Deuteronomy 9
Xalqning itoatsizligi
1Quloq sol, ey Isroil! Bugun Iordan daryosining narigi tomoniga ▼▼ …Iordan daryosining narigi tomoniga… — yaʼni Iordan daryosining gʻarb tomoniga.
oʻtasizlar. Oʻzlaringizdan koʻproq va kuchliroq boʻlgan xalqlarning yerlarini mulk qilib olasizlar. Ularning ulkan shaharlari osmonoʻpar devorlar bilan oʻralgan. 2Oʻsha kuchli, boʻyi baland xalq Onoq avlodidandir ▼▼ Onoq avlodi — 1:28 izohiga qarang.
. Ularni oʻzlaringiz bilasizlar, “Onoq avlodiga kim ham bas kela olardi?!” degan gaplarni eshitgansizlar. 3Bugun shuni bilib qoʻyinglarki, Egangiz Xudo yamlamay yutadigan olovday sizlarning oldingizda boradi. Xudo Onoq avlodini magʻlub qilib, sizlarga itoat ettiradi. Shunda Egamiz bergan vaʼdaga koʻra, ularni bir lahzada quvib, yoʻq qilasizlar. 4Egangiz Xudo ularni sizlarning oldingizdan haydaganda, oʻzingizcha: “Egam solihligim uchun bu yerni menga berdi”, deb aytmanglar. Bu xalqlar fosiq boʻlgani uchun Egamiz ularni sizlarning oldingizdan haydayapti. 5Sizlar solihligingiz uchun, yuragingiz toʻgʻri boʻlgani uchun ularning yeriga borib egalik qilmayapsizlar. Yoʻq! Bu xalqlarning fosiqligi tufayli Egangiz Xudo ularni oldingizdan haydayapti. Shu yoʻl bilan otalaringiz Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubga Egangiz ont ichib bergan vaʼdasini bajaradi. 6Shuni bilib qoʻyinglarki, Egangiz Xudo bu hosildor yurtni sizlarga solih boʻlganingiz uchun bermayapti. Sizlar solih emas, oʻjar xalqsiz. 7Egangiz Xudoni sahroda qanchalar gʻazablantirganingizni yodingizda tutinglar, aslo unutmanglar. Misrdan chiqqan kundan boshlab, mana shu yerga yetib kelguningizcha Egamizga qarshilik qilib keldingizlar. 8Sinay togʻida ▼▼ Sinay togʻi — ibroniycha matnda Xorev togʻi, Sinay togʻining yana bir nomi.
ham Egamizning gʻazabini keltirganingizda, U shunday gʻazablandiki, sizlarni yoʻq qilib yuboray dedi. 9Men tosh lavhalarni, yaʼni Egamiz sizlar bilan qilgan ahd ▼▼ Egamiz sizlar bilan qilgan ahd — yaʼni oʻnta amr.
lavhalarini olgani toqqa chiqdim. Qirq kechayu qirq kunduz togʻda boʻldim, u yerda na non yedim, na suv ichdim. 10Egamiz menga Oʻz qoʻli bilan yozgan ikkita tosh lavhani berdi. Togʻda yigʻilgan kuningiz Egamiz sizlarga olov ichidan aytgan amrlarning hammasi tosh lavhalarga yozilgan edi. 11Qirq kechayu qirq kunduzdan keyin Egamiz menga ahd soʻzlari yozilgan ikkita tosh lavhani berdi. 12Keyin Egamiz menga: “Qani boʻl, bu yerdan tez pastga tush! Oʻzing Misrdan boshlab olib chiqqan xalq yoʻldan ozdi. Men sizlarga amr qilgan yoʻldan darrov toyib, oʻzlariga but yasadi”, — dedi. 13Egamiz menga yana shunday dedi: “Bu xalq haqiqatan ham oʻjar ekanligini koʻrib turibman. 14Endi Meni toʻxtatma. Hammasini halok qilaman, ularning nomini yer yuzidan oʻchiraman. Ulardan ham koʻproq, kuchliroq xalqni sendan yarataman.” 15Men togʻdan qaytib tushdim. Togʻ olov boʻlib yonar, ahdning ikkita tosh lavhasini qoʻllarimga koʻtarib olgan edim. 16Qarasam, sizlar Egangiz Xudoga qarshi gunoh qilibsizlar, oʻzlaringizga buzoq shaklidagi butni yasab olibsizlar. Birpasda Egamiz sizlarga amr qilgan yoʻldan toyibsizlar. 17Shunda qoʻllarimdagi ikkala tosh lavhani otib yubordim. Ularni koʻz oldingizda sindirdim. 18Egamiz oldida yuz tuban muk tushib, oldingiday ▼▼ oldingiday — shu bobning 9–oyatiga qarang.
qirq kechayu qirq kunduz non yemay, suv ichmay iltijo qildim, chunki sizlar gunoh qilgan edingizlar. Egamiz oldida qabih ish qilib, Uni gʻazablantirgan edingizlar. 19Egamiz gʻazablanib, sizlarni yoʻq qilmoqchi boʻldi. Men Uning gʻazabidan qoʻrqdim. Lekin Egamiz bu safar ham mening iltijolarimga quloq soldi. 20Egamiz Horundan ham gʻazablanib, uni halok qilmoqchi boʻldi, lekin men oʻshanda Horun uchun ham Egamizga yolvordim. 21Sizlar butni yasab gunoh qildingiz, shuning uchun men butni olovda yondirdim. Tuproqday maydalab ezib, kukunini togʻdan oqib tushayotgan irmoqqa tashlab yubordim. 22Sizlar Taverada ▼▼ Tavera — Sahroda 11:1-3 ga qarang.
ham, Massax ▼▼ Massax — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:1-13 ga qarang.
va Xivrut–Xattavoda ▼▼ Xivrut–Xattavo — Sahroda 11:33-34 ga qarang.
turganingizda ham Egamizni gʻazablantirgan edingiz. 23Egamiz sizlarni Kadesh–Barnadan joʻnatganda ham, sizlarga: “Boringlar, Men sizlarga beradigan yerni mulk qilib olinglar”, deb amr qilganda, sizlar Egangiz Xudoning amriga qarshilik qildingizlar ▼▼ Kadesh–Barnadan joʻnatganda ham…sizlar Egangiz Xudoning amriga qarshilik qildingizlar — Sahroda 13-14–boblarga qarang.
. Unga ishonmadingizlar, quloq solmadingizlar. 24Men sizlarni taniganimdan buyon, sizlar Egamizga qarshi bosh koʻtarasizlar. 25Egamiz sizlarni halok qilmoqchi boʻlgani uchun Men Egamiz oldida oʻsha qirq kechayu qirq kunduz muk tushib ibodat qilganimda 26shunday deb yolvorgan edim: “Ey Egamiz Rabbiy! Xalqingni halok qilma. Axir, ular Sening mulking–ku! Sen ularni buyuk kuching bilan qutqarib, qudrating bilan Misrdan olib chiqqansan. 27Qullaring Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubni yodingda tut, bu xalqning oʻjarligi, fosiqligi va gunohiga eʼtibor berma. 28Aks holda, Misrliklar shunday deydi: «Anavi xalqning Egasi vaʼda qilgan yeriga ularni olib kirolmabdi. U Oʻzining xalqini yomon koʻrar ekan, shuning uchun ularni sahroda nobud qilish maqsadida Misrdan olib chiqqan ekan!» 29Axir, ularni buyuk kuching va ajoyibotlaring bilan Misrdan Oʻzing olib chiqqansan, ular Sening xalqingdir.”
Copyright information for
UznUzbL