‏ Deuteronomy 3

Isroil xalqi shoh Oʻgni magʻlub qiladi

1Keyin biz Bashan oʻlkasiga yoʻl oldik. Bashan shohi Oʻg oʻzining jamiki lashkarini boshlab, Edrey shahri yaqinida biz bilan jang qilgani chiqdi. 2Shunda Egamiz menga dedi: “Oʻgdan qoʻrqma. Men uning oʻzini, lashkarini va butun yurtini sening qoʻlingga berganman. Sen Oʻgning boshiga Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixoʻnning kunini solasan.”

3Egamiz Xudo Bashan shohi Oʻgni va uning butun lashkarini bizning qoʻlimizga berdi. Biz ularning hammasini bitta qoldirmay qirib tashladik. 4Uning hamma shaharlarini — oltmishta shahrini oldik. Bashandagi Oʻgning shohligiga kirgan butun Argob hududini qoʻlga kiritdik, biz olmagan birorta ham shahar qolmadi. 5Bu mustahkam shaharlarning hammasi baland devorlar bilan oʻralgan, darvozalari tambalangan edi. Bulardan tashqari, devor bilan oʻralmagan koʻp qishloqlar ham bor edi. 6Biz Xashbon shohi Sixoʻnning shaharlarini qanday vayron qilgan boʻlsak, Oʻgning shaharlarini ham shunday vayron qildik. Bu shaharlarni erkagu ayollari va bolalari bilan birga yoʻq qildik. 7Hamma chorva va shaharlardagi oʻljani oʻzimizga oldik.

8Shunday qilib, oʻshanda biz Iordan daryosining sharq tomonida hukmronlik qilgan ikkala Amor shohini magʻlub qildik. Janubdagi Arnon soyligidan
Arnon soyligi — 2:24 izohiga qarang.
to shimoldagi Xermon togʻigacha
Xermon togʻi — Jalila koʻlidan qariyb 60 kilometr shimoli–sharqda joylashgan.
choʻzilgan yerlarini qoʻlga kiritdik.
9(Xermon togʻini Sidonliklar — “Siriyon”, Amor xalqi — “Sanir” deb atashadi.) 10Biz Bashanda hukmronlik qilgan shoh Oʻgning butun shohligini, yassi tepalikdagi hamma shaharlarini, sharqdagi Salko va Edreygacha boʻlgan butun Gilad va Bashan oʻlkalarini qoʻlga kiritdik.

11(Rafa xalqidan
Rafa xalqi — 2:11 izohiga qarang.
birgina Bashan shohi Oʻg tirik qolgan edi. Uning yotadigan oʻrni
Uning yotadigan oʻrni — yoki Uning tobuti.
temirdan
temir — yoki tosh.
yasalgan boʻlib, odatdagi oʻlcham boʻyicha uzunligi toʻqqiz tirsak, kengligi esa toʻrt tirsak
…uzunligi toʻqqiz tirsak, kengligi esa toʻrt tirsak… — uzunligi taxminan 4,1 metrga, kengligi taxminan 1,8 metrga toʻgʻri keladi.
edi. Uning oʻrni hozir ham
Uning oʻrni hozir ham… — yaʼni shu kitob yozilgan vaqtda.
Ommon yurtining Rabba shahridadir.)

Iordan daryosidan sharqqa oʻrnashgan qabilalar

12Biz oʻsha yerlarni qoʻlga kiritdik. Shunda men Ruben va Gad qabilalariga Arnon soyligi boʻyidagi Aror shahrining shimolidagi hududni, Gilad qirlarining yarmisini va atrofdagi qishloqlarni berdim. 13Manashe qabilasining yarmiga
Manashe qabilasining yarmi — Iordan daryosining sharq tomonida oʻrnashgan qabilaning yarmi nazarda tutilgan (Yoshua 13:8, 29-31 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining gʻarb tomonidagi Kanʼon yurtida oʻrnashgan edi (Yoshua 22:7 ga qarang).
esa Giladning qolgan qismini va Oʻgning shohligi boʻlgan butun Bashanni berdim. (Bashan oʻlkasidagi Argob hududi Rafa xalqining yurti hisoblanardi.
14Manashe qabilasidan boʻlgan Yovir butun Argob hududini qoʻlga kiritdi. Bu hudud Gashur va Maxo yurtlarigacha choʻzilgan edi. Yovir bu joyga oʻzining nomini berdi. Oʻsha joylar bugungacha
bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.
Yovir qishloqlari
Yovir qishloqlari — ibroniycha matnda Xavot–Yovir, maʼnosi Yovir shaharlari.
deb ataladi.)

