‏ Ecclesiastes 2

1Men, Voiz, oʻzimga: “Qani, rohatlanib, bir maza qilay–chi”, — dedim, lekin bu ham behuda
behuda — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas (shu bobning 11, 15, 17, 19, 21, 23, 26–oyatlarida ham bor). 1:2 izohiga qarang.
ekan.
2“Kulgi telbalik ekan, rohat qanday foyda keltiradi?” — dedim. 3Donolik meni boshqarar ekan, koʻnglimni sharob bilan chogʻ qilib koʻray–chi deb, ahmoqlikka oʻz bagʻrimni ochdim. Bu dunyoda odamlar oʻz qisqa hayotlari davomida qanday ish qilsalar ularga foyda kelishini bilmoqchi boʻldim. 4Buyuk ishlar qildim: oʻzimga uylar qurdim, uzumzorlar barpo qildim, 5polizlar va bogʻlar yaratdim, u yerlarga har xil mevali daraxtlar ekdim. 6Oʻsayotgan daraxtlarni sugʻorish uchun hovuzlar qazdirdim. 7Oʻzim uchun qullar va choʻrilar sotib oldim, uyimda qul–choʻrilar tugʻilib, ularning soni ortib boraverdi. Podalarim shunchalik koʻp ediki, Quddusda mendan oldin yashagan hech kimda bunchalik koʻp mol–qoʻy boʻlmagan. 8Oʻzim uchun kumushu oltin, shohlarga loyiq ajoyib boyliklardan yigʻdim, juda koʻp yerlarga ega boʻldim. Ayol va erkak qoʻshiqchilar menga xizmat qilishar edi, menga zavq keltiradigan haramim ham katta edi.

9Men buyuk boʻlib, buyuklikda Quddusda mendan oldin yashaganlarning hammasidan oʻtdim. Donoligim menga pand bermadi. 10Oʻzim xohlagan hamma narsani oldim, koʻnglim istaganini qildim. Qilgan har bir ishimdan jonim rohatlandi, bu qilgan mehnatlarim evaziga kelgan mukofot edi. 11Ammo qarasam, oʻz qoʻllarim bilan qilgan ishlarim, qilgan hamma mehnatim — bularning hammasi behuda ekan, shamolning orqasidan quvishday ekan. Bu dunyoda birorta foydali narsa topilmasligini bildim.

12Shundan keyin yana donolik, telbalik va ahmoqlikni solishtirishga qaror qildim. Vorisim menikidan ham yaxshiroq xulosaga kela olarmidi?! 13Yorugʻlik qorongʻilikdan yaxshiroq boʻlganiday, donolik ham ahmoqlikdan yaxshiroqligini tushundim:

14Dononing koʻzi bor,
Nodon esa qorongʻilikda yuradi.

Ammo hammaning taqdiri bir
…hammaning taqdiri bir… — yaʼni hamma oʻladi (yana 3:19 ga qarang).
ekanligini ham tushundim.
15Oʻzimcha: “Nodonning boshiga tushgan narsa mening ham boshimga tushar ekan. Shunday ekan, dono boʻlishning nima foydasi bor?!” deb oʻyladim. “Bu ham behuda!” — dedim. 16Donolar ham, nodonlar unutilgani kabi, unutiladi, kelajakda hamma birday unutiladi. Nima uchun donolar nodonlarday oʻlishi kerak?! 17Shuning uchun ham men hayotdan nafratlandim, chunki bu dunyoda qilingan har bir ish menga qaygʻu keltirdi. Hammasi behuda, shamolning orqasidan quvishdaydir.

18Bu dunyoda mehnat qilib topgan hamma narsamdan nafratlandim, chunki hammasi baribir mendan keyin keladiganlarga qolishini bilardim. 19Ular dono boʻladimi yoki ahmoqmi, kim biladi? Men bu dunyoda mehnat qilib, donolik bilan topganlarimga baribir oʻshalar egalik qilishadi. Bu ham behudadir. 20Shunda bu dunyoda qilgan barcha mehnatim uchun yuragim achib, qaygʻura boshladim. 21Axir, baribir donolik, bilim va mohirlik bilan topilgan narsalar mana shu narsalar uchun ishlamaganlarga qolar ekan. Bu ham behuda, qanday falokat! 22Bu dunyoda qilgan mehnati va tirishqoqligi uchun odam qanday foyda olarkan–a?! 23Axir, uning kunlari dardga toʻla boʻlsa, qaygʻudan boshi chiqmasa, hattoki kechalari ham dam ololmasa. Eh, bu ham behuda!

24Odam uchun yeyish, ichish va qilgan mehnatidan rohatlanishdan yaxshiroq narsa yoʻq. Bu ham Xudodan ekanligini tushundim, 25axir, Xudosiz kim ovqat yeya oladi, kim rohat topadi?! 26Xudoga maʼqul boʻlganlarga Xudoning Oʻzi donolik, bilim va quvonch beradi. Gunohkorlarga esa boylik yigʻish ishtiyoqini beradi–yu, ularning ishlab topganlarini olib, Xudo Oʻziga maʼqul boʻlganlarga ato etadi. Gunohkorlarning bu ishlari ham behuda va shamolning orqasidan quvishdaydir.
Copyright information for UznUzbL