Ecclesiastes 4
1Men yana bu dunyoda boʻlayotgan zulmni koʻrdim. Mana ezilganlarning koʻz yoshlari, lekin ularning yupatuvchisi yoʻq. Ularga zulm qilayotganlarida kuch bor, ezilganlarning esa yupatuvchisi yoʻq. 2Shunda men: “Marhumlar tiriklardan baxtliroqdir”, dedim. 3Ammo hali tugʻilmaganlar marhumlardan ham baxtliroqdir, chunki ular bu dunyoda qilinayotgan qaygʻuli ishlarni koʻrmaganlar. 4Men yana bir narsani koʻrdim: inson hamma ishni mohirlik bilan qiladi, lekin bu ishni birovga gʻayirlik bilan qilsa, bu ham behuda ▼▼ behuda — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas (shu bobning 7, 8, 16–oyatlarida ham bor). 1:2 izohiga qarang.
, shamol orqasidan quvishdaydir. Ammo: 5Nodon qoʻllarini qovushtirib oʻtirib oʻzini oʻzi xarob qiladi.6Vaqtni yelga sovurib, mashaqqatli mehnat bilan ikki hovuch narsaga erishish mumkin, lekin xotirjamlik bilan bir hovuch narsaga ega boʻlish undan afzalroqdir.
7Bu dunyoda yana bir behudalikni koʻrdim. 8Mana, bir kishi — yolgʻiz, uning farzandlari ham, aka–ukalari ham yoʻq. U tinim bilmay mehnat qiladi, koʻzi esa boylikka toʻymaydi. U: “Kim uchun ishlayapman, nima uchun oʻzimni rohat qilishdan qisyapman?!” demaydi. Bu ham behudadir, qaygʻuli ishdir. 9Ikki kishi bir kishidan koʻproq ish bajara oladi, ular oʻz mehnatlari uchun yaxshi taqdirlanadilar. 10Agar bittasi yiqilsa, ikkinchisi turgʻizadi, lekin yolgʻiz boʻlganning ahvoli chatoqdir, u yiqilsa, turgʻizishga yonida hech kim boʻlmaydi. 11Ikki kishi birga yotsa, sovuq qotmaydilar, agar kishi bir oʻzi yotsa qanday qilib isinadi?! 12Kishi bir oʻzi boʻlsa, uni yiqitish oson, lekin ikki kishi oʻzlarini himoya qila oladi. Uchta ipdan eshilgan arqonni uzish qiyindir. 13Qari, maslahatga quloq solmaydigan nodon shohdan kambagʻal, lekin dono boʻlgan yigit yaxshiroqdir. 14Shunga oʻxshash bir yigit oʻz yurtida kambagʻal boʻlib tugʻilib, qarzini toʻlay olmay qamoqqa tushib qolishi mumkin. Lekin qamoqdan chiqqandan keyin ▼
▼ …qarzini toʻlay olmay qamoqqa tushib qolishi mumkin. Lekin qamoqdan chiqqandan keyin… — ibroniycha matnda …qamoqdan chiqqandan keyin…. Kambagʻallar oʻzlarining yo ota–onasining qarzlarini toʻlay olmagani uchun yoki siyosiy sabablarga koʻra, koʻp zulm chekardilar. Ularning qamoqqa tashlanishi oddiy hol boʻlib qolgan edi.
kelajakda shoh boʻlishi ham mumkin. 15Shohning vorisi boʻlgan oʻsha yigitni qoʻllab–quvvatlashga tayyor boʻlgan, mana shu dunyoda yashayotganlarni koʻrdim. 16Unga ergashganlar son–sanoqsiz boʻlib ketishi, uning obroʻsi ortishi mumkin. Shunday boʻlsa ham, kelajak avlod uni rad qiladi. Ha, bu ham behuda ekan, shamolning orqasidan quvishday ekan. Shoshqaloqlik bilan vaʼda bermang
17Xudoning uyiga borganda qadamingizni oʻylab bosing. Nodonlarday harakat qilmasdan, aksincha, quloq solish uchun boringlar. Nodonlar Xudoga oʻylamasdan qurbonlik keltiradilar ▼▼ qurbonlik keltiradilar — Xudoga vaʼda berish bilan bogʻliq boʻlgan qurbonliklar nazarda tutilgan. Xudoga vaʼda berish oʻta jiddiy masʼuliyatdir. Ammo nodon kishi oʻzini koʻrsatish uchun, oʻylamasdan Xudoga vaʼda beradi, vaʼdasi ustidan chiqish haqida oʻylab ham koʻrmaydi.
. Oʻylamasdan, beparvolik bilan qurbonlik keltirish fosiqlik ekanligini esa tan olmaydilar.
Copyright information for
UznUzbL