Deuteronomy 17
1Nuqsoni yoki kamchiligi bor mol–qoʻylarni Egangiz Xudoga qurbonlik qilmanglar. Bu Egangiz Xudoga jirkanchdir. 2Egangiz Xudo sizga berayotgan shaharlarning birida orangizdan birorta erkak yoki ayol Egangiz oldida qabihlik qilib, Uning ahdini buzsa, 3begona xudolarga xizmat qilsa, oʻsha xudolarga yoki quyoshga, oyga va samoviy jismlarga topinsa, taqiqlangan bu ishlarni qilsa, 4bu voqeadan sizlar xabardor boʻlsangiz, eshitganlaringizni yaxshilab tekshiringlar. Isroil xalqi orasida haqiqatan ham bunday jirkanch ish qilingan boʻlsa, 5oʻsha gunohkor erkak yoki ayolni shahar darvozasidan tashqariga olib chiqib, toshboʻron qilib oʻldiringlar. 6Odam faqat ikkita yoki uchta guvohning soʻzi bilan oʻlimga hukm qilinishi mumkin, bitta guvohning soʻzi bilan oʻldirilmasin. 7Gunohkorga birinchi boʻlib guvohlar tosh otsin, keyin butun xalq uni toshboʻron qilsin. Shunday qilib, orangizdan yomonlikni yoʻq qilinglar. 8Agar shahringizda qon toʻkish, haq–huquq talashish va zoʻravonlik kabi mojarolarni hukm qilish qiyin boʻlsa, Egangiz Xudo tanlaydigan joyga boringlar. 9Levi ruhoniylarining va oʻsha vaqtda xizmatda boʻlgan hakamning oldiga borib, ulardan soʻranglar. Ular hukm chiqaradi. 10Ular chiqargan hukm boʻyicha ish tutinglar, oʻrgatganlarini bitta qoldirmay bajaringlar. 11Tushuntirgan qonunni va qonunga asosan chiqargan hukmni toʻliq bajaringlar. Ularning aytganlaridan chapga ham, oʻngga ham ogʻmanglar. 12Egangiz Xudoning xizmatida turgan ruhoniy va hakamning gapiga quloq solmay, oʻzboshimcha ish tutgan odam oʻlishi kerak. Shunday qilsangiz, Isroil xalqi orasidan yomonlikni yoʻq qilgan boʻlasizlar. 13Butun xalq bu voqeani eshitib qoʻrqadi, bundan keyin oʻzboshimcha ish qilmaydigan boʻladi.Shoh haqida koʻrsatmalar
14Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtga borib, u yerga joylashib, egalik qilasizlar. Shundan keyin, “Atrofimizdagi xalqlarga oʻxshab biz ham ustimizdan shoh qoʻyaylik”, deysiz. 15Koʻtaradigan shohingiz albatta Egangiz Xudo tomonidan tanlangan boʻlsin. Shoh oʻz xalqingizdan boʻlsin. Begona boʻlgan musofirni ustingizdan shoh qilishingiz mumkin emas. 16Shoh oʻzi uchun ot koʻpaytirmasin, ot sotib olish uchun odamlarni Misrga joʻnatmasin. Chunki Egamiz sizlarga: “U yerga qaytib bormanglar”, degan. 17Tayinlangan shoh xotinlarni koʻpaytirmasin, aks holda, Egamizdan yuragi soviydi ▼▼ …aks holda, Egamizdan yuragi soviydi — shohlar ajnabiy hukmdorlar bilan sulh tuzish maqsadida ularning qizlariga uylanar edilar. Bu ajnabiy xotinlar oʻz xudolariga topinib, shohni ham oʻsha butlarga topinishga undardilar.
. Oʻzi uchun koʻp miqdorda oltin va kumushni yigʻmasin. 18U shohlik taxtiga oʻtirganda, levi ruhoniylari saqlagan qonunlardan oʻzi uchun bir nusxa koʻchirtirib olsin. 19Qonunlarning oʻsha nusxasi doimo shohning yonida boʻlsin. Shoh uni har kuni, umri davomida oʻqisin, toki oʻzining Egasi Xudodan qoʻrqishni oʻrgansin, qonun va farmonlarning soʻzlarini bitta qoldirmay bajarsin. 20Oʻzini birodarlaridan ustun qoʻymasin, amrlardan chapga ham, oʻngga ham ogʻmasin. Shunda oʻzi ham, oʻgʻillari ham Isroil ustidan uzoq yillar hukmronlik qiladilar.
Copyright information for
UznUzbL