‏ Ecclesiastes 10

1Oʻlik pashshalar xushboʻy moyni sasitib yuboradi, shuningdek, ozgina ahmoqlik koʻp donolikdan ogʻirroq chiqadi.

2Dononing yuragi oʻngga — toʻgʻri ishlarni qilishga, nodonniki esa chapga — fosiqlikka tortadi. 3Ahmoqlar aqli yetmay, qilgan qiliqlari bilan ham hammaga ahmoqligini koʻrsatadi.

4Agar hukmdorning sendan jahli chiqsa, joyingni tashlab ketmagin, chunki vazminlik tufayli xafagarchiliklar ham bosilib ketadi.

5Mana men bu dunyoda koʻrgan fojia, hukmdordan boshlangan katta xato: 6ahmoqlar baland lavozimga koʻtariladi, boylar esa pastda oʻtirishadi. 7Men yana shuni koʻrdim: zodagonlar xuddi qullarday piyoda yurganda, qullar otda yurardi.

8Chuqur qaziganning oʻzi unga tushishi, devorni buzganni esa ilon chaqishi mumkin. 9Tosh kesgan oʻziga zarar yetkazishi, xoda yorgan esa ogʻriqqa duchor boʻlishi mumkin. 10Agar bolta oʻtmas boʻlsa–yu, uni oʻtkirlamasang, uni ishlatish uchun koʻproq kuch kerak boʻladi. Mana, donolikdan qanday foyda bor ekan. 11Ammo ilon oʻynatilmasdan oldin chaqib olsa, ilon oʻynatuvchiga donishmandlikning nima foydasi bor?!

12Donolarning soʻzlari ularga hurmat keltiradi, nodonlarning soʻzlari esa oʻzlarini halok qiladi. 13Ularning soʻzlari ahmoqlik bilan boshlanib, gʻirt telbalik bilan tugaydi, 14shunda ham ahmoqlar gapiraveradilar. Hech kim nima boʻlishini bilmaydi, kim bizga kelajakni aytib bera oladi?! 15Nodonning harakatlari uni juda charchatadi, chunki u shunchalik ahmoqki, shaharga boradigan yoʻlni ham qayta topa olmaydi.

16Ey shohi yosh boʻlgan, hukmdorlari ertalabdan ziyofat qiladigan yurt, senga afsus–nadomatlar boʻlsin. 17Shohi asilzoda boʻlgan, hukmdorlari mayxoʻrlik uchun emas, kuch toʻplash uchun oʻz vaqtida ziyofat qiladigan yurt baxtlidir.

18Dangasalikdan uyning tomi choʻkadi,
Yalqovlik tufayli tomdan chakki oʻtadi.
19Ziyofat berilganda koʻngil shodlikka toʻladi,
Sharob insonni xushnud etadi.
Lekin ikkalasi uchun ham pul kerak.

20Hatto sirdosh doʻstlaring orasida ham shohni laʼnatlama, oʻz yotoqxonangda ham boylarni yomonlama. Yaxshi gapning ham, yomon gapning ham qanoti bordir. Osmondagi qush soʻzlaringni yetkazib borishi mumkin.
Copyright information for UznUzbL