Ecclesiastes 8
Shohga itoat etinglar
1Kim dono kishiga oʻxshaydi? Kim biror narsaning maʼnosini biladi?Donolik kishining yuzini yashnatadi,Yuz qattiqligini yumshatadi.
2Xudoga bergan qasamingni bajarganingday, shohning ham amriga itoat qil ▼
▼ …itoat qil — koʻplab ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …itoat qilaman.
. 3Uning oldida qoʻrqib turavermasdan, borib aytganini qil. Yomon ishlarning tarafdori boʻlma, chunki shoh oʻzi xohlagan ishni qiladi. 4Shohning soʻzi eʼtiborlidir, hech kim unga: “Nima qilyapsiz?” — deb ayta olmaydi. 5Farmonlarga itoat qilganlarga zarar yetmaydi. Dono kishi hamma narsaning, hatto hukmning ham oʻz vaqti borliginiyu 6insonning qilgan yovuzliklari uni toshdek bosib turishini biladi. 7Dono kishi yana shuni biladi: hech kim kelajakda nima boʻlishini, qachon sodir boʻlishini bilmaydi. 8Hech kimning shamolni ▼▼ shamol — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz nafas va ruh maʼnolarini ham ifodalaydi.
ushlashga kuchi yetmaganiday, oʻlim kunini orqaga surishga ham hech kimning kuchi yetmaydi. Jangchi oʻrniga birovni qoʻyib, urushdan qocha olmaganday, fosiqlar ham fosiqlikdan qochib qutulolmaydi. Fosiqlar va solihlar
9Bu dunyoda boʻlayotgan hamma narsa haqida chuqur oʻylab, bularning hammasini koʻrdim, bir kishi ikkinchisining ustidan zulm oʻtkazib, hukmronlik qiladigan bir zamon bu. 10Yana shu narsani koʻrdim, fosiq kishining jasadi muqaddas joydan olib chiqildi. Orqasidan olomon borardi, oʻsha fosiq kishi hurmat bilan koʻmildi. Solihlarning jasadlari esa sochilib yotardi. Bu ham behudadir ▼▼ behuda — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas (shu bobning 14–oyatida ham bor). 1:2 izohiga qarang.
. 11Jinoyatga tez jazo berilmagani uchun insonlarning yuragi yovuzliklar qilishga doim tayyor. 12– 13Gunohkorlar yuz marta jinoyat qilsalar ham, uzoq umr koʻrishlari mumkin. Ha, “Xudodan qoʻrqadiganlarga undan ham yaxshiroq boʻladi, chunki ular Xudodan qoʻrqadilar. Fosiqlarga esa yaxshi boʻlmaydi, hayotlari soyaday tez oʻtib ketadi, chunki ular Xudodan qoʻrqmaydilar” degan gapni bilaman. 14Qaranglar–a, bu dunyoda mana shunday bemaʼni ▼▼ bemaʼni — ibroniycha matnda hevl, soʻzma–soʻz tarjimasi nafas. 1:2 izohiga qarang.
narsalar ham sodir boʻladi, solihlar fosiqlarga loyiq boʻlgan jazoni oladilar, fosiqlarga esa xuddi solihlarday munosabatda boʻladilar. Men: “Bu ham behudadir”, — dedim. 15Shuning uchun men bu hayotdan rohat olishni maslahat beraman. Bu dunyoda odamlarga yeyish, ichish va xursand boʻlishdan boshqa yaxshiroq narsa yoʻqdir. Xudo insonga bergan bu dunyodagi hayoti davomida qiladigan mehnatida shodlik u bilan boʻladi. 16– 17Donolikni bilishga, yer yuzida boʻlayotgan ishlarni oʻrganishga oʻzimni bagʻishladim. Xudoning hamma ishlarini koʻrdim, haqiqatan ham hech kim bu dunyoda Xudo nima qilayotganini tushunmaydi. Hatto uyqudan voz kechib ham, qancha harakat qilmaylik, bilolmaymiz, maʼnosini topa olmaymiz. Donolar: “Bilamiz”, deb aytadi, ammo ular ham haqiqatan tushunmaydilar.
Copyright information for
UznUzbL