‏ Deuteronomy 25

1Ikki kishi janjallashganda, ular hakamlar oldiga kelsin. Hakamlar daʼvoga qarab, ulardan birini haq, ikkinchisini nohaq deb eʼlon qilsin. 2Agar nohaq deb topilgan kishi kaltaklanishga loyiq boʻlsa, hakam aybdorni yotqizsin. Oʻz oldida aybiga koʻra, unga darra urdirsin. 3Aybdorga qirq darradan ortigʻi urilmasin. Aks holda, birodaringiz koʻzingiz oldida xoʻrlanadi.

4Gʻalla yanchayotgan
Gʻalla yanchayotgan… — donni boshoqdan ajratish jarayoni yanchish deyiladi. Qadimgi Yaqin Sharqda bu ish don boshoqlarini tayoq bilan urish, ustidan tepkilash yoki xoʻptir yurgizish orqali bajarilgan (xoʻptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan ogʻir taxta).
hoʻkizning ogʻzini toʻsmang.

Marhum aka yoki uka oldidagi burch

5Agar birga yashayotgan aka–ukalarning bittasi oʻlsa–yu, uning oʻgʻli boʻlmasa, marhumning xotini begonaga turmushga chiqmasin. Marhumning akasi yoki ukasi bevani oʻziga xotin qilib olsin. Uning oldida qaynagʻalik vazifasini bajarsin. 6Oʻsha ayol tuqqan toʻngʻich oʻgʻil marhum aka yoki ukaning nomini olib yuradi. Shunda marhumning nomi Isroildan oʻchib ketmaydi. 7Agar oʻsha odam marhum akasi yoki ukasining bevasiga uylanishni xohlamasa, beva ayol shahar darvozasiga borib, oqsoqollarga aytsin: “Qaynagʻam tugʻishganining nomini Isroil xalqi orasida tiklashni rad qilyapti, men uchun qaynagʻalik vazifasini bajarishni istamayapti.” 8Shunda shahar oqsoqollari oʻsha odamni chaqirib, u bilan suhbatlashsin. Agar oʻsha odam: “Men bu ayolga uylanishni xohlamayman”, deb turib olsa, 9beva ayol qaynagʻasining yoniga borsin. Shahar oqsoqollari oldida uning chorigʻini yechsin, soʻng uning yuziga tupurib, aytsin: “Birodarining naslini tiklashni xohlamagan odamga shunday qilinadi.” 10Isroil xalqi orasida u odamning xonadoni “chorigʻi yechilgan” deb nom oladi.

Boshqa qonunlar

11Ikki kishi bir–biri bilan urishayotganda, ulardan birining xotini kelib, erini qutqarish maqsadida narigi erkakning nozik joyidan ushlasa, 12oʻsha ayolning qoʻli kesib tashlansin. Unga rahm qilmanglar.

13Qadoq toshlaringiz toʻgʻri boʻlsin, biri ogʻir, biri yengil boʻlmasin. 14Uyingizdagi oʻlchov kosalarning hajmi toʻgʻri boʻlsin, biri katta, biri kichik boʻlmasin. 15Toshlaringiz halol va toʻgʻri boʻlsin, oʻlchovlaringiz ham halol va toʻgʻri boʻlsin. Shunda Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtda umringiz uzoq boʻladi. 16Gʻirromlik qiladiganlarning hammasidan Egangiz Xudo jirkanadi.

Omolek xalqini oʻldirish haqida buyruq

17Misrdan chiqayotganingizda yoʻlda Omolek xalqi sizlarga nima qilganini
Misrdan chiqayotganingizda yoʻlda Omolek xalqi sizlarga nima qilganini… — Chiqish 17:8-14 ga qarang.
esingizdan chiqarmang.
18Sizlar charchab, holsizlanib qolganingizda, ular Xudodan qoʻrqmay sizlarga hujum qilgan edilar. Orqangizda kelayotgan hamma holdan toyganlarni oʻldirgan edilar. 19Egangiz Xudo sizlarga yurtni mulk qilib berganda, dushmanlaringizni yengib, har tarafdan osoyishtalik ato qilganda, Omolek xalqini halok qilib, ularning nomini yer yuzidan oʻchiringlar. Bunday qilishni unutmanglar!
Copyright information for UznUzbL