Deuteronomy 23
Egamizning jamoasiga kira olmaydigan odamlar
1Jinsiy aʼzosi kesib tashlangan yoki moyagi ezilgan odamga Egamiz jamoasi yigʻinida ishtirok qilish man etiladi. 2Noqonuniy tugʻilgan bola Egamiz jamoasiga kirolmaydi, uning oʻninchi avlodigacha birorta avlodi ham Egamiz jamoasiga kirolmaydi. 3Ommonliklar va Moʻabliklar Egamiz jamoasiga kirolmaydi, ularning oʻninchi avlodigacha birorta avlodi Egamiz jamoasiga aslo kirolmaydi. 4Chunki Misrdan chiqib kelayotganingizda ular yoʻlda sizlarni non va suv bilan kutib olmadilar. Ular Oram–Naxrayimdagi ▼▼ Oram–Naxrayim — ibroniychadagi maʼnosi Ikki daryoning Orami demakdir. Bu yer Furot daryosi boʻyida joylashgan boʻlib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi
Patoʻr shahridan Bavoʻr oʻgʻli Balomni sizlarni laʼnatlash uchun yolladi ▼▼ Ular…Balomni sizlarni laʼnatlash uchun yolladi — Sahroda 22:1-24:25 ga qarang.
. 5Lekin Egangiz Xudo Balomga quloq solishni xohlamadi. Egangiz Xudo sizlarni sevgani uchun Balomning laʼnatini barakaga aylantirdi. 6Tirik ekansiz, ularning tinchligini, farovonligini hech qachon koʻzlamanglar. 7Edomliklardan esa hazar qilmanglar, chunki ular sizlarning qarindoshlaringizdir ▼▼ ular sizlarning qarindoshlaringizdir — Edomliklar Yoqubning akasi Esovdan tarqalgan nasl edi. Yoqub Isroil xalqining bobokaloni edi.
. Misrliklardan ham hazar qilmanglar, chunki sizlar ularning yurtida musofir boʻlgan edingizlar. 8Ulardan tugʻilgan uchinchi avlod bolalari Egamiz jamoasiga kirsa boʻladi. Qarorgohni halol saqlash
9Dushmanlaringiz bilan jang qilishga borganingizda, har qanday haromlikdan saqlaning. 10Agar orangizdan birortasi, kechasi maniy oqqani tufayli harom boʻlib qolsa, u qarorgohdan chiqib ketsin. U qarorgohda qolishi mumkin emas. 11Kech kirayotganda yuvinib, quyosh botgandan keyin qarorgohga kirishi mumkin. 12Qarorgohning tashqarisida hojat chiqarishingiz uchun joy boʻlsin. 13Qurol–aslahangiz orasida kurakchangiz ham boʻlsin, ehtiyojingizni qondirish uchun chuqurcha kovlab, keyin uni koʻmib qoʻying. 14Qarorgohingizni pok saqlang, chunki Egangiz Xudo sizlarga najot berish va dushmanlaringiz ustidan gʻalaba qozonishingiz uchun sizlar bilan qarorgohdadir. Agar U orangizda uyatli ishlarni koʻrsa, sizlardan yuz oʻgiradi.Har xil qonunlar
15Oʻz egasidan qochib, Isroildan panoh soʻrab kelgan qulni yana qaytarib egasiga berib yubormanglar. 16U sizlarning orangizda, oʻzi yoqtirgan joyda, tanlagan shaharlaringizning birida yashayversin. Unga zulm qilmanglar. 17Isroil ayollari orasida sajdagoh fohishalari boʻlmasin. Isroil erkaklari orasida sajdagoh fohishlari ▼▼ sajdagoh fohishalari…sajdagoh fohishlari — oʻsha paytlarda Kanʼondagi butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar.
boʻlmasin. 18Egangiz Xudo buzuq ayolu erkaklardan jirkanadi. Ularning ish haqini Egangiz Xudoning uyiga olib kirmanglar. Oʻshani atalgan nazr sifatida keltirmanglar. 19Isroil xalqidan boʻlgan birodaringizga kumushni, nonni yoki har qanday boshqa narsani qarzga berganingizda, foiz talab qilmanglar. 20Boshqa xalqdan boʻlgandan foiz talab qilsangiz boʻladi, lekin birodaringizdan foiz talab qilmanglar. Shunda Egangiz Xudo sizga mulk qilib beradigan yurtda har bir ishingizga baraka beradi. 21Egangiz Xudoga nazr atagan boʻlsangiz, uni kechiktirmasdan keltiring. Egangiz Xudo vaʼdangizni bajarishni sizdan talab qiladi. Keltirmasangiz, oʻzingizga gunoh orttirib olasiz. 22Nazr atamasangiz gunoh boʻlmaydi. 23Ammo oʻz xohishingiz bilan Egangiz Xudoga ont ichib nazr atasangiz, ogʻzingizdan chiqqan vaʼdangizni albatta bajaring. 24Birovning uzumzoriga kirganingizda, toʻyguningizcha uzumdan yesangiz boʻladi, lekin idishingizga terib olmang. 25Birovning dalasiga kirganingizda qoʻlingiz bilan boshoq uzsangiz boʻladi, lekin ekiniga oʻroq solmang.
Copyright information for
UznUzbL