15Manashe qabilasining Moxir urugʻiga Giladni berdim. 16Ruben va Gad qabilalariga Giladdan to Arnon soyligigacha choʻzilgan yerlarni berdim. Arnon soyligining oʻrtasi ikkala qabilaning chegarasi edi. Ularning yeri Ommon yurtining chegarasini tashkil qilgan Yavoq daryosigacha
Yavoq daryosi — Ommon yurtining gʻarbiy chegarasini tashkil qilgan daryoning bosh qismiga ishora. Yavoq daryosi janubdan shimolga qarab oqardi, soʻng gʻarb tomonga burilib, Iordan daryosiga quyilardi.
choʻzilgan edi.
17Ularning gʻarbdagi yerlari esa Iordan daryosi boʻylab, shimoldagi Jalila koʻlidan
Jalila koʻli — ibroniycha matnda Keneret, oʻsha vaqtda Jalila koʻli va uning atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.
to janubdagi Oʻlik dengizgacha
Oʻlik dengiz — ibroniycha matnda Tuz dengizi.
va sharqdagi Fisgax togʻ tizmasining yon bagʻirlarigacha choʻzilgan edi.

18Oʻshanda sizlarga shunday buyurdim: “Egangiz Xudo bu yerni sizlarga mulk qilib berdi. Hamma sipohlaringiz qurollanib, daryodan kechib oʻtsin. Ular birodarlaringiz boʻlgan Isroil xalqini boshlab borsin. 19Faqat xotinlaringiz va farzandlaringiz men sizlarga bergan shaharlarda qolsin. Bilaman, mollaringiz juda koʻp, ular ham shaharlaringizda qolaversin. 20Egamiz sizlarga tinchlik ato qilganday, birodarlaringizga ham tinchlik ato qilgandan keyin, ular Iordanning narigi tomonidagi, Egangiz Xudo berayotgan yerni egallab olgandan keyin, hammangiz men sizlarga bergan mana shu yerga qaytib kelsangiz boʻladi.”

21Oʻshanda Yoshuaga aytdim: “Egang Xudo oʻsha ikkala shohni nima qilganini oʻz koʻzing bilan koʻrding. Sen bosib oʻtadigan barcha shohliklarni ham Egamiz xuddi shunday ahvolga soladi. 22Ulardan qoʻrqma. Sizlar uchun jang qiladigan Egang Xudodir.”

Musoga Xudo Kanʼon yurtiga kirish uchun ijozat bermaydi

23Shundan keyin men Egamga yolvordim: 24“Yo Egam Rabbiy! Men, qulingga Oʻz buyukliging va qudratingni endigina koʻrsata boshlading. Samoda ham, yerda ham Sening ajoyibotlaringni, buyuk ishlaringni qila oladigan boshqa xudo yoʻq! 25Ijozat ber, men Iordan daryosidan oʻtay. Daryoning narigi tomonidagi hosildor yurtni, oʻsha chiroyli qirlarni va Lubnonni koʻray.”

26Lekin Egamiz sizlar tufayli mendan gʻazablangani uchun
…Egamiz sizlar tufayli mendan gʻazablangani uchun… — Sahroda 20:2-13, 27:12-14 ga qarang.
iltijolarimga quloq solmadi. U menga shunday dedi: “Boʻldi qil! Menga bu haqda boshqa gapirma.
27Fisgax togʻ tizmasining choʻqqisiga
Fisgax togʻ tizmasining choʻqqisi — Oʻlik dengizning shimoliy qirgʻogʻidan qariyb 15 kilometr sharqda joylashgan. Fisgax deb, Moʻab tekisligidan to gʻarbdagi Aborim togʻlarigacha choʻzilgan togʻ tizmasiga nisbatan aytilgan boʻlishi mumkin. Bu tizmaning eng baland nuqtasi Navo togʻining choʻqqisi edi (34:1 ga qarang).
chiq, gʻarbga, shimolga, janubga va sharqqa qara. Yaxshilab qarab ol, chunki sen mana shu Iordan daryosidan kechib oʻtmaysan.
28Yoshuani xizmatga tayinla. Unga dalda berib, ruhlantir. Bu xalqni daryoning narigi tomoniga Yoshua boshlab boradi. Uning boshchiligida bu xalq sen koʻradigan oʻsha yerni egallaydi.”

29Shunday qilib, biz Bayt–Piyor qarshisidagi vodiyda toʻxtadik.
Copyright information for UznUzbL