Ecclesiastes 7
Donolarning maslahati
1Yaxshi nom qimmatbaho xushboʻy moydan ▼▼ …qimmatbaho xushboʻy moy… — qadimgi paytlarda boy odamlar badaniga va sochiga qimmatbaho xushboʻy moylar surtishgan. Bu — xushboʻy hid taratish bilan birga terini sogʻlom saqlagan. Xushboʻy moy boylikning belgisi boʻlgan va oʻz hidi bilan shodiyona kunlarni xayolga keltirgan.
, oʻlim kuni esa tugʻilgan kundan yaxshiroqdir. 2Toʻy boʻlayotgan uyga borishdan koʻra, azador xonadonga borish yaxshiroq, chunki hammaning taqdiri bir, hayot boʻlganlar buni unutmasinlar. 3Qaygʻu kulgidan yaxshiroqdir, qaygʻuli yuz yurakka yaxshi. 4Dononing qalbi azador uydagilar bilandir, nodon esa doimo xursandchilik haqida oʻylaydi. 5Dono odamning tanbehini eshitish nodonning maqtovlaridan yaxshiroq, 6chunki nodonning maqtov kuyi qozonning ostida yonib turgan yantoqning chirsillashiga oʻxshaydi. Ammo bu ham behuda ▼▼ behuda — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas (shu bobning 15–oyatida ham bor). 1:2 izohiga qarang.
, chunki 7doʻq–poʻpisa dononi ham telba qiladi, pora esa yurakni egri qiladi. 8Hamma narsaning oxiri — boshidan, sabr–toqat — magʻrurlikdan yaxshiroqdir. 9Jahldor boʻlmagin, chunki jahl nodonlarning yuragida uy quradi. 10“Nima uchun oʻtmish kunlar hozirgilardan yaxshiroq edi?” deb soʻramagin, bu savolni soʻrash donolikdan emas. 11Donolik xuddi meros kabi yaxshidir, bu dunyoda hayot boʻlganlarga foydalidir. 12Donolik ham, pul kabi, vaqtinchalik orom beradi, donolik hayotga chidashga yordam beradi, ilm–maʼrifat foyda keltiradi. 13Xudo qilgan ishlarga qaragin, U egri qilgan narsalarni kim ham toʻgʻrilay olardi?! 14Baxtli kunlaringda quvongin, qaygʻuli kunlaringda esa shuni esingda tut, quvonchni ham, qaygʻuni ham Xudo yaratgan. Hech kim kelajakda nima boʻlishini aytib bera olmaydi ▼▼ Hech kim kelajakda nima boʻlishini aytib bera olmaydi — yoki Hech kim Xudodan ayb topolmaydi.
. Inson donoligining meʼyori
15Mana shu behuda hayotim davomida hamma narsani koʻrdim. Solih insonlar solih boʻlsalar ham halok boʻladilar, fosiqlar esa oʻz fosiqliklari bilan uzoq umr koʻradilar. 16Qonunparast boʻlma, donoligingga juda ham ishonaverma ▼▼ Qonunparast boʻlma, donoligingga juda ham ishonaverma… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Juda ham solih boʻlmagin, oʻzingni oʻta dono qilib koʻrsatmagin….
, nima uchun oʻzingni oʻzing halok qilishing kerak?! 17Ammo shakkok yoki ahmoq ham boʻlmagin, nima uchun ajaling yetmay turib vafot etishing kerak?! 18Bu nasihatlarning birini tutib, ikkinchisini unutma. Xudodan qoʻrqqan ikkisini ham esda tutadi. 19Donolik insonni shahardagi oʻnta hukmdordan qudratliroq qiladi. 20Lekin bu dunyoda har doim solihlik qilib, umuman gunoh qilmaydigan inson yoʻqdir. 21Xizmatkoring seni yomonlayotganini eshitib qolmasliging uchun odamlar gapirayotgan hamma narsaga ham eʼtibor beravermagin. 22Oʻzing bilasan, sen oʻzing ham boshqalarni juda koʻp yomonlagansan–ku! 23Bularning hammasini donoligim bilan sinab koʻrdim, oʻzimga: “Donolikka erishaman”, dedim, lekin unga yeta olmadim. 24Hamma sodir boʻladigan narsalarning maʼnosi juda chuqur, yetib boʻlmasdir. Kim ham uni topa olardi?! 25Shunda men donolikni qidirib topishga, har bir sodir boʻlgan narsani tushunishga oʻzimni bagʻishladim. Fosiqlik nodonlik ekanligini, ahmoqlik telbalik ekanligini oʻz hayotimda isbotlamoqchi boʻldim. 26Men mana bu narsani bildim. Ahmoqlik bir ayolga oʻxshaydi. U oʻzi tuzoq, yuragi toʻr, qoʻllari esa zanjirdaydir. U oʻlimdan ham achchiqroq ekan. Xudoga maʼqul keladigan ishlarni qiladiganlar undan qocha oladilar, lekin gunohkor uning qoʻllariga tushadi. 27– 28Voiz ▼▼ Voiz — ibroniycha matnda Qohelet. 1:1 izohiga qarang.
shunday dedi: “Bekorga har bir sodir boʻlgan narsaning maʼnosini qidirib (bu maʼnoni juda sinchkovlik bilan izlagan boʻlsam ham), mana shu narsani tushunib yetdim: minglar orasida bitta solih kishini topdim, shularning orasidan bitta ham solih ayol topa olmadim. 29Ammo bir narsani angladim, qarang, Xudo insonlarni toʻgʻri qilib yaratgan, lekin ular har xil qabih rejalar tuzadi.”
Copyright information for
UznUzbL