʻylaringizdan Egangiz Xudoga Fisih qurbonligini keltiringlar. 3Qurbonlik goʻshtiga xamirturushli non qoʻshib yemanglar. Sizlar Misrdan shoshilinch chiqib ketganingizda xamirturushsiz non yegan edingizlar, shuning uchun yetti kun davomida xamirturushsiz non yenglar ▼▼ …yetti kun davomida xamirturushsiz non yenglar — Fisih ziyofatida va undan keyin bir hafta davomida Isroil xalqi faqat xamirturushsiz nonlarni isteʼmol qilishlari kerak edi. Oʻsha hafta Xamirturushsiz non bayrami deb atalgan (shu bobning 16–oyatiga va Chiqish 12:14-20, 13:3-10 ga qarang).
. Bu nonni mashaqqatli kunlarda yeyiladigan non deb atashadi. Oʻsha nonni yenglar, shunda Misrdan chiqqan kuningizni bir umr yodingizda tutasizlar. 4Yetti kun davomida yurtingizning biror joyida xamirturush boʻlmasin. Bayramning birinchi kuni kechqurun keltirgan qurbonligingiz goʻshtidan ertalabgacha hech nima qolmasin. 5Egangiz Xudo sizlarga berayotgan shaharlarning birontasida Fisih qurbonligini keltirish mumkin emas. 6Fisih qurbonligini faqatgina Egangiz Oʻzi ulugʻlanishi uchun tanlaydigan joyda keltiringlar. Buni quyosh botadigan paytda, sizlar Misrdan chiqqan soatlarda qilinglar. 7Egangiz Xudo tanlaydigan joyda qurbonligingizni pishirib yeb, ertalab chodirlaringizga qaytib ketaveringlar. 8Keyingi olti kun davomida xamirturushsiz non yenglar. Yettinchi kun Egangiz Xudoga bagʻishlangan muqaddas yigʻin boʻladi. Shu kuni hech qanday ish qilmanglar. Hosil bayrami
9Hosilga ▼▼ Hosil — bahorda Xamirturushsiz non bayrami paytida yetiladigan arpa hosiliga ishora (shu bobning 3–oyati izohiga qarang).
oʻroq solingan kundan boshlab yetti haftani sananglar. 10Keyin Egangiz Xudo bergan barakaga yarasha koʻngildan chiqarib nazr qilinglar. Egangiz Xudo uchun Hosil bayramini ▼▼ Hosil bayrami — ibroniycha matnda Haftalar bayrami, Hosil bayramining yana bir nomi (shu bobning 16–oyatida ham bor).
nishonlanglar. 11Oʻzlaringiz, oʻgʻillaringiz, qizlaringiz, qullaringiz, choʻrilaringiz, shahringizdagi levilar, orangizdagi musofirlar, yetim va bevalar bilan birga Egangiz Xudo oldida xursandchilik qilinglar. Bularni Egangizning Oʻzi ulugʻlanishi uchun tanlaydigan joyda oʻtkazinglar. 12Misrda qul boʻlganingizni esingizdan chiqarmasdan, mana shu qonun–qoidalarni bitta qoldirmay bajaringlar. Chayla bayrami
13Doningizni yanchib, sharobingizni tayyorlab olganingizdan keyin ▼▼ Doningizni yanchib, sharobingizni tayyorlab olganingizdan keyin… — sentabrning oxiri yoki oktabrning boshiga toʻgʻri keladi (Levilar 23:34 oyatga va Levilar 16:29 izohiga qarang).
yetti kun davomida Chayla bayramini nishonlanglar. 14Bayramda oʻgʻillaringiz, qizlaringiz, qul va choʻrilaringiz, shahringizda istiqomat qilayotgan levilar, musofirlar, yetim va bevalar bilan birga xursandchilik qilinglar. 15Egangiz Xudo tanlagan joyda yetti kun davomida Unga atab bayram qilinglar. Egangiz Xudo hosilingizga va qilgan har bir ishingizga baraka beradi. Shu tariqa, albatta xursandchilik qilinglar. 16Xamirturushsiz non bayramini, Hosil bayramini va Chayla bayramini nishonlash uchun barcha erkaklaringiz yilda uch marta Egangiz Xudo tanlagan joyga, Uning huzuriga kelsin. Hech kim Egamizning oldiga quruq kelmasin. 17Har biringiz Egangiz Xudo bergan barakaga yarasha inʼom keltiringlar. Odil hukm
18Egangiz Xudo sizlarga beradigan har bir shaharga hakamlar va nazoratchilar tayinlanglar. Ular xalqni adolat bilan hukm qilsin. 19Hukm qilayotganda adolatsizlik qilmasin, tarafkashlik qilmasin, pora olmasin. Pora donolarning koʻzini koʻr qiladi, haqlarni nohaqqa chiqaradi. 20Adolatga, faqat adolatga ergashing. Shunda yashaysizlar, Egangiz Xudo beradigan yurtga egalik qilasizlar. 21Egangiz Xudo uchun quradigan qurbongoh yoniga Asheraga ▼▼ Ashera — 7:5 izohiga qarang.
atalgan ustunlarni yoki 22butsimon toshlarni oʻrnatmanglar. Egangiz Xudo bulardan nafratlanadi.
Copyright information for
UznUzbL