‏ Ecclesiastes 6

1Bu dunyoda shunday bir fojiani koʻrdim, u inson zotini toshday bosib turadi: 2Xudo baʼzilarga boylik, mulk va obroʻ beradi, bu insonlar koʻngli xohlagan narsaga ega boʻladi. Lekin Xudo ularga bu narsalardan zavq olishga yoʻl bermasa, bir begona bu narsalarning rohatini koʻradi. Bu behuda
behuda — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas (shu bobning 4, 9, 11–oyatlarida ham bor). 1:2 izohiga qarang.
, qaygʻuli fojiadir.
3Inson yuzta farzandli boʻlishi ham mumkin, uzoq umr koʻrishi ham mumkin, lekin u qancha koʻp yashasa ham, mana shu hayotning rohatini koʻrmasa yoki hurmat bilan koʻmilmasa, menimcha, oʻlik tugʻilgan bolaning taqdiri unikidan yaxshiroqdir. 4Bu bola behuda dunyoga kelib, olamdan oʻtadi. Hech kim uni bilib tanimaydi. 5 6U quyosh yuzini koʻrmagan, hayot nimaligini bilmagan. Shunday boʻlsa ham, ikki ming yil yashab hayotning rohatini koʻrmagan kishidan koʻra, koʻproq oʻsha bola orom oladi. Baribir hamma bir joyga
…bir joyga… — bu oyatda Sheoʻl, yaʼni oʻliklar diyori nazarda tutilgan. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi.
boradi–ku!

7Insonning barcha mehnatiyu intilishlari oʻz qornini toʻydirish uchundir, shunda ham u hech qachon qoniqmaydi. 8Donolarning nodonlardan qanday ustunligi bor? Kambagʻallar bu hayotni uddalab yashashga aqllari yetsa ham, ularga bundan nima foyda bor?! 9Odamning koʻzi oldida turgan narsa dilda havas qilib yurgan narsadan yaxshiroqdir. Doimo mol–mulkim koʻpaysin, deb havas qilish behudadir, shamolning orqasidan quvishdaydir.

Hamma narsani Xudo belgilaydi

10Dunyoda nima boʻlsa, hammasi allaqachon belgilangan, insonning taqdiri ham maʼlum, hech bir kishi hammadan kuchli boʻlgan Xudo bilan bahslasha olmaydi. 11Qancha koʻp bahslashsang, shuncha behudadir, senga hech qanday foydasi yoʻq. 12Hayot yelday oʻtib ketar
…yelday oʻtib ketar… — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas.
, inson uchun nima yaxshiligini kim biladi?! Xudo hayotimizni oʻtib ketadigan soyadek qilib qoʻygan, kim ham bizga kelajakda nima boʻlishini aytib bera olardi?!
Copyright information for UznUzbL