Ecclesiastes 11
Dono kishining ishlari
1Noningni suvga tashla, bir necha kundan keyin uni yana topasan. 2Bu dunyoda qanday kulfat kelishini bilmaysan, shuning uchun narsalaringni yetti, hatto sakkiz kishiga boʻlib bergin ▼▼ Noningni suvga tashla…2…hatto sakkiz kishiga boʻlib bergin — mana shu ikki oyat kitob yozilgan paytda keng tarqalgan maqollar boʻlishi mumkin. Bu maqollar insonlarni saxiylikka undayotgan boʻlsa kerak. Axir, kelajakda nima boʻlishini hech kim bilmaydi, ammo hammaga ayonki, koʻpincha saxiylarning himmati ularga boshqalardan qaytadi. Bu maqollarni yana, ishbilarmonlik bilan xorijiy savdo–sotiqqa sarmoya qoʻshgin, deb tushunsa ham boʻladi. Shu bobning 1-6–oyatlarida Voizning asosiy maqsadi odamlarni hayotda dadillik bilan ish qilishga, tajribasizliklari tufayli ortga chekinmaslikka undashdir. Voiz shu maqsadda oʻsha paytda mashhur boʻlgan maqollardan foydalanadi.
. 3Bulutlar toʻlganda, yerga yomgʻir yogʻadi, daraxt shimol tomonga yoki janub tomonga yiqilsa ham, oʻsha yiqilgan joyida yotaveradi. 4Shamolni koʻrib qoʻrqqan hech qachon urugʻ ekmaydi, yomgʻirdan xavfsirab, bulutni kuzatgan hech qachon hosil oʻrmaydi. 5Onaning bachadonidagi bolaga qanday qilib jon ▼▼ jon — 3:19 ning birinchi izohiga qarang.
kirishini bilmaganingdek, hamma narsani sodir qiladigan Xudoning ishlarini bilmaysan. 6Urugʻlaringni ertalab ekkin, kechqurun ham qoʻllaring boʻsh oʻtirmasin, chunki sen qaysi biri — unisimi yoki bunisimi yaxshi oʻsishini bilmaysan, balki ikkalasi ham yaxshi oʻsar. Yoshlarga maslahat
7Yorugʻlik lazzatlidir, quyoshni koʻrish koʻzlar uchun ham yoqimlidir. 8Uzoq yillar yashaydiganlar ham har bir yashagan kunlaridan zavq olsin, hali koʻp qorongʻilik kunlari boʻlishini esda tutsin. Hamma keladigan narsalar yelday oʻtib ketadi ▼▼ …yelday oʻtib ketadi — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas (shu bobning 10–oyatida ham bor). 1:2 izohiga qarang.
. 9Ey yigit, yoshligingda rohatlan, yuraging seni zavqlantirsin. Koʻngling orzu qilgan, koʻzlaring xohlagan ishni qilgin, lekin bilib qoʻy, har bir qilgan ishing uchun Xudo seni hukm qiladi. 10Qaygʻurmagin, tanang ogʻriqni bilmasin, chunki yoshlik, hayot tongi yelday tez oʻtib ketadi.
Copyright information for
UznUzbL