Ecclesiastes 12
1Yoshligingda, qaygʻuli kunlar kelishidan oldin Yaratganni yodda tut, shunday yillar keladiki, sen: “Bu vaqt menga hech qanday rohat keltirmaydi”, — deysan. 2Hayotingning oʻsha yillarida:Quyosh, yorugʻlik, oy va yulduzlar qorayar,Yomgʻirli bulutlar oʻtib ketmas.
3Seni himoya qilgan qoʻllaring qarilikdan qaltirar,
Kuchli oyoqlaring zaiflashar,
Tishlaring kamligidan chaynay olmassan,
Koʻzlaring yaxshi koʻrmaydigan boʻlib qolar.
4Quloqlaring ham koʻchada bugʻdoy yanchilayotganiniyu
Ashulachilar ovozini eshitolmaydigan darajada kar boʻlib qolar.
Qushlarning ovozi esa seni uygʻotib yuborar.
5Balandliklardan qoʻrqadigan boʻlib qolarsan,
Ehtiyotkorlik bilan qadam tashlarsan.
Sochlaring gulga kirgan bodom daraxtiday oppoq boʻlib qolar,
Turib yurishga qiynalarsan,
Belingning quvvati ketib sudralib yurarsan.
Har bir inson dunyodan oʻtganday, sen ham vafot etarsan,
Azadorlar koʻchalarni toʻldirarlar.
6Kumush zanjir uzilar,
Hayotning tilla chirogʻi tushib ketib, buzilar.
Buloq boshidagi suv koʻzasi sinib ketar,
Quduqning arqoni uzilib ketar.
7Sening oʻtkinchi tanang
Yerning tuprogʻiga qaytar,
Xudo bergan ruhing ▼
▼ ruh — 3:21 izohiga qarang.
hamUning Oʻziga qaytar.
8“Behuda! ▼
▼ Behuda — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas. 1:2 izohiga qarang.
Behuda!— deydi Voiz ▼
▼ Voiz — ibroniycha matnda Qohelet (shu bobning 9, 10–oyatlarida ham bor). 1:1 izohiga qarang.
. —Hammasi behudadir!”
Xulosa
9Voiz dono odam edi. U oʻz bilganlarini odamlarga oʻrgatdi, sabr–toqat bilan hikmatlarni oʻrganib, ularni toʻgʻrilab yozdi. 10Voiz maʼqul keladigan soʻzlar topishga harakat qilib, haqiqat soʻzlarini ochiq yozdi. 11Donolarning hikmatlari oʻtkir tayoqqa oʻxshaydi, hikmatli soʻzlar mahkam qoqilgan mixlarga oʻxshaydi. Bularning hammasini barchamizning Choʻponimiz bergan. 12Bulardan boshqa nasihatlarga ehtiyotkorlik bilan qaragin, bolam ▼▼ …bolam — odatda donishmand muallim oʻz talabasiga shunday murojaat qilardi.
.Koʻp kitob yozishning oxiri yoʻq,Koʻp oʻqish odamni charchatadi.
13Hamma narsa aytildi, mana endi xulosa: Xudodan qoʻrq, Uning amrlarini bajar, chunki bu hammaning burchidir. 14Har bir ishni, hatto yashirin qilingan ishlarni ham, yaxshi yoki yomon boʻlishidan qatʼi nazar, Xudo hukm qiladi.
Copyright information for
UznUzbL