Ecclesiastes 3
Har narsaning vaqti bor
1Bu dunyoda hamma narsaning oʻz tayinlangan payti bor, har bir ishning oʻz vaqti bor ▼▼ Bu dunyoda…oʻz tayinlangan payti bor…oʻz vaqti bor — yaʼni Xudo dunyoda sodir boʻladigan har bir hodisaning oʻz vaqtini belgilab qoʻygan.
. 2Tugʻilishning ham, oʻlishning ham oʻz vaqti bor.Ekishning ham, ekilganni oʻrishning ham oʻz vaqti bor.
3Oʻldirishning ham, shifo berishning ham oʻz vaqti bor.
Buzishning ham, qurishning ham oʻz vaqti bor.
4Yigʻlashning ham, kulishning ham oʻz vaqti bor.
Azaning ham, raqsning ham oʻz vaqti bor.
5Tosh otishning ham, tosh yigʻishning ham oʻz vaqti bor.
Bagʻriga bosishning ham, undan oʻzini tiyishning ham oʻz vaqti bor.
6Qidirishning ham, yoʻqotishning ham oʻz vaqti bor.
Saqlab qoʻyishning ham, tashlab yuborishning ham oʻz vaqti bor.
7Yirtishning ham, tikishning ham oʻz vaqti bor.
Sukut saqlashning ham, soʻzlashning ham oʻz vaqti bor.
8Yaxshi koʻrishning ham, nafratning ham oʻz vaqti bor.
Urushning ham, tinchlikning ham oʻz vaqti bor.
9Shuncha mehnat qilib inson qanday foyda topadi? 10Insonlar qilishi uchun Xudo bergan mushkul ishni koʻrdim. 11Xudo aytgani boʻyicha hamma narsa oʻz vaqtida sodir boʻladi. Xudo yuragiga solgani uchun inson vaqt oʻtishini sezadi, lekin Xudo boshidan oxirigacha qilgan ishlarni inson tushuna olmaydi. 12Inson uchun baxtli hayot kechirish, oʻz hayotidan rohatlanishdan boshqa yaxshiroq narsa yoʻq ekanligini tushunib yetdim. 13Hamma yeb, ichib, oʻz qilgan mehnatining rohatini koʻrsin. Bu Xudoning inʼomidir. 14Xudo qilgan har bir ish to abad oʻzgarmas, bu ishga hech narsa qoʻshib boʻlmaydi, undan hech narsani ayirib boʻlmaydi. Xudo bu ishlarni, hamma Mendan qoʻrqsin, deb qildi. 15Hozir nima boʻlsa, oldin ham boʻlgan, kelajakda boʻladigani hozir ham bordir. Oʻz vaqtida Xudo oʻtmishni yana qaytarar.
Dunyodagi adolatsizlik
16Men yana bu dunyoda adolat hukm surishi kerak boʻlgan joyda — qozixonada ham, toʻgʻrilik oʻrnida ham egrilik koʻrdim. 17Oʻzimga: “Yaxshini ham, yomonni ham Xudo hukm qiladi, chunki Xudoning Oʻzi har bir narsaning, har bir ishning vaqtini belgilagan”, dedim. 18Men yana odamzod haqida shuni tushundim: “Insonlar ham xuddi hayvonlarday ekan. Shuni koʻrsatish uchun Xudo insonlarni sinar ekan.” 19Axir, odamlar bilan hayvonlarning taqdiri bir xil, unisi ham bunisi ham oʻladi. Insonlarga ham, hayvonlarga ham Xudo jon ▼▼ jon — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz ruh va shamol maʼnolarini ham ifodalaydi.
bergan, odamlar hayvonlardan ustun emas. Hammasi behuda ▼▼ behuda — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas. 1:2 izohiga qarang.
ekan. 20Hamma bitta joyga boradi, tuproqdan yaralganlar tuproqqa qaytadi. 21Insonning ruhi tepaga chiqadimi, hayvonlarning ruhi ▼▼ …ruh…ruh — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz nafas va shamol maʼnolarini ham ifodalaydi.
pastga — yerning ostiga tushadimi, kim biladi?! 22Shunda men tushundim: inson uchun oʻz mehnatidan rohat olishdan boshqa yaxshiroq narsa yoʻq ekan, chunki bu uning taqdiri. Inson oʻtib ketgandan keyin nima boʻlishini kim unga koʻrsata oladi?!
Copyright information for
UznUzbL